Жалолидин Румий


Download 0.99 Mb.
bet25/70
Sana17.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1531523
TuriУчебное пособие
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI o’quv-uslubiy majmua

Asosiy savollar:

1. Turk adabiyotining shakllanishi.


2. XIII-XV asrlarda Turkiyadagi ijtimoiy va adabiy muhit.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:

Saljuqiylar, donishmandiylar, usmoniylar, o’rxun yozuvlari, uyg’onish davri, enisey yozuvlari.


Mavzuga oid muammolar:

Turk adabiyotining rivojlanishida fors, arab adabiyotlarining ta’siri katta bo’lgan. Shoirlar fors tilida hamda turk tilida ijod qilganlar. Hozirgi kunda jahon sharqshunoslari tomonidan turk adabiyoti tarixi qay tarzda o’rganilmoqda? Turk adabiyotshunoslari adabiyot tarixini uch davrga bo’ladilar. Bu davrlar haqida fikringiz qanday? Bu davrlarni (adabiy merosni) barcha turkiy xalqlarga tegishli deb qaraysizmi? Nima uchun? Umumturkiy madaniy yodgorliklarnichi?


1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:

Turk adabiyotining shakllanishi, o’ziga xos o’rni haqida talabalarga tushuncha berish.


Identiv o’quv maqsadlari:


1. Turk adabiyoti boshqa turkiy xalqlar madaniyati bilan o’zaro chambarchas aloqada paydo bo’lganligini izohlaydi.


2. Turk xalq adabiyotining mazmun mohiyatidan kelib chiqib tavsiflaydi.
3. Turk xalq og’zaki ijodi haqida so’zlaydi.


1-asosiy savolning bayoni:
Tarixi ming yillar bilan o’lchanadigan sharq adabiyoti o’zining boy adabiy merosi bilan jahon adabiyoti tarixida alohida o’rin tutadi. Sharq badiiy olamida turk adabiyotining o’ziga xos mavzui bor. Ming yillardan beri o’zining yozuv tarixiga ega turk adabiyoti Sharqda nisbatan yoshdir. Turk adabiyoti tarixi hozirgi turklarning avlodlari bo’lmish turkiy o’g’uz qabilalarining Kichik Osiyo erlariga XI-XII asrlarda bosib kirishidan boshlanadi.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, o’g’uz qabilalari VI-VIII asrlarda Markaziy Osiyoda yashaganlar va muntazam boshqa qabilalar bilan aralashish protsessi bo’lgan. VIII asrda O’rta Osiyoda, Sirdaryo bo’ylariga ko’chib kelgan o’g’uz qabilalari, asosan dinni qabul qilgach, XI asrda Saljuqiylar sulolasi boshchiligidagi Kichik Osiyo erlariga bostirib kiradilar. Bu paytda Kichik Osiyoda Vizantiya hukmronlik qilardi. Umuman, turkiy qabilalar VIII-X asrlardayoq Kichik Osiyo erlarida paydo bo’lib, qarluqlar, qipchoqlar Vizantiya imperiyasiga qarshi urush olib borganlar. Qabilalardan bir qismi bosib olgan erlarda joylashar va mahalliy aholiga qo’shilib ketardi ham. XI asrda Saljuqiylar sulolasi boshchiligidagi o’g’uzlarning Kichik Osiyo erlariga bostirib kirishi nihoyatda kuchaydi. Shunday qilib, poytaxti Konstantinopl bo’lgan Kichik Osiyodagi Vizantiya imperiyasi o’rnida ikkita turkiy davlat, Donishmandiylar davlati (1067-1180) poytaxti Sivaz shahri, poytaxti Konya bo’lgan Saljuqiylar davlati (1077-1307) paydo bo’ldi. Kichik Osiyoning sharqi–janubida va markaziy qismida joylashgan bu davlat XV asrning o’rtalarida Vizantiya imperiyasining tamoman emirilishida muhim rol o’ynadi.
Turk yozma adabiyoti manbai xalq og’zaki ijodidirkim, uning ildizi o’g’uzlar Kichik Osiyoga kelguncha ko’chmanchi bo’lib yashagan erlarga borib taqaladi. Turk adabiyoti boshqa turkiy xalqlar madaniyati bilan o’zaro chambarchas aloqada bo’ldi va shakllandi. Turkiy qabilalar ilgaridan bir-birlari bilan uzviy aloqada bo’lganlar va umumturkiy bo’lgan madaniy yodgorliklarni, shu jumladan, qadimgi turkiy yozma yodgorliklarni yaratganlar. O’rxun-Enisey (VI-VIII asrlar) yodnomalari bunga misoldir. Turkiy qabilalar o’rtasida o’zaro adabiy aloqalar bo’lgan. Ayrim obrazlar, syujetlar deyarli barcha turkiy xalqlar og’zaki ijodida uchraydi. Keyinchalik har bir xalq adabiyoti ma’lum ijtimoiy – tarixiy sharoitda o’ziga xos rivojlanish yo’lidan bordi. Har bir taraqqiyot bosqichlarini chuqur o’rganish adabiyotshunoslikning vazifalaridandir.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling