Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Banklarning keyingi funksiyasi mustaqil subyektlararo t
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
Banklarning keyingi funksiyasi mustaqil subyektlararo t
o„lov operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot 33 Majburiy rezerv talablarining normativlari yoki tarkibi belgilangani yoki o‗zgartirilgani to‗g‗risidagi ko‗rsatmalarda kamida bir oylik muddat k o‗rsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki miqdoriga doir yangi normativlarni banklar ana shu muddatgacha bajarishlari shart. Markaziy bank majburiy zaxiralar b o‗yicha foizlarni to‗lash t o‗g‗risida qaror qabul qiladi. Zaxira talablarini hisob-kitob qilishda chet el valyutasidagi mabla g‗lar, jismoniy shaxslar depozitlari, depozit va jam g‗arma sertifikatlari, ipoteka obligatsiyalari chiqarish yo‗li bilan jalb etilgan mabla g‗lar hisobga olinmaydi. Majburiy zaxiralarni deponentlash bank vakillik hisob vara g‗idan pul mablag‗larini o‗tkazish y o‗li bilan amalga oshiriladi. Majburiy zaxiralarni turli foyda keltiruvchi aktivlar bilan qoplashga ruxsat etilmaydi. Bank majburiy zaxira talablarining eng kam miqdorini saqlab turish t o‗g‗risidagi 28-modda qoidalarini bajarmagan taqdirda Markaziy bank qat‘iy tartibda bu bankdan yetishmayotgan mabla g‗ summasini, shuningdek, qayta moliyaviy ta‘minlashning ikki barobar foizidan oshmaydigan miqdorda jarima undirib oladi. Markaziy bankning hisob (diskont) siyosatining mohiyati shundaki, u tijorat banklaridan veksellarni sotib oladi. Markaziy bank qiymati t o‗lanishini banklar kafolatlagan qisqa muddatli xazina veksellari, shuningdek, tijorat veksellari hisobini yuritishi mumkin. Hisob operatsiyalarini o‗tkazish shartlarini, shu jumladan hisob stavkasi miqdorlarini Markaziy bank belgilaydi. Markaziy bankning hisob stavkasi tijorat banklari o‗rnatadigan hisob stavkasining eng past chegarasi hisoblanadi. Odatda, tijorat banklarining hisob stavkasi Markaziy bankning hisob stavkasidan yuqori b o‗ladi. Markaziy bank o‗z operatsiyalari bo‗yicha foiz stavkala- rini mustaqil belgilaydi. Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish siyosati t o‗g‗ridan-to‗g‗ri kreditlash, veksellarni hisobga olish, qimmatli qo g‗ozlarni garovga olgan holda kreditlar berish va kredit auksionlarini o‗tkazish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi quyidagi usullarda olib borilishi mumkin: - tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‗li bilan kreditlash; - tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatli qog‗ozlarni garovga olish y o‗li bilan kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi; 34 - t o‗g‗ridan-to‗g‗ri kredit berish usuli. Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklar b o‗lgan hol- larda ular Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi va Markaziy bank kreditidan foydalanishi mumkin. Qayta moliyalashtirish- ning asosiy maqsadi, pul muomalasi va kredit munosabatlarining holati- ga ta‘sir ko‗rsatishdan iborat. 3-jadval Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling