James d. Gwartney


Video: Investitsiya firibgarligini aniqlash


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Investitsiya firibgarligini aniqlash
Pul mavjud ekan, odamlar unga egalik qilish uchun firibgarlik yo'llarini qidirib
kelganlar. Yangi mahsulotlar va tez rivojlanayotgan bozorlar investitsiya firibgarlarni o'ziga


287
jalb qiladi. Masalan, bitkoyn kriptovalyutasi bilan bog'liq firibgarlik juda avj olgan. Gohida
ro'yxatdan o'tish badali hisobiga tekin bitkoynlar taklif qiladilar. Boshqa firibgarlar esa soxta
bitkoyn birjalarini tashkil qilib, arzon narxlar orqali investorlarnining diqqatini
chalg'itadilar
(128)
. Shuning uchun ham firibgarlarni aniqlashni o'rganing. Yuqoridagi 3-qoida
sizga qo'l kelishi mumkin.
Biz firibgarlikni batafsil muhokama qildik, lekin hatto qonuniy bo'lgan tranzaktsiyalar
ham juda yomon investitsiya bo'lishi mumkin. Tarix «pufaklar» bilan to'la, chunki biror
nimaning oshgan narxi ko 'tarilishda davom etadi degan iratsional fikr falokatli natijalarga olib
kelgan. 1600-yillarning boshlarida Gollandiyalik chayqovchilar bir dona lola piyoz narxini
o'rtacha yillik daromadning olti barobariga ko'tarilishiga sabab bo'lganlar. Ehtimol to'qima
bo'lgan hikoyada bir odam uyga kelib lolani tushunmagan oshpazi uni piyozning yangi turi deb
o'ylab, o'sha kuni tushlikka sho'rvaga solganini ko'rgandagi hasrati to'grisida aytilgan. 90-
yillarning texnologiya aksiyalari pufagiga teng keladigani kam. Internetning yaratilishi «yangi
iqtisodiyot» korxonalariga tavakkal qilishni juda oshirib yubordi va natijada aksiyalari sotila
boshlagandanoq yuzlab dot-com kompaniyalar qiymati bir necha milliard dollarga yetdi.
Ko'plab ushbu dot-com kompaniyalarni o'z ichiga olgan Qo'shma Shtatlarining NASDAQ
Kompozit indeksi 1990-yillarning boshlarida 500dan kam darajadan 2000-yil martida 5000ga
keskin o'sdi. Ko'p o'tmay, 2002-yil oktyabr oyida indeks 80 foizga tushib ketdi va Qo'shma
Shtatlarini iqtisodiy inqiroziga olib keldi. Investitsiyalar kelajak to'g'risidagi asossiz
taxminlarga emas, balki aktivning haqiqiy foydali qiymatiga bog'liq bo'lish kerak.


288
RISK BOSHQARUVI ASOSLARI
1. BUGUN XATOGA YO'L QO'YMANG.
2. ERTAGA XATOGA YO'L QO'YMANG.
3. DAVOM ETING.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling