Jaloliddin Rumiy Balx


Download 81 Kb.
bet4/5
Sana18.10.2023
Hajmi81 Kb.
#1707825
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aforizmlar

Firdavsiy
Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir. * * *

Ikki do‘st turarkan yelkama-elka,


Tog‘larni ham oson aylaydi tilka.

* * *
Yomonga qo‘shilma, bo‘lursan yomon,


Qarosin yuqtirar doimo qozon

* * *


Donolar so‘ziga quloq ilmasang,
Eng nodon sendirsan - bilgil, bilmasang.

* * *


Pandu nasihatdan kim o‘girdi yuz,
Zahmati ming bo‘lur, pushaymoni - yuz.

* * *


Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,
Nodonga yondoshma, bosmasin g‘aflat.

* * *


Tajribali it barsni tutib yer,
Qochar tulkidan jang ko‘rmagan sher.

* * *


Aql ulug‘likka etadi payvand,
Aqlsizning doim oyog‘ida band.

* * *
Kimki tig‘ ko‘tarar birov joniga,


Zamon tashna bo‘lur uning qoniga.

* * *


Birovga sog‘insa har kim yomonlik,
Nihoyat ul o‘zi topmas omonlik.

* * *


To‘g‘rilikdan kelmish hamma yaxshi ot,
Egrilikdan foyda ko‘rmadi bir zot.

* * *


Qayda ravshan bo‘lsa to‘g‘rilik nuri,
Egrilik so‘nadi, quriydi sho‘ri.

* * *


Gapirmagan gaping ichingda nihon,
Har tomon yoyilar aytganing zamon.

* * *


O’zining aybini bilganda odam,
Boshqalar aybini so‘zlamasdi ham.

* * *


O’zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtanma.

* * *


O’z yovin parvarish qilgan odam xom,
Jahonda chiqarar axmoq degan nom.

* * *


Tirik qolib g‘anim bo‘lgandan shodon,
Sharaf bilan o‘lish yaxshiroq chandon.

ymon bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikanzorni yalangoyoq bosib o‘tishga to‘g‘ri kelar.

Kam ichding nima-yu, ko‘p ichding nima, farqsiz, igna ham yo‘g‘on qoziqning uchi ham ko‘zga kirar bo‘lsa baribir ko‘r qiladi.

Tohir Malik

*Kishi o‘ziga biror mashaqqatni olmasa, boshqaninng ko‘nglini ololmaydi.

*Zo‘raki urinishlar zakiylikni o‘ldiradi.

*Ehtiroslar—kemalarning yelkanlarini to‘ldiradigan shamol. Ba’zan u kemalarni cho‘ktiradi, lekin yelkansiz kemalar ucholmaydi. Safro insonni g‘am va kasal qiladi, ammo safrosiz u yashay olmaydi. Bu dunyoda hamma narsa zarur va hamma narsa havfli.

*Tasodif yo‘q bu dunyoda hamma narsa yo sinov, yo jazo, yo mukofat, yo oldindan aytish.

*Vaqt — dunyoda undan uzun, undan qisqa narsa yo‘q.

*Birovdan nafratlansang va unga hasad qilsang hayotingga zahar solgan bo‘lasan.

*Hayot muqaddimasida insonga ozginagina baxt nasib qiladigan bo‘lsa, qanchalar uzoq yashamagin, ana shu bir necha soatlik shodlikdan bo‘lak quvonchni hech qachon topmagaysan. Bu soatlarda oxirigacha huzur qil. Birinchi buloq oxirgisi hamdir. Tashnaligingni bir umrga qondirib ol: undan yana suv ichish nasib etmaydi.

*Tananing qayta tirilishiga ishonmoq uchun shu tananing istaklarini yenga bilish darkordir. Tanning istaklarini suiste’mol qiladiganlar, uning qayta tirilishini tasavvur ham qila olmaydiganlardir, bu ularga yuborilgan jazodir.

*Yasama dabdaba kaltafahmlikning intihosi.

*Soxta mulozamat hiyonatdan darak beradi.

*Hech kim niqobsiz yurmaydi.

*Gap shundaki eshitganingga emas, ko‘rganingga ishon.

*Puxta o‘ylab ko‘rilmagan bemavrid mardlik baxt keltirmaydi.

*Yaxshilik bilan yomonlik, kulfat bilan omad, yonma-yon, oldinma-keyin yuradi.

*Mehr bilan qahr orasi bir qadam.

*Umid bilan qurgan imorating bir og‘masin, bir og‘dimi baribir yiqiladi.

*Begona ko‘chaga kirib qolgan odam qo‘rqib qoladi, Qo‘rqadi-yu o‘sha zahoti qaytib keta qolmaydi, nimaga shunaqa qilganini o‘zi ham bilmaydi.

*Cho‘qqiga chiqayotgan odam yiqilishni niyat qilmaydiku, kurashdingmi yengishing shart.

*Mukammallik chegara bilmaydi.

*Ko‘ngilchanlik ketmaydi, ko‘richakni kesib tashlab qutiladilar.

*Ingichka oh chorasizlik belgisidir. Va yo bemornikidir. Dardi og‘ir odam ko‘ksini to‘ldirib emas, dilidan shikasta oh chiqazur.

*Dushmaning hushomadga o‘tsa hushyor bo‘l.

*Iymonsiz kishi yalong‘och odamga o‘xshaydi.

*Jonim og‘rimasin desangiz joningizni og‘riting.

*Tunu kun nafsni tiyishga intilmoq darkor.

*Riyozatni qattiq tort.

*Tilaymanki tilamagaysan.

*Quyosh botsa o‘kinma, ertaga u tongni boshlab keladi.

*Xavfu xatarning o‘zidan ko‘ra uning hadigi yomonroq.

*Tirik bo‘lib to‘rda yo‘q, o‘lik bo‘lib go‘rda yo‘q.

*Inson bolasining ming bir qusurlaridan biri shulki, u o‘zining qusurlaridan ko‘ra begona kimsaning qusurlarini sanashni afzal ko‘radi.

*To‘g‘ri o‘ylab, to‘g‘ri qaror ber.

*Inson ishonch va tushunchalariga ko‘ra yashashi lozim.

*Chorasizligi tufayli boshqa odamlarning niyatlari uchun yashaydigan odam yolg‘izlik va azobga mahkumdir.

*O‘zini qidirayotgan ko‘pgina shaxs bu qidirishdan charchaydi. Aytilgani kabi yashash, ya’ni birovning fikriga ko‘ra yashash har doim osonroqdir.

*Kimki azob va mehnatdan o‘zini olib qochsa, u hech narsaga erisha olmaydi.

*Aql bitta o‘zi jannatni jahannamga, jahannamni jannatga aylantirishi mumkin.




Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling