Hayotjon Abdullayev yomg‘irga aylansam…


Download 0.61 Mb.
bet8/14
Sana09.12.2021
Hajmi0.61 Mb.
#179443
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
she'riy to'plam lotin






DUNYO.
Zulmat ichra horg‘in porlagan umid,

Gullarda yastanib yotgan iztirob.

Ikkisining o‘rni almashgan go‘yo,

Ular yot makonda bo‘lishar xarob.


Olam yaxshilar-u, yomonga to‘la,

Ular o‘rtasida jang bo‘lar mudom.

Oniy lahzalarda yomonlik ustun,

Ammo yaxshilikning umri bardavom.


Hayot va hayolot monand emas hech,

Bir-birini ko‘p bor qiladi inkor.

Qilgan ayblarin tan ololmas til,

So‘zida aytolmas dilida iqror.


Azal shunday chappa dunyo ishlari,

Sog‘inganing kelmas sen kutganingda,

Peshonangdan chiqar eski dushmaning,

Sen ularni bazo‘r unutganingda.


Bu hayot yo‘llari labirintdek gap,

Har inson hayoti shuning ichidir.

Nodon yo‘l axtarar nochor jovdirab,

To‘g‘ri yo‘l topmoqlik dono ishidir.


QALDIRG‘OCH.
Har bahor uyimga kelgan qaldirg‘och,

Go‘yo qanotida baxt olib kelar.

Uning parvozidan yurakda quvonch,

Yangidan uyg‘onar shirin orzular.


insondek avaylar polaponlarin.

Voyaga yetkazar borini berib.

Uchirma qiladi jigar-jonlarin,

Qanotidan suyar bir tirgak bo‘lib.


Uning ham qalbida vatan hissi bor,

Tug‘ilgan joyiga qaytib keladi.

Ko‘klamda yurtim deb qo‘shiq-u alyor,

O‘zining tilida aytib keladi.


Menga qaldirg‘ochning inin ko‘rsatib,

Farzandim dadajon u nima deydi.

Qo‘shnimizning uyi deyman men boqib.

Qachan kelishadi va nima yeydi.


Yerdan rizqin terar huddi biz kabi,

Bahorda kelishar ko‘rasan hali.

Deydi tezroq kelsa ko‘klam va ular,

Bolalari bilan do‘st bo‘lsam qani.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling