Jaloliddin manguberdi mohir sarkarda Mundarija kirish I bob jaloliddin Manguberdi va Temurmalik jasoratlari
Download 186 Kb.
|
Jaloliddin manguberdi mohir sarkarda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jaloliddin Manguberdi (1198-1231) jasur va mohir sarkarda.
- Manguberdi.
Texnik vositalar: multimediya, monitor, kompyuter
Yangi mavzu bayoni. Mo'g'ullarga qarshi mardonavor kurash. 1206-yilda Mo'g'ulistonda «Yakka mo'g'ul ulusi» deb atalgan davlat tashkil etildi. Bu davlatni o'z davrining mashhur sarkardasi Temuchin tashkil etgan edi. Davlat hukmdori Temuchin -Chingizxon unvoni bilan atalaboshlangan. Chingizxon o'z davri uchun qudratli lashkar tuza olgan. Endi, u dunyo hukmdori bo'lishga intilgan. Qisqa vaqt ichidajuda katta hududlarni bosib olib o'z davlatini ulkan davlatga aylantirgan. Nihoyat, uning davlati chegaralari yana bir ulkan davlat - Xorazmshohlar davlati chegaralarigacha yetib kelgan. BudavrdaXorazm-shohlar davlatining hukmdori Alouddin Muhammad edi. Chingizxonning maqsadi - Xorazmshohlar davlatini qulatish va Osiyoda tanho hukmdor bo'lib olish edi. 1219-yilda Chingizxon Xorazmshohlar davlatiga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yuborgan. Xorazmshoh sulton Alouddin Muhammad mamlakat mudofaasini tashkil etishda xatoga yo'l qo'yadi. Xorazmshohlarning har bir qal'asi dushmanga qarshi mardonavor kurashadi. Ammo qudratli Chingizxon Movarounnahr shaharlarini birin-ketin vayronaga aylantira borgan. Tez orada mamlakat poytaxti Urganch shahriga hujum boshlagan. Urganchliklar zamonasining buyuk allomasi Najmiddin Kubro boshchiligida dushmanga qattiq qarshilik ko'rsatganlar. Najmiddin Kubro mudofachilarga qarata: «Yo Vatan, yo sharafli o'lim», - deb murojaatqilgan. Shaharda ko'chajanglari yetti oy davom etgan. Oxiri, qo'lidaqurolushlashga holi qolmagan shahar mudofaachilari ilojsizlikdan taslim bo'lganlar. Urganch mudofaasida Najmiddin Kubro ham mardlarcha halok bo'lgan. Urganchni egallagan mo'g'ullar shaharga o't qo'yib yuborganlar. Natijada, uzoq yillar davomida barpo etilgan bu ko'rkam shaharda hayot to'xtagan. Jaloliddin Manguberdi (1198-1231) jasur va mohir sarkarda. Og'ir kasalga chalingan Alouddin Muhammad o'limidan oldin katta o'g'li Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi etib tayinlagan. Biroq bungacha barcha imkoniyat boy berib bo'lingan edi. Mamlakatuchun shunday og'ir sharoitda Jaloliddin bosqinchilarga qarshi kurash boshlagan. 1221-yilda Valiyon qal'asini qamal qilib turgan mo'g'ullarga hujum qilib, ularni tor-mor keltiradi. Bu mo'g'ullar ustidanqozonilgan birinchiyirikg'alabaedi. Bundan xabar topgan Chingizxon Jaloliddinga qarshi 45 ming kishilik lashkar yuboradi. Jaloliddin uni G'azna yonidagi Parvonda qarshi olgan va jangda Manguberdi. g'alaba qozongan. Tarixga «Parvonjangi» nomi bilan kirgan bu jangda Jaloliddin mo'g'ullarga qarshi barcha lashkarni otlaridan tushirib dushmanni kamondan o'qqa tutish va keyin yalpi hujumga o'tish usulini qo'llagan. Endi Chingizxonning o'zi katta qo'shingabosh bo'lib Jaloliddinga qarshi urushga otlangan. Download 186 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling