Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Ikkinchidan
Buyuk Britaniya bank tizimi
jahondagi eng qadimiy va rivojlangan bank tizimlardan biridir. Ingliz banklarning o‗ziga xos xususiyati ularning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishidadir. Eng yirik valyuta bozori, ko‗p sonli banklar Londonda faoliyat ko‗rsatadi. Britaniya bank tizimining tuzilishi ko‗p bo‗g‗inli bo‗lib, u quyidagi moliya institutlarini o‗z ichiga oladi: Angliya Banki; depozit banklar; savdo (aksept va emission) uylar; chet el banklari; qurilish jamoalari; hisob-kitob va moliya uylari; trast- jamg‗arma banklari; Milliy jamg‗arma banki; xalqaro bank konsorsiumlari. Yuqorida keltirilgan bank tashkilotlari klassifikatsiyasi bilan bir qatorda Buyuk Britaniya banklarini boshqacha qilib guruhlashtirish mumkin, ya‘ni chakana va ulgurji banklar. Chakana banklar – tijorat (asosan depozit) banklar bo‗lib, ular barcha mijozlarga xizmat ko‗rsatadi va bo‗limlarning kengroq tarmog‗iga ega. Ulgurji banklar esa yirik shartnomalar asosida ish yuritib, odatda, alohida shaxslar bilan emas, balki savdo-sanoat korxonalari va moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qiladi. XX asr 70- yillarigacha Buyuk Britaniyada bank ochish uchun Markaziy bank yoki boshqa bir nazorat qilib turuvchi tashkilotning alohida ruxsatnomasi shart emas edi. Banklarning tashkil qilinishi va faoliyatini tartiblab turishda barcha sohalar uchun umumiy bo‗lgan 1948-yilda qabul 75 1) Doyche Bundesbank (Markaziy bank); 2) tijorat banklar; 3) jamg‗arma banklar; 4) kooperativ markaziy banklar; 5) kredit kooperativlar; 6) ixtisoslashgan banklar (davlat va xususiy ipoteka banklari); 7) Pochta, kommunal, jamg‗arma banklar; 8) turli boshqa ixtisoslashgan banklar. Doyche Bundesbank Germaniyaning Markaziy banki bo‗lib 9 ta y erlar markaziy banklari va ularning 200 ta bosh bo‗linmalari va filiallariga ega. Nemis Federal banki nazorat funksiyasini bajaradi, uning pul va kredit siyosati bankning Markaziy Kengashi tomonidan belgilab beriladi. Bankning Markaziy Kengashi tarkibiga yerlar markaziy banklari prezidentlari kiradi. Nemis Federal banki Federal qonunchilik bo‗yicha o‗z faoliyatida mustaqil hisoblanib u federal hukumat tomonidan q o‗yilgan topshiriqlarni bajarishga o‗zini majbur deb hisoblamaydi, u faqat mamlakatning iqtisodiy siyosatini olib borishda hukumatni qo‗llab-quvvatlaydi va bu borada hukumat bilan hamkorlik qiladi. Federal bank Markaziy kengashi faoliyatida hukumat ovozg a ega emas, lekin u bank Markaziy kengashining ba‘zi bir qarorlarining kuchga kirishini 2 haftaga kechiktirish bo‗yicha murojaat qilishi yoki talab qilishi mumkin. Mamlakatda cheklar va veksellar bilan o‗tkaziladigan naqd pulsiz hisob-kitoblarning asosiy qismi Bundesbank va uning filiallari orqali amalga oshiriladi. Tijorat banklari , Germaniyada universal banklar bo‗lib quyidagi operatsiyalarni bajaradi: - turli depozitlarni qabul qilish; - mahalliy, federal hukumat tashkilotlariga, kichik va o‗rta biznes sohasiga, yirik korporatsiyalarga qisqa, o‗rta va uzoq muddatli kreditlar berish; - moliyaviy va trast xizmatlar ko‗rsatish; - mijozlarga elektron va brokerlik xizmatlari ko‗rsatish; - yo‗l cheklari bilan xizmatlar ko‗rsatish; - mijozlarga hisob-kassa xizmatlarini ko‗rsatish va boshqalar. 74 Bunday ipoteka ssudalarning hajmi uy-joy qiymatining 100%ini tashkil etishi mumkin. Ssudalarning qaytarish ikki usulda olib borilishi mumkin: 1. An‘anaviy usul (har oy to‗lovlarini to‗lash yo‗li bilan); 2. Foizlarni o‗z vaqtida (har oyda) va qarz summasini bir vaqtda to‗lash yo‗li bilan. Angliya Banki, boshqa davlatlarning markaziy banklari singari, davlatga xizmat qiladi. Birinchidan, u davlat hisob raqamlarini olib bo- radi, ulardan eng ko‗zga ko‗rinadigani bu g‗azna hisob raqamidir. Yevro paning ko‗pgina mamlakatlarida (Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya) hisob raqami ga tushadigan mablag‗lar hamda xarajatlar g‗azna tomonidan olib boriladi, Markaziy bank esa ularni ro‗yxatdan o‗tkazadi xolos. Buyuk Britaniyada, boshqa davlatlar singari, g‗azna o‗z hisob raqamlariga ega, ammo ularga tushumlar va xarajatlar Markaziy bank tomonidan ta ‘minlanadi va olib boriladi. Ikkinchidan, Markaziy bank davlat va hukumat organlarini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirib turadi. Buyuk Britaniyada yaqin davrga qadar banklar faoliyatini nazorat qilish to‗g‗risida qonun mavjud bo‗lmagan. Kredit muassasalari ustidan amalga oshirib kelingan nazorat esa norasmiy xarakterga ega edi. Nazorat tadbirlari bankning kerakli darajada kapitalga nisbatan eng kam operativ xavfsizligini, rezerv mablag‗lar, likvidlik, buxgalteriya hisobi va boshqaruv xodimlari bilan suhbat o‗tkazish orqali amalga oshirildi. Sh uningdek, asosiy e‘tibor bank kredit portfelining sifati, boshqaruvchining kompetentlik darajasi, bank tomonidan amalga oshirilgan barcha operatsiyalarning qonuniyligi kabilarga qaratiladi. Buyuk Britaniyada kredit institutlari ustidan nazorat boshqa mamlakatlarga nisbatan birmuncha engil holda olib boriladi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling