Hayotjon Abdullayev yomg‘irga aylansam…


Download 0.61 Mb.
bet7/14
Sana09.12.2021
Hajmi0.61 Mb.
#179443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
she'riy to'plam lotin

OSHIQ YIGIT TILIDAN.
Hayolimda o‘zingsan,

Hayotimda yo‘q nishon.

Senga bo‘lgan sevgimdan,

Kecholmagayman ishon.


Otang to‘ssa ham yo‘lim,

Onang tirasa oyoq.

Senga talpinar ko‘nglim,

Yesam ham tepki, tayoq.


Oshig‘ing faqat men deb,

Borsam uying yoniga.

Tong otguncha xuritib,

Tegsam iting joniga.


Qo‘shnilaring meni ho‘p,

Yomonlashibdi qara.

Emishki qizlarim ko‘p,

Yurak bo‘ldiku pora.


Qizlar yotar qalashib,

Ishon seni deganman.

O‘nta bilan gaplashib,

Bitta seni sevganman.


Itingga tanitib qo‘y,

Kechga tomon boraman.

Ikkimizga qilsin to‘y,

Otang ko‘nglin olaman.


Onangga oq ro‘mol bor,

Otangga yangi do‘ppi.

Akangga bir darsro‘mol,

Opangga paypoq lo‘ppi.


Xullas jonim tayyor tur,

To‘y tez kunda bo‘ladi.

Qolganiga men kafil,

Tag‘in Xudo biladi.

***

Koyib rosa o‘zimni,



Hijron zahmin totganman.

Kuygan, yoniq ko‘ksimni,

Zahga berib yotganman.
Metn ko‘nglim sindirding,

Sho‘rva to‘kib sho‘rimga.

Zo‘r sevgimni o‘ldirding,

Tuproq tortma go‘riga.


Sendan kutib vafoni,

Qancha qildim qanoat.

Ayamading jafoni,

To‘kildi sabr-u toqat.


Endi qurib bo‘lmaydi,

Ko‘nglimni koshonasin.

Muhabbatim silaydi,

O‘sha sho‘r peshonasin.


Goho sim-u zar kabi,

Topilmas mahzan ekan.

Goho og‘ir dard kabi,

Muhabbat dushman ekan.


So‘z aytib senga janon,

Behuda gap sotibman.

Yongan bag‘rimni hamon,

Muzga berib yotibman.


Sen bil ko‘ngil matomas,

Yuvsa ketar dog‘lari.

Aytganlarim xatomas,

Bu sevgi firoqlari.

* * *

Bordim uyiga,



Ahdin olay deb.

Hayol o‘yiga,

Sevgi solay deb.
Borimni beray,

Bir qarashiga.

Jonimdan kechay,

Noz, ishvasiga.


Agar bog‘ bo‘lsa,

Men bir bulbuli.

Agar shoh bo‘lsa,

Men qarol, quli.


Jonim bog‘lansin,

Qirq kokiliga.

Rahm aylasin,

G‘arib quliga.


Tovus misoli,

Xirom aylasa.

Men jafokashni,

Yor deb saylasa.


Qurboni bo‘lay,

O‘shal sanamni.

Madhini kuylay,

Qo‘ymay qalamni.


Soldi ko‘yiga,

Qaddi sanobar.

Daryo suviga,

Ashkim barobar.


Bo‘ynimga tushdi,

Ishqning arqoni.

Visol, yo qatl,

Bilmam arkoni.


Ne bo‘lsa bo‘ldi,

Tutildim ishqqa.

Hayot boyladi,

Shirin tashvishga.


O‘ZBEK AYOLI.
Tandirning taftidan yanoqlarda gul,

Go‘yo kattalashgan no‘xotdek xoli.

Shu ish takrorlanar kunda, kunora,

O‘zbek ayoli-da, o‘zbek ayoli.


Uyida uymalab, gap-gashtak qolar,

Tahmondan jilmaydi yangi ro‘moli.

Sandiqda chiriydi qancha sarpolar,

O‘zbek ayoli-da, o‘zbek ayoli.


Ish izlab charchagan er uyga qaytsa,

Go‘yo shikorining kelmay barori.

Ertaga bo‘pqolar, tasalli aytar,

O‘zbek ayoli bu, o‘zbek ayoli.


Har kunda o‘zini ming ishga ursa,

Ro‘zg‘orning tayanchi, kuchi, bardoshi.

Bu qanday texnika? deb yapon so‘rsa,

Ko‘zingni katta och! o‘zbek ayoli.


O‘zini o‘ylamas aqal bir bora,

Hayoldan ketmaydi farzand kamoli.

Goh uyda, goh ishda joni ovvora,

O‘zbek ayoli bu, o‘zbek ayoli.


Jo‘rtaga arazlab picha koyidi,

Jig‘iga tekkanda injiqroq choli.

Bo‘ldi enamnikiga ketaman deydi,

O‘zbek ayoli-da, o‘zbek ayoli.


Hayot bardoshiga berib qo‘ydi tan,

Shahdiga teng emas Qo‘qon shamoli.

Dunyo bozorida topilmas mahzan,

O‘zbek ayoli bu, o‘zbek ayoli.


DO‘STIM.
O‘tirsang gar shohsupada, poyingda,

Bayramingda, shodligingda yoningda.

Ular sherik shavkatingga, shoningga,

Yolg‘on do‘stlik deganlari shul, do‘stim.

Chin oshnoni tashvishingda bil, do‘stim.
So‘zlaridan anglolmaysan niyatin,

Chehrasidan payqolmaysan siyratin.

Taqdirlaysan ko‘kka qo‘yib hurmatin,

Ikki yuzlik deganlari shul, do‘stim.

Chin oshnoni o‘g‘ir kunda bil, do‘stim.
Sodiq do‘stlar seni tanho qo‘ymagay,

Izza qilib, bag‘ring tig‘siz so‘ymagay.

Hafa qilsang dildan gina tuymagay,

Asl do‘stlik deganlari shul, do‘stim.

Har dam uni sen yoningda, bil do‘stim.
Yolg‘onchilar siring sotar yotlarga,

Sherik qilar bo‘xtonu, fasotlarga.

Qo‘ling cho‘zma shayton sifat zotlarga,

Yaxshi degin, yaxshi amal qil, do‘stim.

Nokas kim-u, kas kimligin bil, do‘stim.
Moling ketsa, tashlab ketar barnolar.

Ko‘rinmaydi sen siylagan oshnolar.

Ular asli boshingdagi balolar,

Chin do‘sting bor, shunga shukr qil, do‘stim.

Sen ham unga munosib do‘st bo‘l, do‘stim.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling