Jaloliddin Rumiy Balx
Download 81 Kb.
|
Aforizmlar
Alisher Navoiy
Naf’ing agar xalqqa beshakdurur Bilki, bu naf’ o‘zungga ko‘prakdurur. * * *
Ilmni kim vositayi joh etar, O‘ziniyu xalqni gumroh etar. * * *
O‘z vujudingga tafakkur aylagil, Har ne istarsen, o‘zungdin istagil. * * *
Xaloyiqqa ko‘rma qilib benavo, O‘zingga ravo ko‘rmaganni ravo. * * *
Odami ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. * * *
Menga ne ishqu, ne oshiq havasdur, Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur. * * *
Yuz jafo qilsa manga bir qatla faryod aylamon, Elga qilsa bir jafo, yuz qatla faryod aylaram. * * *
Kimki kishi o‘lmakidan shod erur, Go‘rkanu g‘osilu jallod erur. * * *
Bordur inson zotida oncha sharaf, – Kim yamon axloqin etsa bartaraf. * * *
Xush durur bog‘u koinot guli, Barchadin yaxshiroq hayot guli. * * *
Bu gulshan ichraki, yo‘qdur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot. * * *
So‘zda, Navoiy, ne desang chin degil, Rost navo nag‘maga tahsin degil. * * *
Kimniki inson desang, inson emas — Shaklda — bir, fe’lda — yakson emas. * * *
Ko‘p demak birla bo‘lmag‘il nodon, Ko‘p yemak birla bo‘lmag‘il hayvon. * * *
Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki, nishona anga iymon erur. * * *
Gar oshiq esang, zebu takallufni unut, Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut. O‘tgan gar erur yamon — taassufni unut, Kelgan gar erur yaxshi — tasarrufni unut. * * *
El qochsa birovdin, el yamoni bil oni, Ahvolida idbor nishoni bil oni. Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni, Olam elining yamon-yamoni bil oni. * * *
Kamol et kasbkim, olam uyidin Sango farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq. Jahondin notamom o‘tmak biayni, Erur hammomdin nopok chiqmoq. * * *
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish. * * *
Onalar oyog‘i ostidadur Ravzayi jannatu jinon bog‘i. Ravza bog‘i visolin istar esang, Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i. Gyote Kimda sho‘xlik menga yoqar doimo? Bolada! Sababi: uniki dunyo! JAMIYAT
Katta bir majlisdan katta bir olim Turdi-da, uyiga jo‘nab ketdi jim. «Yoqdimi?» — dedilar, u berdi javob: «Ular kitob bo‘lsa o‘qimas edim». ***
Sabrsizlik qilgan xarob bo‘ladi, Pushaymonlig‘ undan ham battar. Biridan gunohing yanada ortar, Biri yangisiga sabab bo‘ladi. ***
«Ne qilding, ishlaring bu qadar ulkan? Derlarki, sen yaxshi inson ekansan!» Avlodlar! Men oqil harakat qildim, O‘ylamay bosmadim bironta odim. ***
Parchala, hukm sur! Qanday beorlik! Birlashtir, yetakla! Eng go‘zal boylik! ***
O‘zi aytganiga kim qilsa amal, Yetakchilik — unda ko‘rinar go‘zal. ***
Har kim eshik oldin supursa o‘zi, Toza bo‘lar butun tumanning yuzi. Har kim o‘z burchini ado etsa soz, Hammaning ishi ham bitadi a’lo. ***
Bekorga sen izlama shifo! Dardimizning eng og‘ir siri Hovliqmalik, befarqlik aro Turibdi-ku qachondan beri. ***
Eng yaxshi bir sirni berayin sizga: Dastavval qaranglar o‘z oynangizga! ***
Yaxshilardan olib yursin yaxshi o‘rnak. Ammo kimdan asranishni yaxshilar ham Bilishi shart, chuqur o‘ylab bossin qadam. ***
Tinch, shovqinsiz qilaver mehnat, Mayli, ergashmagin kimgadir. Lekin ko‘rmoq istasang hurmat, O‘zgani ham qilgin-da qadr. ***
Xohi sevu, xohi hazar qil, Birovlarga yetkazma ozor. Boshqalarga tekkizmasang til, Bilki, elda sening o‘rning bor. ***
Mening merosim komil, naqadar keng, omondir, Mening mol-mulkim zamon, mening dalam zamondir. ***
O‘zgani tanigan, o‘ziga qarab, Bu yerda ham bir yakunga kelmasa bo‘lmas. Sharq ila G‘arb Endi bir-biridan ayrilmas. Ikki dunyo oralig‘ida Kerak deyman o‘ylab qadam bosishimiz. Ya’ni Sharqu G‘arb orasida Yaxshi bo‘lmog‘i shart har bir ishimiz. ***
She’r yozishni istasang She’r yurtida yashab qol. Shoirni bilmoq bo‘lsang Shoirning yurtiga bor. Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling