Hayotjon Abdullayev yomgirga aylansam…
Download 0.61 Mb.
|
she'riy to'plam lotin
BIR QIZ SUYMABMAN.
Birdan ortga nazarim tashlab, Oylab ko’rsam, dardim bilmabman. She’r yozibman boshimni qashlab, Yozibman-u, bir qiz suymabman. Maftun qildi meni bu dunyo, Boshqasiga parvo qilmabman. Ishq degani sarob deb goyo, Oylabman-u, bir qiz suymabman. Yigirmadan otsa ham yoshim, Men bolaman, katta bolmabman. Yo yetmadi ishqqa bardoshim, Qorqibmanmi? Bir qiz suymabman. Sochimga oq oraladi sal, Muhabbatla koksim tilmabman. Go‘zallarga yozib she’r, gazal, Kuylabman-u, bir qiz suymabman. Yolgon ekan bor bitganlarim, Sof tuygu deb ozim tuymabman. Farishtami? men kutganlarim, Kutibman-u, bir qiz suymabman. Shamollarga sochilib hayol, She’r yozibman sira toymabman. Chorak asr ketdimi zavol, Yashabman-u, bir qiz suymabman. Ba‘zi qizlar kongilga toqsa, Andisha-la ismin sormabman. Qoshni qizlar gar kulib boqsa, Kulibman-u, birin suymabman. * * * Chiqb qolsam uychamdan, Bir qiz otdi kochamdan. Ertakdagi go‘zaldan, Gozalroqdir ming chandon.
Labida gilosi bor . Bu ichikkan kongilni, Sanamga ixlosi bor. Sochlari biram mayin, Chiroy ochar kun sayin. Bu turishda suluvni, Sevib qolmogim tayin. Makonim koshonamas, Yashashim shohonamas. Muhabbatim chin erur, Aytganim bahonamas. Menga boqsa qaniydi, Ichim yoqsa qaniydi. Bugun ismin sorayman, Ammam uni taniydi. Yana chiqdim uychamdan, Yana otdi kochamdan. Uyimda gulzorim bor, Uzib beray gunchamdan Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling