Mavzu: Kimyo darslariga innovatsion va axborot tеxnologiyalarini joriy qilish mеtodikasini ishlab chiqish. Reja: - 1. Muhim mavzularni oqitishga innovatsion, intеraktiv o’qitish mеtodlarini joriy qilish masalalari.
- 2. Yangi pedagogik tehnologiyalar tadbiqi bilan darslarni tashkil qilish va o’rganish.Ta’lim bеrish tеxnologiyasining modеli. Texnologik xarita. Dars ishlanmasini tuzish.
- 3. Kimyo o’qitishgа ахbоrоt tехnоlоgiyasini tаdbiq etish kоmpyutеr yordаmidа elеktrоn vоsitаlаr yarаtish
Tayanch iboralar: - innovatsiva, innovatsion texnologiyalar, pedagogik texnologiya, “Tarmoqlar” (Klaster) usuli, pinbord.
- Innovatsiva inglizcha (innovation) so’z bo’lib, yangilik kiritish degan ma’noni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo’lib fikrlash, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning o’ziga xosligi shundaki, jarayon faqat pedagog va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
- - o’quvchini dars davomida befarq bo’lmaslikka. mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etadi;
- - o’quvcliilarni o’quv jarayonida bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini ta’minlaydi;
- -o’quvchining bilim olishga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda, har bir masalaga ijodiy yondashishini kuchaytiradi;
- -pedagog va o’quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishga yordam beradi.
- Quyida innovatsion texnologiyani dars olish jarayoniga tatbiq etilganda samarali natijalar bergan usullarni ko’rib chiqamiz.
“Tarmoqlar” (Klaster) usuli - Fikrlarning tarmoqlanishi - bu pedagogik strategaya bo’lib, u o’quvchilarni biron mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam beradi. O’quvchilarni mavzuga oid tushuncha voki fikrini erkin va ochiq ravishda bir-biriga uzviy bog’lagan holda tarmoqlashga o’rgatadi.
- Bu usul biron mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini o’shirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yetarli darajada o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklda ifodalashga undaydi.
- “Aqliy hujum”. “Aqliy hujum” guruhlararo ishlarda qo’llaniladigan, muhim g’oyalarni ishlab chiqish mumkin bo’lgan usuldir. Bu haqiqatan ham o’quvchilarning o’quv jarayonida faol ishtirok etishlari, turli g’oyalarni bayon qilish vaqtida boshqa o’quvchilarni ham qizg’in bahsga jalb etishlari, qunt bilan ishlashlariga imkon beruvchi va rag’batlanliruvchi usul hisoblanadi. “Aqliy hujum”ning foydali tamoni shundaki, unda yakka holda ishlash mumkin emas, birgina g’oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xiida o’ziga jalb etadi.
- “Aqliy hujum” turli tarzda, masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish, yangi savol qo’yish yoki istalgan qiziqarli muammoni hal etish uchun qo’llanilishi mumkin. Uning asosiy qoidalari quyidagilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |