Hayotjon Abdullayev yomg‘irga aylansam…


Download 0.61 Mb.
bet3/14
Sana09.12.2021
Hajmi0.61 Mb.
#179443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
she'riy to'plam lotin

SEVAMAN DESAYDING.
Bosbimni egdi ishq zolvori,

Bir bora g‘amimni yesayding.

Kuydirib o‘zga yor qatori,

Bir bora sevaman desayding.


Ko‘zimga qorong‘u bu dunyo,

O‘zligim yo‘qolgandek go‘yo.

Yolg‘ondan sen tashlab bir qiyo,

Bir bora sevaman desayding.


Hol so‘rab kelmaysan yonimga,

Tashnalar bo‘ldim-a qonimga.

Oh! rahmim keladi jonimga,

Bir bora sevaman desayding.


Sen deydi hayotim, hayolim,

Yuragim dardini bilsayding.

Eh! faqat bor bitta armonim,

Bir bora sevaman desayding.



VATAN QADRI.
Vatan deb bong ursa sergab maddohlar,

Ona yurt qadrini ko‘p bilar demang.

U qancha vaz o’qib, ursa ham ohlar,

Chin dildan kuyunib, oh urar demang.


Go‘zallik izlagan keksa musavvir,

Tegrasidan afzal joyni topolmas.

Tasvirlanar o‘choq va qiyshiq tandir,

Misr ehromlari undan a’lomas.


Anvoyi gullagan chamanzorlardan,

Tuyaga cho‘ldagi yantog‘i totli.

Ketolmagay bulbul tikanzorlardan,

Hayotni o‘rgatgan butog‘i totli.


Bolalar tilidan chiqqan assalom,

Almashib bo‘lmaydi, "hello", "bonju"ga.

O‘zbek degan kichik, lek mag‘rur kalom,

O‘rnashmog‘i lozim yurakda to‘rga.


Har bir el o‘zini buyuk sanaydi,

Har kimga azizdir asl makoni.

Yurtimning bag‘tida xalqim quvnaydi,

Jannatga mengzaydi. O‘zbekistonni.




QIRQKOKIL.
Baland tog‘lar ortida,

Qirq kokilli bir qiz bor.

Yuragimning ostida,

Undan qolgan bir iz bor.


Sevgim keksaydimi yo?

Beldan ketib darmoni.

Qirq kokilli qiz ko‘rsam,

O‘rtar yillar armoni.


Yoshlikda to‘lib toshdim,

Yillar ayro soldi-da.

Hozir o‘ttizdan oshdim.

U hamon o‘n oltida.


Bola-chaqa, ish, tashvish,

Ro‘zg‘or yoqamdan tutdi.

Kechirganim go‘yo tush,

Sarobday uchdi, ketdi.


To‘g‘ tomonga qarasam,

Uning aksin axtarib.

Tunlar oydan so‘rasam,

U ham ketar bo‘zarib.


Kechalar bag‘rin tig‘lab,

Ko‘z yoshin artarmikan.

Hech yo‘q nomimni eslab,

Moziyga qaytarmikan.


Menda endi chora yo‘q,

O‘zimni yupataman.

O‘g‘lim qizini topsin,

Men tog‘ni ko‘rsataman.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling