Hayotjon Abdullayev yomg‘irga aylansam…


Download 0.61 Mb.
bet2/14
Sana09.12.2021
Hajmi0.61 Mb.
#179443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
she'riy to'plam lotin

QO‘SHNI QIZ.
Xo‘rozlarning baland qichqirig‘idan.

Tushlar o‘chib ketar, ketadi uyqu.

Quyosh nishin sanchar ko‘zning qiridan,

Hovlida ish qaynar, har kungi mavzu.


Uyalib, iymanib ochilar ko‘zlar,

Kechagi ortiqcha og‘ritar boshni.

Narida mitti qush chalqancha o‘ynar,

Go‘yoki ko‘tarib turar osmonni.


Takrorlanar o‘sha eski hodisa,

Ko‘chada qoshni qiz otlanar ishga.

Itim uni tanib, menga vov desa,

Darrov shaylanaman uni ko‘rishga.


Tilimdan sirg‘alib chiqay deydi so‘z,

Ammo aytolmayman izhorlarimni.

Menga yor bo‘lganda anashu gulyuz,

O‘zi o‘qib olar ash’orlarimni.

* * *

Jonim yuragimni teshdi nigohing,



Ayriliq o‘tida qovrildi vujud.

O‘zing ayt ne edi mening gunohim,

Ishqim osmonini qopladi bulut.
Shirakayf ko‘nglimga malham maymidi?

Yo og‘riq, dardimga darmon naymidi.

Qay tomonga boray, manzil qay edi?

Go‘yo bo‘lib qoldim qanotsiz burgut.


Shum taqdir qo‘lida o‘yinchoq bo‘ldim,

Ko‘nglim-la urushib qirpichoq bo‘ldim.

Sen olov yoqding-u, men o‘choq bo‘ldim,

Kuyuklar davosi jimjitlik, sukut.


Jilg‘alar so‘zimga quloq solmaydi,

Maysalarga dardim aytsam bilmaydi.

Tilim yuragimga ayta olmaydi,

Bevafo yoringni unutgin, unut.



VAQT.
Vaqt bir mashinadir, olg‘a bosuvchi,

Rolini orqaga burib bo‘lmaydi.

Udir shoshqaloqdan ko‘proq shoshuovchi,

Majburlab yo‘lini to‘sib bo‘lmaydi.


Dengiz qirg‘og‘ida o‘tirgan sayyod,

Uni vaqt bilan hech ishi bo‘lmaydi.

Kechgacha chelagi to‘lsa ham hayhot,

Uning o‘ljasidan ko‘ngli to‘lmaydi.


Nima deb so‘rasang vaqtni boladan,

Oddiy soat deydi, beparvo o‘ynab.

Shu savolni bersang qari cholga ham,

Mana der, oqargan soqolin silab.


Har kimning o‘zini umr jomi bor,

Kimdir tez ichadi, kimdir tomchilab.

Qancha kuz o‘tadi va qancha bahor,

Boyagi bola ham soqolin silar.


Vaqt bir mashinadir, olg‘a bosuvchi,

Rolini orqaga burib bo‘lmaydi.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling