Tadqiqot ishining maqsadi - sanoq sistemalarini o’rganishda, berilgan
miqdorni ixtiyoriy sanoq sistemasiga o’tkazish jarayonini ko’rgazmali tarzda yoritib
beruvchi dastur yaratish, berilgan sonni bir sanoq sistemasida boshqasiga o’tkazuvchi
va boshqa dasturlar tuzish jarayonida foydalanishga qulay komponent yaratishdan
iborat.
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun bir qator vazifalarni bajarish talab
etiladi, jumladan:
- sanoq sistemalarini adabiyotlar tahlili asosida chuqur o’rganish;
- asosi o’ndan kichik va katta bo’lgan sanoq sistemalarining o’ziga
xosliklarini aniqlash;
- «Sanoq sistеmalari» mavzusini axborot tеxnologiyasidan foydalanib
o‘qitish mеtodikasini yozish;
- «Sanoq sistеmalari» mavzusiga o’quv mashg’uloti texnologiyasi va
texnologik xarita tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |