Jaloliddin Rumiy Balx
Ko‘zni yumgil, ko‘zga aylansin ko‘ngil.
* * *
O’limimdan so‘ng meni qaro yerdan emas, ma’rifatli insonlarning qalbidan izlang.
* * *
Ezgulikdan bir qal’a barpo aylangkim, mahkamlikda anga hech narsa teng bo‘lolmas.
* * *
Bu olam bir boru bir yo‘q. Asta-asta ketganlar — yo‘q, asta-asta kelguvchilar bor.
* * *
Ayo, sarv! Yuksaklarga intilmoqni bizga ham o‘rgat!
* * *
Umar Xayyom
* * *
Ay, g‘uncha! O’zlikni namoyon etmoqni o‘rgat!
Bor edi kulol do‘koni, kirdim bir gal,
Dastgoh boshida ko‘zagar ishlardi jadal.
Ko‘rdimki, gado ilkiyu shoh kallasidan
Ul ko‘zaga bejirim bo‘yin, dasta yasar...
* * *
Yoshdir-qaridir, jahonga yuz tutgaylar,
Bu nuqtani to ko‘ngilga jo etgaylar.
Hech kimsaga qolmagay abad mulki jahon,
Keldik, ketamiz, boz kelib-ketgaylar...
* * *
Kun o‘tsa kuningdan, sen uni yod etma,
Ham kelmagan ul ertaga faryod etma,
Bu kelmagan-o‘tgan bila bunyod etma,
Xo‘p xayr degil, umrni barbod etma.
* * *
Asrori azalni sanu man bilmasmiz,
Bu harfi chigalni sanu man bilmasmiz,
Har nechaki so‘zladik, dedik parda osha,
Chu pardaki tushdi, sanu man bilmasmiz...
* * *
Avlodi bashar bo‘yida jigarpora emish,
Shodlik bila g‘am ko‘yida ovora emish,
Sen charxga umid bog‘lama, ul charxi falak,
Sendan-da g‘arib ermishu bechora emish.
* * *
Bilgaymisan, ayo, saharlarda xo‘roz,
Faryod etarda senga ne so‘ylar roz?
Ul derki, ayon bo‘ldi sahar ko‘zgusida
Tun o‘tdi umrdan, bexabardirsan boz...
* * *
Ibn Sino
Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab in’om etuvchi vositadir.
* * *
Barcha fanlarning asosiy qonun-qoidalari metafizikaga asoslanadi (metafizika tabiatdan tashqaridagi hodisalar haqidagi fan). Garchi uni eng keyin o‘rgansalar-da, aslida u birinchi o‘rinda turadi.
* * *
Ruh — abadiy. U jism bo‘lgandan keyin ham mavjud bo‘lib qolaveradi.
* * *
Ruh — jismga bog‘liq bo‘lmagan ravishda mustaqil fikrlaydi.
* * *
Tiriklik jismning idrok va harakatga ega bo‘lmog‘i demakdir.
* * *
Aql tarozusida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o‘rganmoq juda muhim.
* * *
Hakimning uch quroli bor: so‘z, giyoh va tig‘.
* * *
Yolg‘izlik halokatga olib keladi. Zero, inson o‘ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin.
* * *
Chala bilim egasi bo‘lishdan ko‘ra, bilimsizlik afzalroqdir.
* * *
Ruh — shamchiroqqa, bilim — ana shu shamchiroqdan taralayotgan yog‘duga, Allohning zakosi — moyga o‘xshaydi. Shamchiroq yonishdan to‘xtamas ekan — sen tiriksan. Agar u o‘chsa — sen halok bo‘lasan.
* * *
Do'stlaringiz bilan baham: |