Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
PARSER usuli bo„yicha mijozlarning kreditga layoqatliligiga baho
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
PARSER usuli bo„yicha mijozlarning kreditga layoqatliligiga baho
berish. P person Qarz oluvchi, uning faoliyati, obro„i va mavqeyi to„g„risida ma‟lumot A amount So‗ralayotgan kredit miqdorini asoslash R repayment Kreditni to‗lash imkoniyati va shartlari S security Kredit ta‘minlanganligini baholash E expediency Kreditning maqsadliligi R remuneration Foiz stavka Tijorat banklarining kreditlash amaliyotida tasnifiy baholash modeli ham qo‗llanilib, odatda, u kreditni baholashning balli modeli (reyting uslubi) va bankrotlikni bashorat qilish (MDA – Multiple Discriminate Analysisga asoslangan statistik baholash) modellar asosida shakllangan. Qarz oluvchilarning kompleks tahlil modeli ―Olti SI‖ qoidasi, CAMPARI, PARTS, tahlilining baholash tizimi kabi modellarini o‗z ichiga oladi va yarim empirik usullarga asoslanadi. Mijozning kreditga layoqatliligini aniqlashning tasnifiy modelida qarz oluvchilarni guruhlarga ajratgan holda, kreditni qaytara olish imkoniyatlari o‗rganib chiqiladi. Amaliyotda ko‗proq kreditga layoqatlilikni aniqlashning ikki modeli, ya‘ni balli baholash modeli va bankrot bo‗lish ehtimolini bashorat qilish modellari keng qo‗llaniladi. Balli baholash modeli qarz oluvchilarni yaxshi va yomonga, bashorat qilish modeli esa korxonalarni bankrotlikka uchrash yoki uchramaslik ehtimollarini aniqlab beradi. Mijozning kreditga va to‗lovga layoqatliligini baholashda uning bankrot bo‗lish riskini ballarda aniqlash usuli 1968-yilda amerikalik iqtisodchi Edvard Altman tomonidan ishlab chiqilgan va mijozning bankrot bo‗lish ehtimolini baholash modeli degan nomni olgan. Mazkur modelga binoan mijoz faoliyati bo‗yicha balansning muhim ko‗rsatkichlarining bir-biriga nisbati olinadi va ular shu ko‗rsatkichlarga muvofiq koeffitsiy entlarga ko‗paytiriladi. Mijozlarning bankrotlik ehtimolini ko‗rsatuvchi Altman modeli 66 ta, shu jumladan, 33 ta moliyaviy barqaror, 33 ta bankrot holatidagi kompaniya faoliyatini o‗rganish asosida ishlab chiqilgan bo‗lib, mazkur model korxonaning 297 moliyaviy ah volini o‗rganishning 98 foiz holatida aniq natija olish imkonini beradi. Altman modelining eng sodda shakli ikki omilli model hisoblanib, unda ustivor e‘tibor ikki asosiy ko‗rsatkich – joriy likvidlilik va aktivlarda kredit mablag‗larning salmog‗ini aniqlashga qaratiladi hamda ular Z- hisob varag‗i ostida barqaror korxonalar va bankrot korxonalarga ajratiladi. Ushbu ko‗rsatkichlar, muvofiq ravishda, hisob-kitoblar orqali aniqlangan koeffitsiy entlar (a, b, y)ga ko‗paytiriladi. Aniqroq ifodalaydigan bo‗lsak: Ikki omilli model (Z2) = a + b (joriy likvidlilik koeffitsiyenti) + u (aktivlarda qarz mablag‗larning salmog‗i). Edvard Altmanning ikki omilli modeli korxonaning moliyaviy holatini har tomonlama ifodalamaganligi bois yirik kompaniyalar faoliyatini o‗rganishda, ko‗p hollarda, uning besh omillik modeli (Z5)dan foydalaniladi. Bu model to‗g‗ri diskriminant funksiyaga asoslangan bo‗lib, korxona faoliyatining yalpi ko‗rsatkichlari bo‗yicha aniqlanadigan koeffitsiy entlarda ifodalanadi, ya‘ni: Z5 = 1,2*X1 + 1,4*X2 + 3,3*X3 + 0,6*X4 + 0,999*X5 • Bu yerda: X1 - oborot kapitali / korxona aktivlari miqdori; X2 – taqsimlanmagan foyda / korxona aktivlari miqdori; X3 – soliq olingungacha bo‗lgan foyda / aktivlarning umumiy qiymati; X4 – xususiy kapitalning bozor qiymati / barcha majburiyatlarning balans qiymati; X5 – sotuv hajmi / korxona aktivlarining umumiy qiymati. 40-jadval Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling