Jaliklar uchun suvdan foydalanish rejasini tuzish zaruriyati
Suvdan foydalanish rejalarini tuzish zaruriyati, maqsadi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
aOAsd4WDPPJkmdszAuN0mk3nrBwQSVgPHDwVJNZH
18.2 Suvdan foydalanish rejalarini tuzish zaruriyati, maqsadi,
vazifalari, usullari Suv iste’molchilari va irrigatsiya tizimlari uchun tuziladigan suvdan foydalanish rejalari o’zaro bir-biriga bog’liq holda uyg’unlashtirib tuziladi. Tizimlardagi suv sarfini boshqarish tizim suv bilan ta’mingan ekin maydonlaridan yuqori va barqaror hosil olishni ta’minlash bilan birga, tizimni maqbul ishchi holatda saqlash uchun bajariladigan ishlar va ularni amalga oshirish rejalari bilan bog’lagan holda olib borilishi kerak bo’ladi va suvdan foydalanish rejasini ishlab chiqarishda qo’llanishi ishlab chiqarish yo’nalishini belgilaydi. Suvdan foydalanish rejasini tuzish O’zbekistonning sug’oriladigan maydonlarida dastlab 1927-1929 yillarda N.A.Yanishevskiy (surat) tomonidan ishlab chiqilgan. N.A.YAnishevskiy X.A.Axmedov dots.R.X.Bazarov prof.B.S.Serikbaev prof.P.B.Arakelov prof.F.A.Baraev Keyinchalik 1938 yili I.A.SHarov va 1950yillarda prof. X.A.Axmedov (surat) tomonidan mukammallashtirilgan. 1949 yilgacha suvdan foydalanish rejasi faqat xo’jaliklararo tarmoqlardagina tuzilgan. 1949 yildan so’ng to hozirgacha suvdan foydalanish rejasi suv iste’molchi xo’jaliklar va xo’jaliklararo tizimlar uchun ham tuzib kelinmoqda. Suvdan foydalanish rejalarining nazariy asoslarini takomillashtirishda va amalga oshirishda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti olimlaridan dots. R.X.Bazarov,(surat) prof. P.B.Arakelov (surat), prof. B.S. Serikbaev (surat) va prof.F.A.Baraev (surat) o’z qimmatli xissalarini qo’shganlar. Amalda suvdan foydalanish rejasining mohiyati shundan iboratki unda, har bir suvdan foydalanuvchi xo’jalikni suvga bo’lgan ehtiyojini aniqlagan holda bu talablarni bajarish maqsadida rejalashtirilgan suv sarfini sug’orish manbaidan olib, sug’orish tizimi orqali suvni iste’molchilarga o’z vaqtida yetkazib berishdir. Suvdan foydalanish rejasi ikki bosqichda tuziladi. Birinchi bosqichda suvdan foydalanuvchi xo’jaliklar uchun xo’jalik ichki suvdan foydalanish rejasi tuziladi. Bunda xo’jalikka olinadigan suvni hajmi, muddatlari tartibi va sug’orish jarayonini tashkil etish ishlari nazarda tutiladi. Ikkinchi bosqichda esa xo’jalik ichki suvdan foydalanish rejalariga asosan xo’jaliklararo ariqlar uchun suvdan foydalanish rejasi tuziladi. Bu tartibda tuzilgan suvdan foydalanish rejasida xo’jaliklarga ortiqcha suvni berilishini, suvni ariq o’zanlarida yo’qolishi va tashlamalar orqali isrof bo’lishini oldi olinadi. Shuning bilan birga ekinlarni sug’orish va undan keyingi agrotexnik ishlov berish muddatlari o’zaro muvofiqlashtiriladi. 1-usul: .Qishloq xo’jalik ekinlarining sug’orish tartibiga asoslangan suvdan foydalanish rejasini tuzish. Bu usulda suvdan foydalanish rejasini tuzish uchun qo’yidagi dastlabki xujjatlar kerak bo’ladi: Suvdan foydalanuvchi xo’jalikni sug’orish, zah qochirish, tashlama tarmoqlari va ulardagi inshootlar, hamda ekin maydonlari ko’rsatilgan 1:10000 yoki 1:25000 miqyosdagi haritasi; Suvdan foydalanuvchi xo’jalikni plan-haritasida keltirilgan sug’orish tarmoqlari ularda inshootlar ularning texnik ko’rsatgichlari to’g’risida ma’lumotlar va ularning turi, maqsadi, o’lchamlari konasos stantsiyasi truktiv tuzilishi, materiali, suv sarfi ko’rsatgichlari, ariqlarning foydali ish koeffitsentlari . Ilmiy tekshirish inasos stantsiyasi titutlari tomonidan tavsiya etilgan va yuqori tashkilotlar tasdiqlagan qishloq xo’jalik ekinlarining sug’orish tartibi jadvali; Xo’jalik ichki tarmoqlariga ekin turlari bo’yicha biriktirilgan ekin maydonlarining qaydnomasi; Suvdan foydalanuvchi xo’jalikni ekin maydonlari tuproq meliorativ haritasi, hamda sizot suvlari va tuprogining sho’rlanganlik darajasi to’g’risidagi ma’lumotlar. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar mutasa’di tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo’lishi shart. Xo’jalik uchun tuziladigan suvdan foydalanish rejasi suv xo’jaligi va melioratsiya yo’nalishi bakalavr darajasiga ega bo’lgan shaxs tomonidan tuziladi. Suvdan foydalanish rejasida, akademik N.A.YAnishevskiy tomonidan yaratilgan quyidagi tenglama ko’llaniladi: mxω dek = Q dek x t dek , Bu yerda: m- bir martali sug’orish me’yori, kub.m/ga; t dek -dekadada sug’orishning davomiyligi, sutka; ω dek - sug’orish topshirig’ining ko’lami, gektar; Q dek – rejalashtirilgan sof suv sarfi l/s, Bundan ko’rinadiki : Q dek = mxω dek / t dek. ω dek = Ω / T xisobga olingan xolda: Q dek = mx Ω x t dek / T x t dek , yoki: Q dek = mx Ω / T , l/s. Xo’jalik uchun suvdan foydalanish rejasini tuzish tartibi: Qishloq xo’jalik ekinlarining xisobiy sug’orish tartibiga asoslangan suvdan foydalanish rejasini ishlab chiqish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi: -dastavval xisobiy dekada (10 kunlik) uchun qabul qilingan sug’orish tartibi bo’yicha qishloq xo’jalik ekinlari sug’orish gidromodullarining miqdori grafoydali ish koeffitsiyent yoki analitik usullar yordamida aniqlaniladi / /: Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling