Жалолидин Румий


Download 0.99 Mb.
bet51/70
Sana17.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1531523
TuriУчебное пособие
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI o’quv-uslubiy majmua

Asosiy savollar:

1. Qirg’iz yozuvchilarining dastlabki she’riy, nasriy va dramatik asarlari.


2. Ikkinchi jahon urushidan so’ng qirg’iz adabiyotining yuksalishi.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:

Tabaqalanish, xalq oqini, musiqali drama, lirika, xalqlar do’stligi, she’riy roman.


Mavzuga oid muammolar:

Qirg’iz yozuvchilarining bir qancha she’riy, nasriy va dramatik asarlarida qirg’iz xalqining o’tmish tarixidan olingan muhim voqealar o’z aksini topgan. Sizningcha, bularga qaysi asarlarni misol qilib ko’rsatish mumkin?




1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:

Qirg’iz yozuvchilarining she’riy, nasriy va dramatik asarlari haqida tushuncha berish.




Identiv o’quv maqsadlari:

1. Mashhur qirg’iz xalq oqini T.Sotilg’anov asarlaridagi insonparvarlik haqida fikr yuritadi.


2. Urush yillaridagi qirg’iz xalqining mazmundor asarlari to’g’risida so’zlaydi.
3. Qirg’iz milliy teatr san’ati, dramaturgiyasi haqida so’z yuritadi.


1-asosiy savolning bayoni:

Qirg’iz xalqining ota-bobolari juda qadim zamonlardayoq Markaziy Osiyo, Tyanshan va Ettisuv viloyatlaridagi gunnlar, shuningdek, saklar, skiflar va boshqa qo’shni qabilalar bilan yaqin aloqada bo’lib, ularning madaniyati, dini va urf-odati ta’siri ostida yashaganlar. VIII asrda arab istilochilari tomonidan zabt etilgan Qirg’izistonga islom dini ham yoyildi. Keyinchalik “buyuk ipak karvon yo’li” da joylashgan Qirg’izistonning shahar va qishloqlarida adabiy-madaniy hayot birmuncha jonlandi, dehqonchilik, chorvachilik o’sdi. Savdo-sotiq ishlarining yo’lga qo’yilishi Qirg’izistonga Xitoy, Fors va Yunon madaniyatining kirib kelishiga sabab bo’ldi. XIV asrning oxirlarida temuriylar davlatiga qaram bo’lgan Qirg’izistongda mo’g’ullar istilosidan xarobaga aylangan shahar va qishloqlarni qayta tiklash boshlanganligiga qaramay, bu o’lkaning iqtisodiy va madaniy hayotida yuz bergan jarohatlar batamom tuzalib ketmadi.


XIX asrning 60-70-yillariga qadar feodal tuzumni boshidan kechirgan Qirg’iz xalqi Urug’lar va kichik feodalliklar o’rtasidagi qonli urushlar tufayli nihoyatda qashshoqlashib qoladi. Mamlakatning parchalanib ketganligi chet el bosqinchilariga qarshi kurash olib borishga imkon bermaydi.
Qirg’iz xalqining bizgacha etib kelgan xalq ashula va qo’shiqlari, maqol, ertak va dostonlarida Qirg’iz xalqining uzoq asrlar davomidagi ko’chmanchi- chorvachilik hayoti, ularning o’z xo’jayinlariga qarshi olib borgan kurashlari haqqoniy aks ettirigan. Folklor asarlarida Qirg’iz xalqining mehnatsevarlik, vatanparvarlik, adolatparvarlik g’oyalarini ifodalovchi juda ko’p qo’shiqlar, ertaklar, dostonlar mavjud. Bu asarlarning yaratuvchilari, ko’pincha, xalq hayotiga oid turli-tuman marosimlar, chorvachilik bilan dehqonchilik o’rtasidagi keskin sinfiy to’qnashuvlar o’z aksini topgan. Qirg’iz folklorida muhabbat qo’shiqlaridan tashqari, hajviy qo’shiqlar ham ko’p uchraydi. Ularda hukmron doiralarning mehnatkash xalqqa o’tkazgan zulmi, xasisligi, hiyla-nayranglari tanqid qilingan.
Qirg’iz xalq ertaklarining ko’pchiligi xuddi xalq qahramonlik dostonlarida bo’lgani kabi, qiziqarli syujet va realistik voqealar bilan afsonaviy voqealar aralash holda hikoya qilinadi. Ko’pgina qirg’iz hajviy ertaklarda bosh qahramon rolida xalq orasidan chiqqan dono, tadbirkor, oddiy kishilar Ko’sa va Kal timsollarida gavdalanadi. Bunday hajviy ertaklar orasida Aldarko’sa nomi bilan bog’liq bo’lgan ertaklar o’zlarining g’oyaviy o’tkirligi va badiiyligi bilan ajralib turadi.
Mashhur qirg’iz xalq oqini To’xtag’ul Sotilg’anov yoshlik yillaridayoq darbadar yurib qo’shiq aytib, hayotni yaxshi o’rgangan. U yashashning ma’nosini o’zicha talqin qiladi. Chunonchi, shoirning fikricha, mehnat insonga quvonch bag’ishlaydi; do’stlik kishiga ob-havoday zarur narsa; sevishda oshiq va ma’shuqaning sadoqati va ishonchi katta rol o’ynaydi; To’xtag’ul ijodidagi insonaparvarlik ayrim oqinlar asarlaridagi umidsizlik kayfiyatiga tamoman zid edi. To’xtag’ul o’z ijodini mehnatkash xalq taqdiri bilan mahkam bog’lagan xalqparvar oqin edi. U haqiqat uchun astoydil kurash olib bordi. Xalq oqinining bunday otashin chiqishlaridan amaldorlar tashvishga tushib, undan o’ch olishga urinadilar. Nihoyat, 1898-yilda To’xtag’ul Andijon qo’zg’alonida qatnashgan degan tuxmat bilan Sibirga surgun qilindi. Etti yillik surgun azobi xalq shoirining irodasini buka olmadi, aksincha uning hayot tajribasini boyitdi.
Surgundan qaytib kelgan shoir To’xtag’ul ijod etishni to’xtatmadi. U atoqli oqinlar o’rtasida tez-tez bo’lib turadigan aytishuv (ijodiy musobaqa) lardan minbar sifatida foydalanib, mahalliy boylar va rus amaldorlarini fosh qilishni davom ettirdi. Masalan, “Besh qobon” she’rida “qobon” nomi bilan tanilgan beshta amaldorga murojaat qilib, shunday deydi:

Etim –esir, holsizni Uy-joyimni talarsan.


Savalading, besh to’ng’iz. Qonxo’rliging avj olsa,
Odam o’rnida yo’qsilni O’ldirib qonim yalarsan.
Sanamading besh to’ng’iz. Tirnog’i zahar besh qobon,
Eb-ichishdan boshqani Yalinmayman hech qachon.
Tan olmading besh to’ng’iz. Mayli, o’ldir, dunyoga
...Jahling chiqsa quturib Qaytib kelmas chiqsa jon.
To’xtag’ulning Sibir surgun dahshatlari to’g’risidagi qo’shiqlari ezilgan, savodsiz mehnatkash xalq ko’zini ochar, ularni g’aflat uyqusidan uyg’otar edi.
Shoirning surgunda yurgan davrida va surgundan qaytgach, yaratgan eng yaxshi qo’shiqlari (“Alvido xalqim”, “Xayr ona”, “Surgunda”, “Tog’ burguti”, “Salom mehribon xalqim”, “Sog’inish”, “Uch xo’ja”, “Mungli qushcha” va boshqalar) o’zining siyosiy o’tkir g’oyaviyligi va fosh qiluvchiligi bilan ajralib turadi.
Qirg’izlar to’g’risidagi eng qadimgi yozma ma’lumotlarni miloddan avvalgi II asrga oid manbalardan topamiz Qirg’iz xalq ertaklarining ko’pchilik dostonlarida bo’lgani kabi, qiziqarli syujet va real voqealar bilan afsonaviy voqelar aralash holda hikoya qilinadi. Qirg’iz xalq og’zaki ijodida xalq qahramonlik dostonlari ayniqsa mashhur.
Qirg’iz yozuvchilarining she’riy asarlarida bo’lgani kabi dastlabki nasriy va dramatik asarlarida qirg’iz xotin-qizlarining o’tmishdagi fojeali hayotini tasvirlovchi «Hojar» qissasi, shuningdek, M. Toqomboevning «Kakey», K. Jontoshevning «Qora-soch» pesalarini misol sifatida ko’rsatish mumkin.
O’ttizinchi yillarda qirg’iz yozuvchilarining bir qancha she’riy, nasriy va dramatik asralarida qirg’iz xalqining o’tmish tarixidan olingan muhim voqealari ham o’z aksini topdi. Ana shunday voqealardan biri Markaziy Osiyo xalqlari hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan 1916 yil qo’zg’aloni voqeasi edi. M. Eliboevning «Uzoq yo’l», To’qomboevning «Qonli yillar», J.Turusbekovning «Mamot emas, hayot» musiqali dramalarini qirg’iz yozuvchilarining bu qo’zg’olon voqealariga bag’ishlangan yirik asarlariga misol qilib ko’rsatish mumkin.
Qirqinchi yillarda qirg’iz milliy teatr san’ati bilan uzviy bog’langan holda rivoj topgan qirg’iz dramaturgiyasi Vatan va Vatan mudofaasiga bag’ishlangan ko’pgina yangi-yangi pesalar bilan boyidi. Ikkinchi jahon urushi yillaridan so’ng qirg’iz adabiyotiga S.Eraliev, N. Boytemirov, S.Shimeev, K. Akaev singari navqiron adiblar kirib keldilar.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling