Jaloliddin manguberdi mohir sarkarda Mundarija kirish I bob jaloliddin Manguberdi va Temurmalik jasoratlari
Download 186 Kb.
|
Jaloliddin manguberdi mohir sarkarda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mangu barhayot.
- Atamalar mazmunini bilib oling! Valiyon
Hal qiluvchi jang. Jaloliddinga qarshi kurashga endi shaxsan Chingizxonning o'zi boshchilik qilgan. Bu tengsiz, beayov jangda Jaloliddinnig lashkari Sind daryosi tomon chekinadi. Bu yerda ikki tomon o'rtasida hal qiluvchi jang bo'lib o'tadi. Tarixga «Sind jangi» nomi bilan kirgan bu jang 1221 -yilning 24-26-noyabr kunlari bo'lib o'tgan.
Jaloliddin Parvon jangida... qo'lladi. » Sind jangi ... yilda bo'lib o'tdi. Jaloliddin ozchilik bilan qolgan edi. Shunga qaramay, xorazmliklar qudratli dush-man bilanjon olib,jon berib olishganlarJang taqdirini Chingizxonning pistirmaga qo'ygan saralangan lashkari hal etgan. Mag'lubiyatgauchragan Jaloliddin oz sonli jangchisi bilan daryoning narigi sohiliga suzib o'tib, cho'l ichkarisiga kirib ketadi. Chingizxon dushmani bo'lsa-da, Jaloliddinningjasoratigaqoyil qolib: «Otaga shunday jasur o'g'il lozim. U ikki girdob - olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqaoldi», degan. Sulton Jaloliddin Manguberdi yengilgan bo'lsa ham 1231-yilgacha mo'g'ullarga qarshi tinim bilmay kurashdi. U zafar quchdi, mag'lubuyat alamini tortdi, ammo mag'lub bo'lmadi. Jaloliddin Manguberdi 1231 -yilning avgust oyida Ozarbayjon hududida halok bo'ladi. Mangu barhayot. Davlatimizning mustaqilligi yillarida Sulton Jaloliddin Manguberdining mo'g'ul bosqinchilariga qarshi ko'rsatgan mislsiz jasorati, Vataniga va xalqiga sadoqati, cheksiz muhabbati yuksak qadrlandi. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan 1999-yilda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi. Jaloliddin Manguberdiga Xorazmda haykal o'rnatildi. Ko'cha va maydonlarga uning nomi berildi. 2000-yilda davlatimizning oliy harbiy mukofotlaridan biri - «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta'sis etildi. Atamalar mazmunini bilib oling! Valiyon - hozirgi Afg'oniston hududidagi qadimgi shahar. Parvon - Afg'onistondagi shaharcha. Sind - hozirgi Pokistonning shimolidan oqib o'tuvchi katta daryo. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar beriladi. 1. Chingizxon tuzgan mo 'g 'ullar davlati haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Nega Alouddin Muhammad Xorazmshoh mamlakat mudofaasini tashkil eta olmagan? 3. Jaloliddin qaysi shaharlarda mo'g'ullar ustidan g'alaba qozongan? 4. Sind daryosi bo 'yidagi jang haqida so 'zlab bering. 5. Vatanimiz mustaqilligi yillarida Jaloliddin Manguberdining xotirasini abadiy-lashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirildi? Download 186 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling