Жалолидин Румий
Download 0.99 Mb.
|
portal.guldu.uz-JAHON VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI o’quv-uslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi. Qozoq adabiyotining asoschilari va qozoq adabiyoti bilan rus adabiyoti o’rtasidagi aloqalar, hamkorlik haqida tushuncha berish.
- 1-asosiy savolning bayoni
Asosiy savollar:
1. Xalq og’zaki ijodi va mumtoz qozoq adiblari haqida. 2. Qozoq adabiyotida nasr, nazm va dramaturgiya. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar. Ertaklar, qo’shiqlar, qozoq she’riti va nasrining shakllanishi, tarjimachilik. Mavzuga oida muammolar: 1. Nima uchun XIX-XVIII asarlarda qozoq xalq og’zaki ijodida dostonchilik keng taraqqiy etdi? 2. Yozma adabiyotning dastlabki vakillari ijodida qanday g’oyalar etakchi xususiyatga ega? 1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi. Qozoq adabiyotining asoschilari va qozoq adabiyoti bilan rus adabiyoti o’rtasidagi aloqalar, hamkorlik haqida tushuncha berish. Identiv o’quv maqsadlari: 1. Qozoq xalqi va uning adabiyoti to’g’risida gapiradi. 2. Xalq og’zaki ijodining yozma adabiyotga ta’sirini izohlaydi. 3. Mumtoz qozoq adabiyotining asoschilari haqida so’z yuritadi. 1-asosiy savolning bayoni: Qozoq yozma adabiyoti ancha kech shakllandi. XIX asrgacha qozoq adabiyoti, asosan, xalq og’zaki ijodi asarlaridan iborat edi. Boy va xilma- xil janrlarni o’z ichiga olgan qozoq folklori uzoq davrlar mobaynida mehnatkash ommaga ajralmas ruhiy yo’ldosh bo’lib, unga ma’naviy oziq berib keldi. Folklor asarlarining yaratuvchisi mehnatkash xalqdir. Shuning uchun ularda adolat va haqsizlik, yaxshilik va yomonlik, boylik bilan kambag’allik o’rtasidagi ziddiyat har doim xalq manfaati foydasiga hal bo’ladi. Qozoq folklorida qahramonlik dostonlari alohida o’rin tutadi. “Qo’blandi botir”, “Qambar botir”, “Er Targ’in” dostonlarida qahramonlik, do’stlik, yurtga mehr-muhabbat g’oyalari romantik tarzda aks ettirilgan. Qozoq xalqi orasida “Qizjibek”, “Qo’zi Ko’rpesh va Bayan suluv”, “Suluvshash” singari ishqiy-lirik dostonlar ham juda ko’p. Bu dostonda pok sevgi tarannum etilib, hayotning jirkanch tomonlari ochib tashlanadi, eski udumlar fosh qilinadi. XVIII -XIX asrlarda qozoq xalq og’zaki ijodida dostonchilik ayniqa rivojlandi. An’anaviy xalq qahramonlik dostonini kuylash bilan birga o’zlari ham original dostonlar yaratadigan ko’plab oqinlar, jirovlar etishib chiqdi. Bularga misol qilib Nisanboy, Do’sxo’ja, Mahanbet Uteshov va Xolboy Mambetovlarni ko’rsatish mumkin. Bu oqinlar va jirovlar o’zlari hayot kechirgan muhitdagi ijtimoiy voqealar haqida dostonlar to’qib kuylaganlar. Qozoqlarda xalq qahramonlik dostonlarini ijro etuvchi oqinlar o’rtasida tez-tez aytishuv (ijodiy musobaqa) lar bo’lib turgan. Shunday ijodiy aytishuvlar vaqtida har bir oqinning shoirlik va ijrochilik mahorati namoyish etilgan. Mashhur oqin Birjon sol bilan oqinalardan Sora va Suyumboy, Kunekey o’rtasida bo’lib o’tgan aytishuvlarda xotin-qiz shoiralarning mahorati tinglovchilarni maftun qilgan. Zo’r ijrochilik mahorati va ilg’or dunyoqarashi bilan shuhrat qozongan oqinlardan biri Jambul Jabaev (1846-1945) edi. U Jambul tog’i etaklarida kambag’al oilada dunyoga keladi. Yoshlikdan nazmga qiziqqan, qo’shiqlar to’qigan Jambul ancha murakkab ijodiy yo’lni bosib o’tdi. Uning o’lanlarida xalq hayotini kuylash, haqiqat uchun kurashish ishtiyoqi kuchaydi. Xalq ahvolini to’g’ri aks ettiruvchi “Kambag’alning sho’ri” she’ri, yuqori tabaqa vakillarini hajv qiluvchi “Shaltaboyga”, “Qodirboyning iti” nomli asari Jambulning shuhratini butun qozoq cho’liga yoydi. Mumtoz qozoq adabiyotining asoschilari Cho’qon Valixonov, Ibroy Oltinsarin va Abay Qo’nonboev qozoq xalqi bilan rus xalqi, shuningdek, qozoq adabiyoti bilan rus adabiyoti o’rtasidagi aloqa va hamkorlikning jarchilari edilar. Cho’qon Valixonovning folklorchilik va publitsist yozuvchilik faoliyati ham katta ahamiyatga ega. O’tgan asr ma’rifatparvarlari orasida qozoq va qirg’iz xalq og’zaki ijodi asarlarini, jumladan, «Manas» dostonidan ayrim parchalarni yozib olgan birinchi tashabbuskor olim edi. Cho’qon Valixonovning zamondoshi Ibroy Oltinsarin o’zining shoirlik va ma’rifatparvarlik faoliyatini bolalarni o’qitish ishi bilan bog’lab olib bordi.Umr bo’yi o’qituvchilik kasbi bilan shug’ullangan Ibroy Oltinsarin bolalarni yangi usulda tarbiyalashga alohida e’tibor berdi. O’zining ta’lim tarbiyaviy ruhdagi she’rlari bilan qozoq xalqi orasida ma’rifat tarqatish maqsadini ko’zlagan edi. Mumtoz qozoq adabiyotining otasi Abay Qo’nonboev o’z she’riy va nasriy ijodi hamda ma’rifatparvarlik faoliyati bilan qozoq adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Ularning ijodi XIX asr qozoq adabiyotida yangi voqea edi. Zamon bu yozuvchilarning ijodi tufayli qozoq mumtoz adabiyoti yuqori pog’onaga ko’tarildi. Abay sherriyatni xalq hayotiga yaqinlashtirdi, o’z lirikasida ilg’or g’oyalarni tarannum etdi. Abay Qo’nonboevning lirikasi xalq hayotini aks ettiruvchi tasirchan sho’x lirikadir. Uning ko’pincha do’mbira yordamida ijro etilgan va qisman yozib qoldirilgan realistik o’lanlari turli tuman mavzularda ijro qilingan edi. Agar «Sho’rlik qozog’im» she’rida u qozoq sahrosidagi tarqoq urug’ va qabilalarini birlashishga, inoq yashashga da’vat etsa, «Boy bolasi bilan kambag’al bolasi» she’rida boylik bilan kambag’allik o’rtasidagi katta farqni realistik satrlarda chizadi. Abay 1885 yilda yozgan bir she’rida ilm va hunar o’rganishning ahamiyatini shunday talqin qiladi: Yoshlikda bilim izlab yugurmadim, Hayron bo’ldim, biroq yuz o’girmadim, Ulg’ayganda qarasam, qo’lim quruq, Kechikib qo’l cho’zdim-u, ulgurmadim. Izlasam bo’larmidim shunchalik xor? Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling