Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet7/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

04.04.2008.

O`rgatib qo`ymang


Muhabbat darsini o`tab bo`lganman,
Yor kuyida yonib, tutab bo`lganman,
To`zonlarda to`zg`ib, tugab bo`lganman,
Meni o`zingizga o`rgatib qo`ymang.

Menga sevib qolmoq qiyin ish emas,


Ishqim ham shunchaki oddiy ishq emas,
Yoshim bo`lsa bordir, ko`ngil qirq emas,
Meni o`zingizga o`rgatib qo`ymang.

Jimgina jilmayib boqishingiz bor,


Indamay iymanib yoqishingiz bor,
Bo`yningizda bir juft oqqushingiz bor,
O`sha oqqushlarga o`rgatib qo`ymang.

Oyning o`rog`iga qalbimni osdim,


Gulning yonog`iga labimni bosdim,
Sizga yolg`on bo`lsa, Rabbimga rostim,
Meni o`zingizga o`rgatib qo`ymang.

Jalil Rahmat quldir qo`rg`oningizda,


Arziydi aylansam armoningizga,
O`rgansam, o`t ketar o`rmoningizga,
Meni o`zingizga o`rgatib qo`ymang.

Dilda dardim ozmidi yo


Dilda dardim ozmidi yo, siz ham menga dard qo`shasiz,


Izlaganim go`zal dunyo, ko`zlaganim, siz o`shasiz.

Ko`zlarimga kelmas uyqu, kechikdi ishq degan tuyg`u,


Firog`ingiz kuydirdi-ku, qalbimda qaynab, jo`shasiz.

Zulfga qadab atirgulni, tarab muanbar kokilni,


Uzib bir parcha ko`ngilni, gulzoru chorbog` oshasiz.

Alamdan kuydim otashda, yurak xasta, vujud xasta,


Jalil Rahmat tog`u dashtda, gulim, siz qay og`ushdasiz.

Ko`ngil yetim


Ko`ngil yetim, muhabbat yetim,


Vafo nomin bitgan bayt yetim,
Qaysni izlab sahroga yetdim,
Kechib ishqning gulbog`laridan.

Kuzatdilar gullar jilmayib,


Bulbullar jim qoldi iymanib,
Olov oldi ko`ksim qiynalib,
Kuydirguvchi dil dog`laridan.

G`animlarim qilib tantana,


Ortimdan tosh otdilar yana,
Qumtepada qurib boshpana,
Qutuldim qarg`a, zog`laridan.

Qilmishimdan qidirib qirq ayb,


Biri mamnun, biri darg`azab,
Men bilgan bu dunyo voajab,
Jinnilari ko`p sog`laridan.

Bevafolar yayrasin endi,


Meni eslab bir Majnun tengi,
Muhabbatim, bizni kim yengdi,
Umrning so`l so`qmoqlarida.

* * *

Ishq bahrida suzib, nimani topdim,
Omonat oqar bir kemani topdim,
Shirin azob, achchiq ginani topdim,
Suyib qancha lobar, lolayuzlarni.

Tiz cho’kib, qirdagi lolani o’pdim,


Yonog’ida qalqqan jolani o’pdim,
Yor sochidan tushgan tolani o’pdim,
Kuygan yuragimga bosib muzlarni.

Oqibat, sochimga oralab oqlar,


Yelkam uzra cho’kdi zalvorli tog’lar,
Men ishonib yurgan, u ko’rkam bog’lar,
Ko’z-ko’z qilib qo’ydi hazin kuzlarni.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling