Hayotjon Abdullayev yomg‘irga aylansam…


Download 0.61 Mb.
bet1/14
Sana09.12.2021
Hajmi0.61 Mb.
#179443
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
she'riy to'plam lotin


Hayotjon Abdullayev

YOMG‘IRGA AYLANSAM…
Qaniydi yomg‘irga aylansam zumga,

Tongda yuzlaringdan o‘pib olardim.

Yoki aylansaydim bir xovuch qumga,

Yursang oyog‘ingdan quchib olardim.


Mitti va beozor qaldirg‘och bo‘lsam,

Ko‘ngling ayvoniga uyim solardim.

Sen mone bo‘lmasang kuzda, qishda ham,

Shu uyda bir umr yashab qolardim.


Kuy desang, kuy bo‘lsam senga orombaxsh,

Qulog‘ing ostidan ketmasa sasim.

Tongda kokilingni yoysang, parivash,

Men bo‘lsam ularni silovchi nasim.


Uxlasang tush bo‘lsam senga tun bo‘yi,

Uyg‘onsang tegrangda aylansam gir, gir.

Deyishar chin bo‘lar ushshoqlar o‘yi,

Balki chin bo‘larsan, peshona, taqdir.


Qaniydi yomg‘irga aylansam zumga,

Tuganmas ishq bo‘lib, senga yog‘ardim.

* * *

Ma’yus tortib qolaman birdan.



Har-xil o‘ylar ezadi dilim.

Ko‘kka boqib, yer tizib zimdan.

O‘zimga tushunmay qolaman o‘zim.
Ko‘nglimni ko‘tarib bir kulay desam,

Ichim sevinmaydi, kulsa ham yuzim.

Hayot ro‘yo ekan endi men bilsam,

Yaratgan bersin-a hammaga to‘zim.


Otam, onam og‘rinib so‘rar,

Bolam, senga nima bo‘lyapti.

Og‘ir boshim yana ne ko‘rar,

Onaginam, ishqim o‘lyapti.


Endi men na qilay, nimalar qoldi,

Dardim to‘kib soldim oppoq qog‘ozga.

Kuyunchak yuragim hasratdan toldi,

Umrim o‘xshab qoldi, fasli ayozga.


Uzun kunlar o‘tdi, oy yillar o‘tdi,

Jo‘shqinlik bermadim sira ovozga.

Meni kimlar kutdi, yana kim yutdi,

Orzular quladi chiqmay parvozga.


Tubi yo‘q ummonga g‘arq bo‘ldi umid,

Jarlikka ag‘anab tushdiku yurak.

Hayot daryosida baliqmizmi yo,

Sayyod qarmog‘ida jonsarak xo‘rak.





Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling