Jahongir muhammad tarixiy-Zamonaviy Roman vashington: 2005-2006 birinchi bob 20 asrning oxiri


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana22.10.2017
Hajmi0.85 Mb.
#18414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

ketkazmoqchi bo’lganini eshitib qolib, juda xafa bo’lgandilar. Mana endi, shunga qaramay siz uchun borib gaplashmoqchilar. Balki, 

Mufti sulh istasa sizning ishingizni hal qilish bilan qori akamizning ham ko’ngillarini topar,-dedi. 

Rustam mufti haqida ko’p eshitgan. Avval u o’nib-o’sgan mahallada ijarada turgandi. U yerda muftining otasini juda hurmat qilishar 

ekan. Sovet davrida ham hech kimdan qorqmagan edi, deyishardi. 

Ammo Abdusoli qori muftini yoqtirmas ekan. Saboq olishga kelganlar orasida bu borada o’zaro bahslar bo’lib turardi. Kimdir 

Muftini rahbarlar bilan kelishib ish bitiradigan odam desa, boshqasi sessiyalarda indamay o’tiradi, chunki kommunistik partiyaning 

ro’yxatidan deputat bo’lgan derdi. Boshqa birov esa uni “bilimdon” deb maqtasa, yana kimdir yurtboshini saylatgan shu odam derdi. 

Rustam ular haqlaridagi bahslarga hatto qo’shilishga cho’hib, ular haqida gap aytishga istihola qilib yurgan odamlariga mana endi 

taqdir ipi bilan bog’lanib borayotgan edi. Sobitxon qori bilan bir necha marta yuzma-yuz gaplashdi. Shu ketishda mufti bilan ham 

uchrashib qolsam kerak deb o’yladi. 

Rustamo’zida yyengillik his etgandek, kechga tomon uyga kirib kelganda yana boshidan tegirmon toshi bosildi. Maxfirat xolaning 

faryodidan esankirab qoldi. Xola qo’llari bilan tizzasiga urar, sochlarini yulib, yuzlarini timdalar va: 

-Nilifarim! Nilufarim!,-derdi bo’g’iq ovozda. 

Rustamning tizzasi bukilib ketdi. Nima bo’ldi? 

“Nilifar?!” … 

“Nilufar?!” … 

“Nilufar?!” … 



Uning quloq pardalariga Maxafirat xolaning qichqirig’i o’q ovozidek uzluksiz urilayotgan edimi, yoki yuragidagi hayqiriq quloqlariga 

ko’chimidi, o’zi ham bilmadi. 

*** 

889 YIL OLDIN 



Tohir Alamut qal’asining ostonasiga yetib kelgungia qadar juda ko’p qiyinchiliklarni ko’rdi. Odamning ajali yetmasa o’lmaydi, degan 

gap rost ekan. Necha marta o’limning go’shasiga kirib, tirik chiqdi. Bir martasida qorning ostida muzlab qolib ham o’lmadi. 

Odam ham hayvondek gap ekan, deb o’ylardi. Hayvon tabiatga, yashash joyiga qraab moslanib boradi. Odam ham shunday. Ilgari 

qishda sovuq qotardi. Ammo bu yerga kelgandan keyin har kun vujudiga yovvoyi kiyikning moyini suykashni o’rgatishdi. Avvaliga 

tanasidan anqiqan bad bo’yga chidolmay yurdi. Keyin o’rganib ketdi. Moyni suykavergandan keyin, teri yaltiroq oltinga o’xshab 

qolar ekan. Sovuqda xuddi arslon terisini yopingan kabi yuraverarkan odam. Uch yilllik mashqlar ortda qolib u Shayx yashaydigan 

qal’aning ichiga kirganda uni yig’iniga boshlashdi. 

Uch yildan beri haqida har kun, har soat eshitgani shayx juda salobatli odam ekan. Yuzidan xuddi nur yog’ilayotgandek tuyulsada 

ko’zlari qashqirning ko’zini eslatardi. Tohir tog’da qashqirga juda ko’p ro’baro’ kelgan. Qashqir shunday tikilardiki, xuddi ko’zlari 

bilan hamla qilayotdek bo’lardi. Tohir ham otasidan o’rgangani kabi qimirlamasdan unga xuddi shunday tikilib turaverardi. 

Otasi: 

-Qo’rqsang boshingdan hovur ko’tariladi, qashqir shuni kutadi. Qochsang ham ishing bitdi. Ammo qo’rmasang u qaytib ketadi,-



derdi.-Qashqir ham odamga o’xshaydi. Bir o’zi bo’lganda hujumkorlik qilmaydi. Ammo yonida boshqa qashqirlar ham bo’lsa, ular 

to’da bo’lib ovga chiqqan bo’lsalar qutulishing amri mahol. Unday paytda bitta yo’ling qoladi. Hujum qilishing kerak. 

Man endi Tohirning o’zi ham qashqir bo’lib borayotganini his qilardi. Yaxshi qashqir bo’lishni istardi.. Daddasi yaxshi va yomon 

bo’rilar haqida ko’p rivoyatalar aytib bergan: 

-Bir ona bo’rining ikki bolasi bor ekan. Ular juda sho’x va harakatchan ekanlar. Yillar o’tib bittasi juda ham qonxo’r bo’libdi. Ko’rgan 

o’ljasini o’ldirmasa, qo’ymas ekan. Qorni ochmi, qorni to’qmi hujum qilaverar ekan. Ammo ikkinchisi unday emas, o’zini odamlarga 

yaqin olar ekan. Bir kuni bir guruh odam tog’lar orasidagi adirlikda chiqsh yo’li topmay, adashib qolshibdi. 

Shunda bo’rilardan biri odamlarga hujum qilib, har tunda bir kishini sudrab keta boshlabdi. Ikkinchisi esa tog’ning teppasiga chiqib 

uvlay boshlabdi. Undan qo’rqqan odamlar teskari tomonga qarab qocha boshlabdilar. Shunda ikkinchisi kelib odamlarning yo’lini 

to’sibdi. Ikki qashqir orasida jang boshlanib, yaxshisi yomonini jarohatlab, yengibdi va odamlar chiqib ketishi mumkin bo’lgan 

tomonni ochiq qo’yib, qolgan joylargda yugurgncha uvllar ekan. Shu zaylar odamlar daradan chiqib ketgan ekanlar… 

Birdan Tohirning xayollari uzildi. Xonaning o’rtasida tanasidan uzilgan bir bosh turardi. Shayx yangi kelgan yigitlarga ana shu 

uzigan boshni ushlab ko’rishlari va hali qoni qotmaganini his qilishlari kerakligini aytdi: 

-Bu dushmanlarimiz tomonidan o’ldirilgan bir bechoraning boshi. U hayotda hech gunoh qilgan emas. U doim adolatni izladi, 

adolatdan yona bo’ldi. Hech kimga yomonlik qilmadi. Alloh buyurganini bajardi, faqat. Ammo nomard dushmanlar uni o’ldirdilar. 

Qabr azobidan xalos etilgan bu yigitga Alloh qayta jon ato etishi aniq. Faqat buni undan chin dil bilan so’ramoq kerak! 

Shayx shunday deb yigitlarni uzilgan bosh atrofida aylana shaklda o’tqazib qo’yib, yorug’ tushadigan hamma joylarni bekittirdi va 

kesilgan boshga qarab gapira boshladi: 

-Allohdan senga jon so’radim. Hozir mana shu sinovlardan o’tib, haqiqqtni izlab kelgan yigitlar oldida Rabbim seni tiriltiradi… 

Shayx shunday deb yigitlarga qaradi: 

-Bu daqiqani unutmang, agar e’tiqodingiz mustahkam bo’lsa va dushman qo’lida jon bersangiz ham Rabbim istasa sizga jon beradi. 

Istasa sizni jannatga yo’llaydi. Agar siz shahid bo’lsangiz, ki shahidlik eng ulug’ shahodatdir, siz behishtdan joy topasiz. Buning 

to’qqiz fazilati bor. 

Bir: tomchi qoningiz to’kilsihi bilan butun gunohlaringiz avf etiladi. Gunohsiz banda yo’q. Hatto ba’zan xayol bilan ham gunoh qilib 

qo’yishingiz mumkin. 

Ikki: behishtda qayerda va qanday yashashingiz ko’z oldingizga keltiriladi. Bulbullar sayrashi, qumrilar chraqlashi, gullarning rango-

rangligi. Shrashralarning kamalakka aylansihi… hamma-hammasi oldindan sizga ko’rsatiladi. 

Uch: Shu ondayoq sizga iymon libosi kiygiziladi. 

To’rt: Eng go’zal, ohu ko’zli hurliqolardan 72 tasiga uylantirib q’yilasiz. Farog’at nimaligini ana shunda bilasiz. 

Besh: mana bu boshi kesilgan yigitga o’xshab qabr azobiga tortilamaysiz. 

Olti: Qiyomat qoyim bo’lganda ham sizga xotirjamlik berialdi. 

Yetti: Boshingizga ehtirom toji kiygiziladi. Unda ming gavhar bo’lib, faqat bittasi butun dunyodan ustun bo’ladi. Bu dunyoning 

qirollariga ham nasib etmagan taomlar sizga nasib etadi. 

Sakkiz: yqinlaringizdan 70 kishiga shafoat qilimadi. Ularni yo’qotgan bo’lsangiz topasiz. 

To’qqiz: Agar bu dunyoda vazifangiz qolgan bo’lsa, mening iltimosim ila Alloh sizni yana qaytardi va vazifangizni bajarishda sizga 

yo’l ko’rsatadi. Bu yigit ham ona-onasini o’ldirganlardan qasos ololmay shahid bo’lgandi. Shu bois vazifasiga qaytarish uchun men 

oraga kirdim. 

O’rtada sandalga o’xshagan joyda kichik gulxan yoqildi. Shayx yana kallaga qarab gapira boshladi: 



-Allohim senga jonni yubordi. Avall ko’zlaringni och!,-dedi. 

Uzilgan kalla sekin qimirlagandek bo’ldi va qon ostidan asta ko’zlari ochildi hamda gulxanning nurida porlay boshaldi. Yigitlar 

o’tirgan joylarida titrab qoldilar. Tohirning boshi aylanib ketgandek bo’ldi. Shaxning mo’jizalari haqida deyarli har kuni eshitganiga 

qaramay bunga o’zi guvoh bo’layotgani uchun sovuq ter ostida qoldi. Shayx esa so’zida davom etardi: 

-Endi qoshlaringni qimirlatib ko’r! 

Kesilgan boshdagi qoshlar qimirlashga boshladi. Tohirning eti junchikib boraverdi. Qo’llari bilan yerga to’shalgan arslon terisidan 

qilingan po’stakni mahkam ushlab oldi. 

-Endi boshingni aylantir! 

Kesilgan boshi joyida aylandi. 

Tohir asta-sekin qo’rquv hissidan g’ururlanish tuyg’usi tomon borayotgandi. Ko’plarga nasib etmagan narsa unga nasib bo’lganidan 

ichki bir mag’rurlik his eta boshladi. Demak, men Xudoga yaqinlashib borayapman, hamma niyatlarimga yetaman, shuncha 

azobmlarim bu Allohning sinovi ekan, hammasidan yaxshi o’tdim, deb o’ylardi u. 

Ancha davom etgan bu hodisadan keyin Shayx yigitlarni bir-bir ko’ksiga bosib: 

-Sizlar mening xos askarlarim, sizlar Allohning lashkarlari!,-dedi. 

Shayx Hasanning bolaligi og’ir kechgandi. Bolaligida otasi uni Quronxonlikka berdi. Bir kuni qiroatni buzib qo’ygandi, domlasi uni 

oyog’idan shotiga bog’latib, hamma toliblarga ximich bilan urdirdi. Oyog’ining osti yara bo’lib, gazaklab ketdi. Negadir otasi uni 

so’rab kelmadi. Domla esa uning oyog’iga ham qaramasdan choyxonachi qilib qo’ydi. U dala-toshga chiqib o’tin terib kelishi, keyin 

qumg’onda suv qaynatishi kerak edi. Domlasi juda injiq edi. 

Hali: 

-Qayoqqa qarading choyning ichi qora qurumga to’lak-u,- deya qaynoq suvni unga qarab sepib yuborsa, hali: 



-Man sanga bu safar olma po’chog’idan emas, rayhondan damla degandim,-deya choyni to’kib tashlardi. 

Bir kun darslar bitib, toliblar uy-uylariag ketdilar. Hasanning ko’zi yo’lda qoldi. Hech kim kelmadi. 

-Sani odam qilmqochi edim, boshimga balo bo’lding, tekinxo’r,-degan domlasi unga juda yomon muomalada bo’la boshladi. Avvaliga 

oyog’ini uqalatgan bo’lsa, keyin uni shahvga boshladi. Shahvatparast bo’lgan domla bir necha yil Hasanni o’ziga bachcha qilib yurdi. 

Yoshi bir joyga yetgach, bir kuni xastalanib qoldi. Azoblar girdobida ilondek to’lg’anib yurgan Hasan domlasini bug’ib o’ldirdi-da o’zi 

mullalik qila boshladi. Qiroati yaxshiligi uchun machitga imomlikka ham uni chaqirishdi. 

Va’zlarini adolat bilan boshlab, adolat bilan bitirardi. Ayni paytda uyida talabalarni ham o’qitardi. Xayolida esa dunyodagi hamma 

domlalarni buzuq deb bilar va ularni yo’q etish yo’llarini izlardi. Bo’sh paytlarida ota-onalaridan go’shti meniki, suyagi sizniki deb 

sotib olgani-besh olti bolani chiniqtirardi. Ularga odamni yiqitish, bo’g’ish, pichoqlashni ham o’rgatar edi. Ammo bolalarga yaxshi 

muomala qilib, yaxshi qarar va o’z og’lidek boshlarini silardi. Ularni doim boshqalarga o’rnak qilib ko’rsatar, rag’batlantirar edi. 

O’choqning boshida kunlarni tunlarga, tunlarni kunlarga bog’lgan paytida xayolidan kechganlari endi bir-bir haqiqatga 

aylanayotgan edi. U butun dunyodagi yomonlarni jazolash, yo’qotishni orzu qilgandi. Domlasiga o’xshagan, otasiga o’xshaganlardan 

dunyoni tozalashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandi. Ana shu orzusiga yo’lni besh-olti bolani tayyorlashdan kirishgandi. 

Bolalarning orasida asrab olgan o’g’li ham bo’lib, uni guruhga bosh qilib qo’ygandi. 

Bundan oldinroq ota-onasini qidirtirdi. Onasi olamdan o’tgan, otasi xasta ekan: 

-Meni kechir bolam, o’sha paytda nochor ahvolda edik, ochlikdan qutulish uchun seni domlaga sotgan edim,-dedi otasi jon taslim 

qilishi oldidan. 

U otasidan nafrat qildi. Sotadigan bo’lsa, nega dunyoga keltirdi, degan savolga javob topolmay yurdi. Keyin chekkan azoblari ko’z 

oldidan o’tar ekan, otasiga o’xshaganlar ham yashamsligi kerak degan qarorga kelgandi. 

Dunyosi goh torayib goh kengayib yurgan Hasan atrofidagi yigitchlarni qotillika o’rgatib, yomonlarni jazolashga, domlaraning 

uylarini bosishga boshladi. U nomi yaxshi chiqqan domlalarga indamas edi. Yomonotliq bo’lgan domlalar, boylarni sirli ravishda 

jazolardi. Ba’zan u falon joyda, falon odam Allohning haqqiga xiyonat qilayotgan ekan, Allohim o’zing g’azzabingni yubor unga, deya 

duo qilardi. Oradan ikki kun ham o’tmay o’sha odamning o’lgani haqida gap tarqalardi. 

Hasan endi bashoratchilik bilan mashhur bo’ldi. Har kun uning huzuriga keladigan arzchilarning keti uzilmas edi. Uni “Shayx 

Hasan” deydigan bo’ldilar. Boylar va hatto ba’zi o’lkalardagi vaziru a’zam, qirollar ham unga molu davlat yuborib, dushmanlariga 

Allohdan balo so’rashni istardilar. U kambag’al-bechoralarning eng yaqin do’stiga aylandi. Ulardan pul olmas, ammo istaklarini ado 

etardi. Uning hovlisi talabalaar bilan to’lib ketdi. Bolasini unga muridlikka bergan odamlarning son-sanog’i yo’q edi. 

Sekin-sekin uning aytgani aytgan, degani degan bo’lib qoldi. Istasa, bayramlarni bekor qilar, itasa, oylab bayrambozlik qilardi. 

Istasa, soliqlarni bekor qilar va istasa, qaytadan tayinlar edi. 

Bu endi ba’zilarga yoqmadi. Unga qarshi gap aytadiganlar ham chiqdi. Ba’zilar dinda bashorat qilish ta’qiqlangan desalar, ba’zilar 

uni din dushmani ham deya boshladilar. Bu esa Hasanni bezovta qila boshladi. Hatto unga qarshi bo’lgan vaziru a’zamlar ham 

topildi. Shulardan biri Nizomul Mulk edi. U odam yuborib, el-ulusning qoidasini saroy belgilashi, uning esa aralashmasligini, shariat 

qoidalarini belgilashda ulamoga quloq solishini, qozilarni tinch qo’yishini, oyatlarni noto’g’ri tafsir va talqin qilmasligini talab etdi. 

Shundan keyin Shayx Hasan teppalikda bir qasr soldirib, atrofini o’zi yetishtirgan askarlar bilan o’rab oldi. 

U askarlarini uch tabaqaga bo’lgan edi. Birinchisi, chet ellarga borib, xabar to’plab keladigan guruh edi. Ularga: 

-Siz mazlumlarning xaloskori, szi orqali men ularning holidan o’z vaqtida voqif bo’lishim kerak,-der edi. 



Bu guruhga kirganlar darvesh, qalandar, muhaddis, savdogar, umrachi, hajga boruvchi kabi nomlar bilan boshqa ellarga kirib 

borardilar. Ular odamlarning ahvoli bilan birga boylar, domlalar, soliqchilar haqida ham ma’lumot to’plashardi. Ularning uy-joylari 

qayerdaligi, qayerlarga borishlari, to’y-ma’rakalardagi ishtiroklari… xullas, qaytib kelganda har qanday savolga javob beradigan 

ma’lumotlarni o’rganishlari kerak edi. 

Shayx bu ishni shunchalik pishiq yo’lga qo’ygan ediki, bir joyga kamida ikki kishini yuborardi. Ular bir-birlarini tanimagan holda 

kuzatishar va agar shubhali narsa sezib qolsalar bittasi ikkinchisini yo’qotar edi. 

Bu guruh kundan kunga kuchayib, uning josuslari juda uzoqlarga qadar yetib boradigan va maxsus o’rgatilgan qushlar orqali xabar 

yo’llaydigan bo’ldilar. Bu guruhga shayxning asrandisi bosh-qosh edi. 

Ikkinchi tabaqa esa soqchilardan iborat edi. Ular qal’ani qo’riqlash bilan birga bu yerdagi butun hayotni boshqarar edilar. Yangi 

talabalar topish va ularni yetishtirish ham shu tabaqaning ishiga kirardi. Shayxning ostonasiga yetib borolmagan yigitlar ana shu 

tabaqada xizmat qilardilar. 

Uchinchi guruh esa jazolovchilar bo’lib, bunga tanlov nihoytda qattiq edi. Buni bevosita shayxning o’zi nazorat qilardi. Tohir ana shu 

uchinchi tabaqaga “ilingan”di. 

Shayx o’z lashkarlariga unvonlar ham ta’sis etgandi. Jazolovchi guruhga kirganlarga “fidoyi” unvoni berilar edi. Ularni o’zaro 

“qasoskorlar” ham deyishardi. Ammo shayx ularni “xos lashkarlarim” derdi. 

Ikki-uch topshiriqdan eson-omon kelgan yigitga “Rafiq” unvoni berilar edi. Bu esa Shaysning do’sti degani edi. Ularga shayx 

“Do’stim” deb murojat qilardi. Bu guruhda o’zini ko’rsatganlarga “Doyi” unvoni berilar va ularni Shayx erkalatib, yaqin olib “tog’a” 

derdi. 


U butun buyruqlarini ana shu “tog’a”lari orqali berar va ijrosini ham ulardan surishtirar edi. Ularning orsidan tanlab olingan bir 

necha kishi esa Shayxning mashvaratiga kirganlar, qaysi bir ma’noda maslahatchilar, sir saqlovchilar bo’lishardi. 

Sir saqlash Alamut qasrining asosiy qoidasi edi. Buning uchun odamlar alohida tekshiruvdan o’tkazilardi. Shayx ba’zan eng 

yaqinlariga ham yolg’on bir gapni aytib, keyin o’rtaga odam qo’yib, uni bilishga intilar, va o’sha odamning o’gzidan sir chiqsa boshi 

yerda yumalardi. 

Shayx o’z atrofidagilarning hammasini bir-birlariga dushman qilib qo’ygandi. Ular doim bir gap topishga intilar edilar. Bunday 

gaplarni shayx berilib tinglar va gap keltirgan odamni rag’batlantirgani bois ham bu ish avjiga chiqqandi. 

Shayx eshitgan gapini “aybdorga” aytib, uni o’limning eshigiga olib borar va qaytarib olib kelardi. Unga hech kimga aytmaysan, deya 

gapni kim olib kelganini aytar va doim uni kuzatib yurishni tayinlardi. Bu esa Qal’a va tashqarisida o’z-o’zini nazorat qilsihni, metin 

intizom va shayxga sadoqatni kuchytirgan edi… 

Tohir shayxning huzuridan chiqib, hali o’ziga kelmasdan, kesilgan boshning charaqlab turgan ko’zlarini unutmasdan uni va 

yonidagilarni choyga taklif qilishdi 

Daraxtning tanasidan yasalgan kosachada ularga choy berishdi. Bunaqasini u hech ichmagan edi. Birdan boshi aylanib, ko’zlari 

tindi. Yer osmonga ko’tarilib, osmon yerga tushgandek bo’ldi… 

TO’RTINCHI BOB 

20 ASRNING OXIRI 

Hamidxon Qoraboy akani ko’ndirganidan mamnun edi. Endi Otabekni ham sindirsam “ish bitdi” deb o’ylayotgan edi. Zotan ertaga 

ertalabki reysda Toshkentga uchishi kerak, uni Bosh prokuror Bo’ritosh Mustafoyevning o’zi chaqirgan. Qaynotasining aytishi 

bo’yicha Prezident bilan ham uchrashib qolishi mumkin. Shu bois ko’nglida qilayotgan ishidan iftixor tuyayotgan edi. 

Hamidxon juda kambag’al oilada tug’ildi. Ular uch aka-uka edilar. U o’rtancha o’g’il edi. Akasi va ukasi novcha, kuchli, ammo u 

semiz va zaif edi. Otasi xuddi xo’roz urishtirgan kabi ularni doim kurashga tushirardi. U akasidan ham, ukasidan juda oson yyengilar 

edi. Ular uni gursillatib yiqitib, ustiga minib olishar va “bir qop qum, gum-gum-gum!” deb mazax qilishar edi. U har qancha kurash 

tushishdan qochsa ham, otasi baribir uni chaqirar va yiqilganda uning ustidan kulardi. Keyin; 

-San hech odam bo’lmaysan, akangga qara, yoki ukangdan o’rgansang o’lasanmi?-derdi. 

U otasini yomon ko’rardi. Shuning uchun onasining pinjiga tiqilardi. Maktabda ham darslari yaxshi emas edi. U semiz va lo’ppi 

bo’lgani, yuzlari xuddi qizlarnikidek tiniq va silliq bo’lgani uchun bolalar uni burchakka tortib o’pishar, “Hamida, Hamida…” deb 

mazax qilishar edi. Buning ustiga ismiga qo’shilgan “xon” qo’shimchasi ham bolalarga qo’l kelar va ular “Xon, bitta o’pich 

bermaysanmi?” deb uning ustidan kulishar edi. Maktabda u o’zi bilmagan holda qizlarga yaqin yuradigan bo’lib qoldi. Uyda esa 

onasining yonidan siljimas edi. Bir kuni otasi va onasining janjalini eshitib qoldi: 

-San bu xunasani buncha o’zingga yaqinlashtirma! Borgan sari qiz bola bo’lib ketmoqda,-dedi otasi. 

-Unaqa demang, nima, bolamni ko’kragidan itaramanmi?-e’tiroz bildirdi onasi. 

-San kallasini yegan ayolga men nima deyapman? Bu bolani kelajagini o’ylaysanmi, yo’qmi? Men uni kurashga o’rgatib odam 

qilmoqchiman. Ana maktabda ham o’qishlari rasvo emish. Hamma uni “xunasa” deb chaqiradigan bo’pti… 

-Siz shunday degandan keyin, ular nima qilishsin… 

-Chanangni yopasanmi yo’qmi? Hozir bir tepaman, ham mandan yeysan, ham devordan… Agar bundan keyin uning yoningga 


tiqilganini ko’rsam o’pkangni uzib olaman! 

-Nima, meni bolamdan ayirmoqchimisiz?-onasi garchi otasining avzoyini bilib turgan bo’lsa ham tilini tiyolmadi. 

Otasi onasini do’pposlay ketdi. Hamidxon chinqirgancha kelib, onasiga yopishgan edi, otasi unga mushtini o’xtadi. Otasining 

mushtidan saqlash uchun onasi uni zarb bilan bir tomonga itarib yubordi. 

Hamidxonning onasidan ham ko’ngli qoldi. Shundan keyin maktabdan kelishi bilan hovlining to’ridagi daraxtlar tagiga borib 

o’tiradigan bo’ldi. Tashqariga chiqsa bolalar, uyga kirsa otasi, aka-ukasi, onasi… Xullas, u ichidan gurillab chiqayotgan nafrat 

girdobida qoldi. Kundan kunga ana shu nafrat girdobi uni yutib ketaverdi. 

Maktabni bir amallab bitirdi, hech qayerga o’qishga kira olmadi. Bir kuni otasi uni yoniga chaqirdi: 

-Sani uylantirib qo’ymoqchimiz, yaxshi joydan qiz topdik, otasi ijroqo’mning raisi, baxting bor ekan, o’zlari sani o’qitib, o’zlari ishga 

joylab qo’ymoqchi. Rasulbek akaning qizi, tanisang kerak, sendan bir yil oldin makatbni bitirgan… 

Hamidxon hech narsa deya olmadi. Ammo Nozimani biladi. Maktabda ovozasi chiqqan qiz edi. O’g’il bolalar uni doim o’rtaga olib, 

ezishgani ezishgan edi. Bir marta uni maktabning omborxonasida bir bola bilan ushlab ham olishgandi… 

Hamidxon otasidan juda qo’rqardi, qarshilik qila olmadi. Onasining yoniga borgandi u ham “Shu qizga uylanasan, bunaqa oiladan 

qiz olish har kimga nasib bo’lmaydi” dedi. 

To’ydan keyin u uyiga qaytmadi. Chunki ichkuyov bo’lgandi. Bir tomondan oilasidan qutulganiga xursand edi. Ikkinchi tomondan 

qaynotasi uni darhol Toshkentga Yuridik fakultetga sirtdan o’qishga joylab qo’ydi va shahar prokuraturasida tergovchiga yordamchi 

qilib ishga joyladi. Uning vujudi nafratga to’lgani, ko’ngli qora bulutlar bilan qoplangani ish berdi. Buning ustiga qo’liga tushgan 

odamlar akasi yoki ukasi, sinfdoshlari kabi qarshilik qilmasdi. Istasa so’kadi, istasa uradi, istasa tahqirlaydi. Bu ishidan huzur 

qilardi. Tag’in tergovchi ham, prokuror ham uning aytganini bajarishardi. U biror narsani qanday yozish kerak deb so’rasa bas, 

ularning o’zlari darhol yozib berishardi. Uni har kuni birgalikda restoranlarga, ziyofatlarga olib borishardi. Universitetga kerakli 

yozuv-chizuvlarni ham ular bajarib, hatto birgasiga Toshkentga borib kelishardi. Shu bahonada prokuror uning qaynotasi bilan aka-

ukadek bo’lib qolgandi. Tuman prokurori uchun viloyat hokimining birinchi o’rinbosari bilan yaqin bo’lish katta gap edida. 

Qolaversa, huquq tartibot sohasini u nazorat qilardi. Bu ishga o’tgandan beri ham baribir odamlar uni oldingi vazifasi bilan atab 

“ijroqo’m raisi” deyishardi. Uning bor-yo’g’i bitta farzandi bo’lgani uchun ham Hamidxonni ichkuyov qilib olgandi. Har turli gap 

chiqmasin deb qizini nazoratda saqlab turish ham ko’nglida bor edi. Chunki uning oyoq olishi yaxshi emasligi quloqdan quloqqa 

o’tib, unga qadar yetib kelgandi. Nima bo’lganda ham bu xonadon Hamidxonga begonalik qilmadi. 

Hamidxon diplomini olishi bilan qaynotasi uni MXXga ishga o’tqazib qo’ydi. Bir kuni qaynotasi: 

-Kecha Islom akam bilan gaplashdim, menga viloyat hokimligini taklif qildilar, ammo men u kishiga sizni tavsiya qildim, sodiq 

o’g’lingiz kabi xizmat qiladi,-deb aytdim.”Mard odam ekansiz, hamma ham kuyovini o’ylayvermaydi. Bir kun yuborsangiz gaplashib 

ko’raman. Ammo oldin biroz o’zini ko’rsatsin” dedilar. Men rahbaringizga ham aytdim. U yordam beradi,-dedi. 

Rasulbek Islom Karimovning qaynotasi bilan yaqin edi. Birga choy ichib, birga dam olishga bormasalar bo’lmaydigan darajada do’st 

edilar. U Tatyanani ham bolaligidan beri biladi. Tatyana Rasulbekni “Dyadya” deganda uning qulog’iga “Dada” deb eshitilgandek 

bo’lardi. 

Islom Karimov bilan ham uzoq yillardan beri tanishligi bor. Karimov Davlat planlashtirish idorasida ishlaganida uning 

Toshkentning “Svetlana” degan joyida, partiya maktabining shunday qarshisidagi uyiga tez-tez borib turardi. Viloyatga nima kerak 

bo’lsa, hamma ishini u orqali bitirardi, ba’zan Moskvadan o’ndiriladigan narsalar uchun ham Karimovni oraga qo’yishardi. 

O’zbekistonni Gdlyanchilar bosganda ular Rasulbekni tergovga chaqirishdi. Shunda Karimov oraga tushib Rasulbekni 

Markazqo’mga yangi ishga kelgan ikkinchi kotib Anishchev bilan tanishtirdi. Rasulbek Anishchevga ham yoqib qoldi. Yumshoq, 

doim tabassum qilib turadigan, juda kam gap, hamma ishni imi-jimida bitiradigan bu odam Gdlyanning ham ishonchli vakili bo’ldi. 


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling