Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet30/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

13.08.2006
Oy o’n beshi
1

Bolalikda kapalak


Quvib qancha yayradim,
Onam aytganda ertak,
Oshgan edi hayratim.

Endi dunyoga boqsam,


Yarmi qora, yarmi oq,
Ko’ksim olovda yoqsam,
Mehribon yolg’iz Olloh.

Ko’rib xushnud damimni,


Havas qilgan do’stlar ko’p,
O’lchab har qadamimni,
Hasad qilgan ko’zlar ko’p.

Ko’kka yetganda boshim,


Oy ham qo’ydi olqishlab,
Qoqilsam o’z qondoshim
Sekin ketdi, olislab.

Kechagi do’st bugun yov,


Bilmam, u kim ertaga,
Har damim ming bir sinov,
Boshim garov o’rtada.

Egnimda eski to’nim,


Kulib o’tdi bir kunim,
Qo’ynimda zar, oltinim,
Kuyib o’tdi bir kunim.

Quloq tutib qalbimga,


Bir oh tortib og’rindim,
Yig’layverib qadrimga,
Men onamni sog’indim


2

Oy o’n beshi qorong’u,


O’n beshi sochar yog’du,
Yarmi zavq, yarmi qayg’u,
Hayot degani shunday,
Qalqib turgan ustunday.

Kun qolganda nokasga,


Arzimasmiz bir xasga,
Kimlar tutar guldasta,
Hayot degani shunday,
Ham yolg’onu ham chinday.

Yo’l boshida ko’k maysa,


Gurbatlari ko’paysa,
Oxiri bir cho’p hassa,
Hayot degani shunday,
Bitta ertak uzunday.

Yaxshi-yomon izma-iz,


Orzu-armon yuzma-yuz,
Bahoru yoz, yana kuz,
Hayot degani shunday,
Sanab ko’rsam besh kunday.

Ota-ona qazo qilganda


Bu dunyoda oqibat qayda,


Mehr jomi, soqiy ayt qayda,
Ko’ngilning oh, nolasi nayda,
Ota-ona qazo qilganda.

O’tmay qolar sho’x o’yining ham,


Hisoblidir har tiyining ham,
Yettiyotday og’a-ining ham,
Ota-ona qazo qilganda.

Tug’ishganing to’ni teskari,


Qo’l tegizsang to’kilar zari,
O’tib-qaytish to’rt ko’cha nari,
Ota-ona qazo qilganda.

Og’rib qolsang og’ritmaslar bosh,


Tomoshabin qondosh, qarindosh,
Inkor qilar bir-birin ko’z, qosh,
Ota-ona qazo qilganda.

Xola, amma biram ajoyib,


Shiringina qo’yishar koyib,
O’shalar ham birma-bir g’oyib,
Ota-ona qazo qilganda.

Dil to’lib, dard aytaring yo’qdir,


Duo olib qaytaring yo’qdir,
Eshik poylar paytlaring yo’qdir,
Ota-ona qazo qilganda.

O’nta bolang joyini tutmas,


Bitta rayhon choyini tutmas,
Seni hech kim, hech yerda kutmas,
Ota-ona qazo qilganda.

Jalil Rahmat, o’yga tolasan,


Bor darding she’r, kuyga solasan,
O’z hovlingda sig’may qolasan,
Ota-ona qazo qilganda.

Bezovta qush


Ko’klamda ko’k yaproqni uzib, kekkaygandayman,


Kech kuz xazonrez bog’ni kezib, keksaygandayman,
Yolg’iz xudoga ayon, o’z yo’limda qandayman,
Sahar chog’i otajon, men sizni tushda ko’rdim,
Derazamga urilgan bezovta qushday ko’rdim.

Manzil sari shosharman, bilmay savob-gunohni,


Bosib yanchdim, jilmayib turgan mitti giyohni,
Bitta nuqtaga qadab, nursizgina nigohni,
Sahar chog’i otajon, men sizni tushda ko’rdim,
Derazamga urilgan bezovta qushday ko’rdim.

Qulog’imga chalindi siniqqina sasingiz,


Dimog’imga urildi issiq, xush nafasingiz,
Uyg’onsam, o’ychan boqib, turar o’sha rasmingiz,
Sahar chog’i otajon, men sizni tushda ko’rdim,
Derazamga urilgan bezovta qushday ko’rdim.

Mayda yomg’ir tomchilab, chertib qo’yar oynamni,


Mayin yel sochim silab, eslatadi onamni,
Duoingiz durlari bezar g’arib xonamni,
Sahar chog’i otajon, men sizni tushda ko’rdim,
Derazamga urilgan bezovta qushday ko’rdim.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling