Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
II darajali kapital quyidagilardan iborat
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
II darajali kapital quyidagilardan iborat:
a) joriy yildagi sof foyda; b) xatarni hisobga olgan holda, aktivlar summasining 1,25 foizi va hisob-kitoblardan s o‗ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miq- dordagi umumiy zaxira; d) hisob-kitoblardan s o‗ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali tavsiflarini o‗z ichiga olgan vositalar). I darajali kapitalga kiritilmagan aralash turdagi majburiyatlar, jumladan, imtiyozli aksiyalar agarda ular quyidagi shartlarga javob bersalar, II darajali kapitalga kiritilishi mumkin: to‗liq to‗langan bo‗lishi kerak; garov bilan ta‘minlanmagan; bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari ta- lablari qondirilganidan s o‗ng qondirilishi; aksiya egasining tashabbusi bilan va oldindan olingan Markaziy bank ruxsatisiz t o‗lanishi mumkin emas; bankning har qanday zararlarini qoplashi va bankni to‗lovga qobiliyatsiz deb e‘lon qilish huquqini bermasligi; agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan bo‗lsa, emitent xohishiga k o‗ra yoki oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‗yicha divi- dendlar (foizlar) to ‗lash to‗g‗risida qaror qabul qilishda ushbu majburi- yatlarga doir dividendlar (foizlar)ni t o‗lash muddati kechiktirilishi mumkinligi; e) subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli b o‗lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan s o‗ng I darajali kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz t o‗lash muddati etib kelgunga qadar, oxirgi 5 yil davo- 118 mida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim: garov ta‘minotiga ega bo‗lmaslik; bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‗yicha talablar depozitorlar talablari qondirilganidan s o‗ng amalga oshirilishi; boshlang‗ich to‗lov muddati 5 yildan ortiq bo‗lishi; bankning ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng bo‗lgan val- yuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya uchun zaxiralar. Kapitaldan chegirmalar kapital yetarliligi koeffitsiyentlari hisoblanguncha amalga oshirilishi kerak. I darajali kapitaldan chegirmalar nomoddiy aktivlar, shu jumladan, Gudvillni o‗z ichiga oladi. “Gudvill” – xaridor tomonidan bank sotib olinayotganda, uning sof aktivlari qiymatidan yuqori t o‗lanadigan sum- ma sifatida ta‘riflanadi (barcha aktivlarning bozor narxi va barcha majburiyatlarning bozor narxi o‗rtasidagi farq gudvillni tashkil qiladi.). Regulyativ kapitaldan chegirmalar quyidagilardan iborat: birlashmagan nobank shu‘ba moliya korxonalari kapitaliga in- vestitsiyalar, jumladan, bunday korxonalar kapitalini tashkil qiluvchi ularning har qanday aksiyalari va qarz majburiyatlari; birlashmagan nobank nomoliyaviy korxonalar kapitaliga inves- titsiyalar, jumladan, bunday korxonalar kapitalini tashkil etuvchi har qanday qimmatli qo g‗ozlar va qarz majburiyatlari; birlashmagan banklar kapitalining har qanday vositalariga inves- titsiyalar. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling