Hayotjon Abdullayev yomg‘irga aylansam…


Download 0.61 Mb.
bet11/14
Sana09.12.2021
Hajmi0.61 Mb.
#179443
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
she'riy to'plam lotin

SALOM VA HAYR.
Salom va hayrdan iborat olam,

Salom va hayrdan iborat suhbat.

Har kuni ishlatar bu so‘zni odam,

Salom yo‘lning boshi, hayrda bekat.


Dunyo bir uy bo‘lsa, azaliy manzil.

Bunda kelguvchi ham, ketguchi ham bir.

Salom deb tug‘ilsa banda muttasil,

Vaqt kelib aytajak dunyoda hayr.


Salom deb boshlaydi oshiq izhorin,

Ma’shuqa bu onni kutadi dilgir.

Aytadi oydinda yozgan ash’orin,

Va so‘zin so‘ngida aytadi hayr.


Salomdan boshlanar suhbatning boshi,

Salomdan iborat hayotda bori.

Salomdan porlaydi sevich quyoshi,

Oxir mayus qilar hayr ozori.



* * *

Nigohing cho‘g‘ida yoqding bu jonni,

Mujgonlar nishini sanchding ayovsiz.

Nurlarga burkading muhabbatjonni,

Endi yolg‘izlatma, qo‘yma qarovsiz.
Yurak toring chertay she’rlarim ila,

Ilohiy kuy chiqsin tebranishidan.

Sen ham mening kabi ishq kuyin kuyla,

Ko‘ngillar mushtarak dil xonishidan.


Hislaring yashirma, och sirlaringni.

Dil qushin ozod et, o‘ynasin shodon.

Muhabbatni quchgin. ber qo‘llaringni,

Menga va sevgiga yor bo‘l har zamon.


Ikkimiz bir bo‘lsak, ishq bo‘g‘i yashnar.

Muhabbatdan olam to‘lar ziyoga.

Hayotga sevilmoq. sevmoq yarashar,

Axir shuning uchun keldik dunyoga.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling