James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Minnatdorchiliklar
Mualliflar ushbu loyihaning inglizcha versiyasi, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Evropa hamda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarida foydalanish maqsadida qilingan moslashtirish va tarjimalarga o'z hissasini qo'shgan bir qator odamlarga o'z minnatdorchiliklarini bildiradilar. Kitobning asosiy matniga kelsak, butun qo'lyozmani tahrir qilib, ko'plab o'zgartirishlar kiritish orqali uning mazmuni va o'qishga qulayligini yaxshilagan Jeyn Shou Stroupga qarzdormiz. Sinye Tomas chizmalarni tayyorlashda ko'maklashdi va butun loyiha davomida ilmiy yordam ko'rsatdi. Hamkasblar, universitet o'qituvchilari va iqtisodiyot fani muallimlaridan olingan ko'plab izohlar matnga qo'shilgan. Yangi qo'shimcha materiallarni ishlab chiqishda qo'shgan hissalari uchun Jon Morton, Skott Niderjon, Mark Shug, Uilyam Vud, Jo Konnors va Pem Kuperlarga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Bundan tashqari, 297 Brendon Brays, Joab Kori, Rozmari Fayk, Natan Fauler, Fred Fransen, Mayk Hemmok, Jon Kessler va Kelli Marksonlar matnning dolzarbligini oshirish, yangi misollar kiritish va ushbu kitobga hamroh bo'lgan elektron paket sifatini kuchaytirish borasida o'z hissalarini qo'shganlar. Shuningdek, biz St. Martin's Press nashriyoti xodimlari Tim Bartlett va Kler Lampenga foydali izohlari va tahririy ishlarni tashkillashtirganliklari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildilarmiz. Nomlari qayd etilgan tarjimon va ekspertlar bilan bir qatorda loyihaga ko'p hissa qoshgan, ayniqsa jarayonning qiyin damlarida bizni ruhlantirgan Barbara Forbsga ham tashakkur aytamiz. Va nihoyat, o'zimiz va kitobxonlar nomidan loyihani boshidan boshlab ham moliyaviy, ham intellektual qo'llab-quvvatlagan anonim homiyga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Uning iqtisodiy va siyosiy erkinlikka bo'lgan fidokorligi tom ma'noda millionlab odamlar hayotining yaxshilanishiga ko'maklashadi. Mualliflarning ko'p yillik dars berish faoliyatlari davomida ellik ming atrofida talabalar ta'lim olgan. Talabalar bilan sinf va sinfdan tashqari bo'lgan ko'plab muhokamalar bizga muhim ma'lumotlarni berib, oldimizga qiyin savollarni qo'ydi. Biz bu o'zaro munosabatlarni qadrlaymiz. Ushbu kitobni o'qiganlarning ko'pi bilan yo'limiz kesishishiga umid qilamiz. Yuzma-yuz uchrashgunga qadar esa, sizni hayotingiz davomida «iqtisodchilardek fikrlashda» davom etishga va olgan bilimlaringizni atrofingizdagilar bilan bo'lishishga chaqiramiz. Kelajagimiz shunga bog'liq. 298 Izohlar 1. Bozorlarni shakllantrishga moyillik inson tabiatining ajralmas qismi deb aytish mumkin bo'lsa ham, jamiyat yetarlicha harakat qilsa, ularni oddiy insoniy amaliyotdan chiqarib tashlash mumkin. Masalan, kommunizmdan (yoki hatto Rim katolik cherkovidan) keyingi o'tish davrining boshlarida tovarlar o'z qiymatiga ega deb o'qtirilgan odamlar mahsulotlarni (ochlikni keltirib chiqarsa ham) faraz qilingan «qiymatdan» past narxda sotishni ko'pincha rad etishgan. ↩ 2. Yevropadagi eng kuchli sharshara. U Islandiyada joylashgan. ↩ 3. Philip K. Howard, The Death of Common Sense (New York: Random House, 1994): 3–5. ↩ 4. 2016-yil Ukraina uchun Mamlakat Jinsiy Ahvolining Bahosi, Jahon Banki, 48: http://documents.worldbank.org/curated/en/128891470822320083/pdf/107673-PUB-P156988-ADD-ISBN- PUBLIC-SoltisBookENweb.pdf . ↩ 5. Ma'lumot uchun Charlotte Web. “Swedes now spend more on fun than on food: study,” The Local Sweden, 2009-yil sentabr, https://www.thelocal.se/20090930/22392 ga murojaat qiling. ↩ 6. Masalan, agar korporatsiya biror bir mahsulot, aytaylik, ko'ylak ishlab chiqarish uchun bino va asbob-uskunalarga 100 million dollar investitsiya qilsa, u ushbu mablag'ni mototsikl ishlab chiqarish kabi boshqa maqsadlarda investitsiya qilganda olishi mumkin bo'lgan foydadan voz kechadi. Korporatsiya 100 million dollarni bankka qo'yib, masalan, yiliga 5 foizdan daromad olishi mumkin. Bir yildan so'ng foizdan daromad 5 million dollarga teng bo'ladi. Ushbu voz kechilgan 5 million dollar foiz daromadi korporatsiya faoliyatining muqobil qiymatidir, lekin bu uning buxgalteriya hisobotida aks ettirilmaydi. Natijada xarajatlarning buxgalteriya hisobi ishlatilgan resurslarning muqobil qiymatini kamaytirib ko'rsatadi. Shu sababli sof daromad foydani oshirib ko'rsatadi. ↩ 7. «Singan deraza masali» uchun Wikipediaga murojaat qiling (oxirgi marta 2019-yil iyun oyida tahrir qilingan): https://en.wikipedia.org/wiki/Parable_of_the_broken_window . ↩ 8. Adam Smith, An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations, Volume II Glasgow Edition (Indianapolis: Liberty Fund, Inc., [1776] 1981): 454. Kitob quyidagi Internet manzilida ham mavjud: http://www.econlib.org/library/Smith/smWN.html . ↩ 9. F. A. Hayek, “The Use of Knowledge in Society,” American Economic Review 35 (1945-yil sentabr): 519–530. ↩ 10. Henry Hazlitt, Economics in One Lesson (New Rochelle: Arlington House, 1979): 103. ↩ 11. “SCIENCE WATCH: Seat Belts and Pedestrians.” The New York Times (1985-yil 18-iyun). Section C, 9: https://www.nytimes.com/1985/06/18/science/science-watch-seat-belts-and-pedestrians.html . ↩ 12. Lyuksemburg: Yevropa Ittifoqi nashriyot idorasi, 2012. “The Common Agricultural Policy—A Story to be Continued” http://doi.org/10.2762/35894 . ↩ 299 13. Patrick Jomini, Pierre Boulanger, Xiao-guang Zhang, Catherine Costa, and Michelle Osborne. “The common agricultural policy and the French, EU and global economies,” Groupe d’Économie Mondiale (GEM), (2009-yil oktabr. 2010-yil 2-fevralda qayta ko'rib chiqilgan): https://ecipe.org/wp-content/uploads/2014/12/Jomini_boulanger- The_Common_Agricultural_policy_and_the_French.pdf . ↩ 14. Pierre Boulanger and Patrick Jomini. “Of the benefits to the EU of removing the Common Agricultural Policy” Groupe d’Économie Mondiale (GEM), (2009-yil 19-noyabr. 2010-yil 2-fevralda qayta ko'rib chiqilgan): https://ecipe.org/wp-content/uploads/2014/12/BoulangerJomini_removingCAP112009.pdf . ↩ 15. Ushbu diagramma Hans Rosling boshlagan va hozirgi kunda uning o'g'li hamda kelini tomonidan boshqarilayotgan ancha katta loyihadan olingan. Shunga o'xshash ko'plab diagrammalarni https://www.gapminder.org veb-saytida ko'rishingiz va o'zingiz ham yaratishingiz mumkin. ↩ 16. Robert E. Lucas Jr., “On the Mechanics of Economic Development,” Journal of Monetary Economics 22, No. 1 (1988): 3–42. ↩ 17. Yalpi ichki mahsulot (YIM) jami ishlab chiqarilgan mahsulot va jami daromadlarni hisoblashda eng keng qo'llaniladigan ko'rsatkichdir. YIM hajmining o'zgarishi iqtisodiy o'sishni hisoblashda ham keng qo'llaniladi. ↩ 18. Iqtisodiy o'sish va rivojlanishga turli omillar ta'sir ko'rsatsada, zamonaviy nuqtai nazar institutlar va siyosatning markaziy rolini tan oladi. Zamonaviy qarashlarga Nobel mukofoti laureati Daglas Nort [Douglass North], ingliz iqtisodchisi Piter Bauer [Peter Bauer], Massachusets texnologiya instituti professori Daron Ajemoglu [Daron Acemoglu] va Garvard universiteti professori Jeyms Robinson [James Robinson] lar katta hissa qo'shganlar. Ma'lumot uchun quyidagilarga murojaat qiling: Peter T. Bauer, Dissent on Development: Studies and Debates in Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling