Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
- §. Kredit paketini tashkil qilish va kredit berishni
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
3-
§. Kredit paketini tashkil qilish va kredit berishni hujjatlashtirish tartibi Bank mijozdan kredit olish uchun ariza qabul qilgach kredit paketini shakllantirish va uni tahlil qilishga kirishadi. Bu jarayon quyidagi bosqichda amalga oshiriladi: 1. Kredit olish to‗g‗risidagi arizani ko‗rib chiqish va kelgusidagi qarz oluvchi bilan muloqotda b o‗lish. 2. Kredit bahosini aniqlash. 3. Kredit shartnomasini tayyorlash. Kredit olish uchun qarz oluvchi o‗zining moliyaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini quyidagi mazmunda tahlil qilishi lozim: - o‗z mahsulotini sotish bozori, unga talab va taklifni o‗rganish; - kredit olish uchun asos b o‗luvchi tovar-moddiy boyliklarni yet- kazib berish, ishlab chiqarish xarajatlari va tovarlarni sotish b o‗yicha shartnomalar bilan ta‘minlanganligi; - kreditlanadigan tadbirning samaradorligi; - qarz oluvchi hisob vara g‗iga pul mablag‗larining kelib tushish davriyligi; - kreditni va unga tegishli foizlarni t o‗lash manbalari; 359 - bank tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari uchun aniq belgilangan shartlarning mavjudligi; - maxsus kreditlash tamoyillari – muddatlilik, to‗lovlilik, qaytarib berishlilik, ta‘minlanganlik va rentabellik asosida beriladigan kreditlarni majburiy nazorat qilish; - bank boshqaruvining umumiy siyosati bilan maxsus faoliyat y o‗nalishlari siyosati (ya‘ni depozitlar bo‗yicha, investitsiya bo‗yicha, aktivlar va passivlarni boshqarish b o‗yicha va h.k.)ning uzviy bo g‗liqligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida x o‗jalik subyektlarini kreditlash funksiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega b o‗lganligi uchun banklar faoliyatining samaradorligi va likvidliligini ta‘minlashda, avvalombor, banklarning kredit siyosatini to‗g‗ri ishlab chiqishga e‘tibor berish zarur. Banklar oladigan daromadlar uning aktiv operatsiyalari natijasida, asosan kredit operatsiyalar tufayli vujudga kelishi banklar tomonidan kredit siyosatini oqilona tanlash va o‗tkazishni taqozo qiladi. Kredit siyosati bank strategiyasining bir b o‗lagi sifatida kredit bo- zorida bankning harakat qilishidan k o‗zlagan maqsadini, tamoyillarini va y o‗nalishlarini o‗z ichiga oladi, taktik jihatdan esa moliyaviy yoki boshqa instrumentlarni, kredit bitimlarni amalga oshirishdan bankning maqsadlariga erishish y o‗nalishlari va qoidalarini hamda kredit ja- rayonini tashkil etish tartiblarini ishlab chiqishni o‗z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilib aytganda, kredit siyosati kredit risklarini kamaytirish orqali bankning xavfsizligi, likvidli- ligi va rentabelligini ta‘minlash maqsadida kreditlash bo‗yicha oldindan belgilangan qoida va yechimlar majmuasi asosida tashkil qilingan kredit portfelini boshqarish sohasidagi bankning strategiya va taktikasidir. Kredit siyosati hay‘ati kreditni qaysi sohalarga berish, kredit berishning umumiy tamoyillari, uni berishdagi cheklanishlar va boshqalarni ishlab chiqadi hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilib borishi lozim. Xorijiy davlatlarning yirik banklarida yozma ravishda bankning kredit siyosati t o‗g‗risida memorandum ishlab chiqiladi va barcha bank xodimlari o‗z faoliyatini shu memorondum asosida olib borishlari zarur. Memorandumning tarkibi har bir bankning faoliyat xususiyatini hisobga olgan holda har xil b o‗lsada, u bank faoliyatining asosiy yo‗nalishlarini qay tariqada olib borishni o‗z ichiga oladi. Memorandumda olib boriladigan siyosatning, asosan, ya‘ni ko‗proq ishonchli va foyda 360 keltiruvchi kreditlar berish, kreditlar berishda mavjud kredit resurslarni hisobga olish, beriladigan kreditlarning risklilik darajasini hisobga olish, kredit berishning oxirgi chegarasini belgilab berish va boshqalar k o‗rsatiladi. Hujjatda qaysi kreditlarni berish bank uchun foydali va qaysi kreditlarni berishdan bank saqlanishi lozimligi, bank xodimlariga kreditlar berish, kreditlarning sifatini nazorat qilish shakllari va boshqalar k o‗rsatiladi. Buning uchun quyidagilar aniqlanadi: - bank uchun mas‘ul bo‗lgan kredit turlari; - qanday kreditlar berishdan bank o‗zini tutishi; - ko‗ngildagiday bo‗lgan qarzlarning tarkibi; - ko‗ngilsiz qarzlarning tarkibi; - bankning kreditlash bilan bog‗liq faoliyati doirasi; - bankning o‗z xodimlariga kredit berish doirasidagi siyosati; - qarzdorlikning har xil darajalariga ko‗ra kreditlarning hajmini qisqartirish; - kredit riskini boshqarish, tekshiruv va nazorat doirasidagi bankning siyosati. Masalan, Amerika banklarining memorandumi sxemasi 5 b o‗limni, ya‘ni umumiy qoidalar, kreditlar kategoriyasi, kredit siyosatining har hil masalalari, kredit portfeli sifati ustidan nazorat hamda bank q o‗mitalarini o‗z ichiga oladi. Kredit siyosati b o‗yicha memorandum umumiy tavsiya va y o‗llanmalarni o‗z ichiga oladi va u bank xodimlarining amaliy ishbilarmonligini cheklab q o‗ymaslikni ta‘minlaydi. Tijorat bankining kredit siyosati, kredit bozorini tahlil qilish va eng kichik kredit riskka ega b o‗lgan bozorlarni aniqlash, mablag‗larni depozitga jalb qilish, kreditlash jarayonida yuqori samaradorlikka erishish, bankning depozit va kredit portfelini boshqarishni optimallashtirish, muammoli kreditlar salmo g‗ini kamaytirish, bankning likvidliligi va t o‗lovga layoqatliligini ta‘minlash kabi masalalarni o‗z ichiga olishi lozim. Bankning kredit siyosatini olib borish, kredit portfelining samarali natijasini ta‘minlashni ko‗zda tutganligi uchun banklarning kredit portfelini tashkil qilishga ta‘sir qiluvchi omillar ichida banklar xizmat k o‗rsatish bozorining o‗ziga xosliligi bilan ajralib turadi. Shu jihatdan har bir bank o‗zi tanlagan bozor sektoridagi asosiy mijozlarning qarz mabla g‗iga bo‗lgan talabini hisobga olishi kerak. 361 Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy b o‗limi hisoblanadi. Bu siyosat turli kreditlar va qarzdorlar b o‗yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan quyidagi 3 omilni o‗z ichiga oladi: 1. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi. 2. Kredit resurslari ( o‗z va jalb qilingan mablag‗lari) bahosi, muddati va manbalari. 3. Kreditlash va qarzdorlar turlari va y o‗nalishlari. Jalb qilingan kredit resurslarini boshqa tijorat banklari hamda markazlashtirilgan fondlaridan sotib olingan holda kreditlardan foydalanish uchun foizlar jalb qilingan resurslar summasiga bank (daromadi) marjasi q o‗shish orqali aniqlanadi. Bu 3% dan 7% miqdorgacha b o‗lishi lozim. Garov ta‘minoti bo‗yicha talablar aniq va sifatli tasnifga ega b o‗lishi kerak, ya‘ni garovning likvidliligi, uzoq muddat saqlashning mumkinligi; narxlarning nisbatan barqarorligi, garovga q o‗yiladigan mulk, mulkning bozor talablariga mos kelishi v.b. Favqulodda holatlar yuz beradigan b o‗lsa, garov egasi garov mulkini o‗z hisobidan uning to‗liq qiymatini sug‗urta qilishi kerak. Garovga olingan mulk qiymati kredit summasiga nisbatan 20% yuqoriroq b o‗lishi maqsadga muvofiq. Tijorat banklarining kredit taqdim etishdagi asosiy vazifasi – omonatchilarning pullarini kimga ishonib topshirish mumkinligini hal etishdan iborat. Bu faoliyat o‗ta muhim va o‗ta ta‘sirchan jarayon bo‗lib, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish sarmoya tuzilmasidagi leverajni jiddiy oshirish imkonini beradi. Bank kreditlarni qachon, kimga va qanday shartlarda berishni aniq belgilab olishi shart. Bank faoliyati doimo turli risklar bilan bo g‗liq. Shuning uchun kreditlar, depozitlar va boshqa majburiyatlar bilan o‗z mablag‗lari o‗rtasida maqbul muvozanatni saqlash bankning eng muhim vazifalaridan biridir. Oqilona kredit siyosati bank kredit portfelini sifat jihatdan tartibga solish k o‗lamini, mablag‗ olish imkoniyati, eng yuqori risk darajasi, ssuda portfeli manbalari va muddatlari b o‗yicha mutanosibligini, bank majburiyatlari va aktivlari tuzilmasining mosligini hisobga olishi kerak. Kredit siyosati bankning o‗ziga xos «Kredit tili» ni yaratadi. Bu siyosat bank faoliyati yomonlashganda hamda kredit vakolatlari va majburiyatlari o‗zgarganda huquqni saqlab qolish uchun katta ahamiyat 384 Tijorat banklari amaldagi nizomga muvofiq kredit portfeli sifatini muntazam ravishda tahlil qilib borishlari, har bir kredit bilan bo g‗liq risk darajasini tasniflashlari hamda uni quyidagi 5 ta guruhdan biriga kiritishlari lozim: a) standart b) substandart d) qoniqarsiz e) shubhali f) umidsiz Tijorat banki qarz b o‗yicha ehtimol tutilgan yo‗qotishlar uchun rezerv barpo etishi shart. Bu rezervga mabla g‗lar amaldagi tartibga muvofiq kiritiladi. Qarzlar b o‗yicha ehtimol tutilgan yo‗qotishlar uchun rezerv x o‗jalik organlarga berilgan kreditlar tahlili hamda bank faoliyatining risk darajasiga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillarni belgilash asosida tashkil qilinadi. Rezerv hajmi amaldagi qarzdorlik risk hujjati yoki guruhiga bo g‗liq bo‗ladi. Tijorat banklari rezerv hajmini hisobot oyining har birinchi kuni uchun amaldagi tartibga asosan hisoblab chiqadilar. Berilgan qarzlar kiritilgan «risk guruhi» yomonlashgan taqdirda qarzlar b o‗yicha ehtimol tutilgan yo‗qotishlar uchun rezervga ajratmalar har oyda o‗tkazib boriladi. Bank oldidagi o‗z majburiyatlarini bajarmagan qarz oluvchiga nisbatan bank kredit shartnomasi shartlariga k o‗ra quyidagi huquqlarga ega: - agar u kelishilgan muddatlarda bank tavsiyalarini bajarmasa, kreditlash t o‗xtatilib, uni qaytarib olish to‗g‗risida ogohlantirilgan da‘vo xati yuborish; - kreditdan foydalanganlik uchun foizlar o‗z vaqtida to‗lanmagan, shuningdek, kredit shartnomasida belgilangan muddatda qaytarilishi ehtimoldan uzoq b o‗lgan hollarda, qarz oluvchiga bankrotlik t o‗g‗risidagi qonunda ko‗zda tutilgan jazo choralari qo‗llanishi haqida ogohlantirish berilgan da‘vo xati yuborilib, kredit bo‗yicha qarz qoldi g‗ini muddatdan oldin undirib olish; - qarz oluvchi hisob yuritish va buxgalteriya hisobi qoidalarining buzganligi aniqlansa, kreditlashni t o‗xtatish va bu haqda soliq inspeksiyasiga xabar berish, shuningdek, undan hisob va hisobot qoidalari buzilish sabablari t o‗g‗risida izoh berilishi, ularni tugatish yuzasidan qanday choralar k o‗rilayotgani bildirilishini talab qilish. Kreditni o‗z vaqtida qaytarish borasidagi majburiyatlarni bajarayotgan qarz oluvchi o‗zining to‗lovga layoqatsizligi to‗g‗risida matbuotda e‘lon berishi, bank esa bu haqda soliq inspeksiyasiga xabar 369 soladi. U bir tomondan mijoz talabining t o‗laroq hisobini, ikkinchi tomondan esa bankni kredit riskidan saqlashning muvofiq mexanizmini ta‘minlab beradi. Kredit shartnomasi qarz shartnomasining bir turi hisoblansada, u qarz shartnomasidan farq qiladi. Bu farqni quyidagi jadvalda k o‗rish mumkin. 50-jadval Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling