Hayotjon Abdullayev yomgirga aylansam…
Download 0.61 Mb.
|
she'riy to'plam lotin
HAYOTIY FALSAFA.
Yolg‘izoyoq yoldan yurib boraman, Menga qol beradi oy-hayollarim. O‘z-ozimga soroq berib boraman, Oxiri korinmas soz, savollarim. Bilmoqni istayman olamning sirin, Hijjalab sorashga vaqtim bemalol. Men bilmagan yana nelar yashirin, Ozim javob beray, kelmaydi malol. Mavjudlik, mavhumlik ayro tushuncha, Lekin bir-birini yetaklar mudom. Dunyoda sevinchlar va alam qancha, Bularning bariga duch kelar mardum. Bir osmon ostida yashasa odam, Bir quyosh, bir oydan bahramand bolsa. Nega jang-jadalga tola har qadam, Axir bir Atodan tarqagan bolsa. Chalkash savollarning cheki korinmas, Bir-birin ustiga tushar navbatsiz. Har birin maqsadi dunyoni anglash, Olam mukammaldir, u tokis shaksiz. Insonning umrini qisqa deyishar, Yuz yil yashasa ham, yashasam deydi. Chin gap, umr degan daryoga oxshar, Otgan har daqiqa yoshlikni yeydi. Olamni batamom anglamoq uchun, Kamlik qilayotir otgan asrlar Olam kalavaga tizilgan, uzun, Kim kelsa, ozining tegishin olar. Yolgizoyoq yoldan yurib boraman, Manzilga yetguncha qancha yil otar. Yoldagi toshlarni surib boraman, Ertaga shu yoldan bolam ham otar. OQI! Oqish-bilish, tushunish, Anglash gunoh, savobni. Oqish-olga intilish, Ochmoq yangi hayotni. Oqi! usting but bolar, Oqi! qorning bolar toq. Hayotingda qut bolar. Birovdan hech kaming yoq Hamma ilm kitobda, Sen unga qoygin mehring. Shunda ilm-u odobda, Bolmagay kaming sening. Ustozlarning qolin tut, Organgin razm solib. Bir kun ustozingdan ot, Shunda sen yaxshi tolib. Fursatingni qizgonma, Kunda kitob oqishdan. Behuda ishga borma, Foyda yoq u yumushdan. Oqi! yoling ravondir, Oqi! hayoting yorug. Bugun otingni choptir, Ertaga noming ulug. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling