Investitsiyalaringiz muddatini
ehtiyojingiz vaqtiga qarab moslang
Uzoq muddatli investitsiyalar, masalan pensiya uchun jamg'arishda, aksiyalar indeks fondi
yaxshi investitsiya instrumenti hisoblanadi. Garchi uzoq muddat davomida aksiyalar
obligatsiyalarga nisbatan ancha yuqori daromadlilik darajasiga ega bo'lsada, qisqa muddat
davomida obligatsiyalarning qiymati barqarorroq bo'ladi. Investitsiya rejasidan mablag' olish
ehtiyoji yaqinlashganda, mablag'larni barqarorroq investitsiya turlariga yo'naltirish mantiqan
to'g'ri. Besh yillik rejani olsak, qaytarish muddati besh yil bo'lgan obligatsiyalarni sotib olish
nisbatan xavfsiz investitsiyadir. Muddati kelganda siz dastlabki investitsiya miqdorini foizi
bilan qaytarib olasiz. Muddati sizga mablag' zarur bo'lishi mumkin bo'lgan muddatga
(masalan, uyning boshlang'ich to'lovni to'lash kerak bo'lganda yoki pensiyaga chiqqanda)
yaqinroq bo'lgan obligatsiyalarni olishni maslahat beramiz. Agar muddatlar noaniq bo'lsa, turli
muddatli obligatsiyalarga investitsiya qilishingiz mumkin.
Obligatsiyalarning riskiga kredit riski (asosiy qarz summasining qaytarilishi bilan
bog'liq risk), kutilmagan inflyatsiya va davlatning fiskal siyosati natijasidagi foizlarning
o'zgarishi kiradi. Davlat obligatsiyalari va yuqori sifatli korporativ obligatsiyalarga investitsiya
qilganingizda, obligatsiyalarga egalik qilishning eng katta riski inflyatsiya bo'ladi. Inflyatsiya
asosiy qarz summasining va u bo'yicha o'rnatilgan foiz to'lovlarining qiymatini kamaytiradi.
Ammo bu riskni kamaytirish yoki bartaraf etish uchun Qo'shma Shtatlarining inflyatsiyadan
himoyalangan g'aznachilik qimmatbaho qog'ozlari (inglizchada TIPS — Treasury Inflation
Protected Securities
(?)
) yoki Frantsiyaning inflyatsiya darajasiga indekslanadigan qat'iy foizli
davlat obligatsiyasiyalari (frantsuzchada OATi — Obligations Assimilables du Trésor) kabi
inflyatsiyadan himoyalangan obligatsiyalardan foydalanish mumkin. Bu kabi obligatsiyalar
qat'iy foiz stavkasi bilan birga inflyatsiya tufayli yo'qotilgan xarid qobiliyiatini ham to'laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |