James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
ELEMENT 4.10
Uzoq muddatli investitsiya uchun aksiyalarga investitsiya qiling, lekin pulga ehtiyoj sezilganda, obligatsiyalarning yoki hatto narq pul ulushini oshiring. 276 Kutilmagan inflyatsiya obligatsiyalar daromadini kutilganidan kamroq qiluvchi omillardan biri bo'lganligi sababli, inflyatsiyadan himoyalangan obligatsiyalar obligatsiya egasini ana shunday riskdan himoya qiladi. Bu kabi obligatsiyalar, ayniqsa o'z aktivlarining real xarid qobiliyatini oshirishni istagan pensionerlarga juda ma'qul keladi (121) . Bundan tashqari, obligatsiyalarga foiz stavkalarining o'zgarishi ham qo'shimcha risk tug'diradi. Faraz qilaylik, siz 1000 yevroga foiz stavkasi 5 ga teng 30 yillik obligatsiyani xarid qilasiz. Ushbu obligatsiya 30 yil davomida sizga yiliga 50 yevrodan foiz to'laydi va muddati tugashi bilan sizga 1000 yevroni qaytarib to'laydi. Biroq, agar siz obligatsiyani xarid qilganizdan so'ng umumiy foiz stavkalar 10 foizga ko'tarilsa, unda obligatsiyangiz bahosi siz to'lagan bahoga nisbatan ikki baravarga tushib ketadi. Sababi nima? 10 foiz stavkada investor 500 yevrolik obligatsiya bilan yiliga 50 yevrodan foiz ko'rinishida daromad olishi mumkin. Demak, boshqalar sizning 1000 yevrolik obligatsiyangizni 500 yevroga sotib olishi mumkin. Aksincha, agar siz 5 foizli 30 yillik obligatsiyani sotib olganingizdan so'ng foiz stavkasi 2,5 ga tushib ketsa, unda obligatsiyaning bahosi deyarli ikki baravarga oshadi. Agar yaqin besh yil ichida biror narsa xarid qilish uchun mablag' jamg'arayotgan bo'lsangiz, obligatsiya bahosidagi bunday o'zgaruvchanlik (yoki riski) siz uchun ma'qul emas. Biroq, agar obligatsiyani butun 35 yil davomida ushlab tursangiz, unda siz butun 1000 dollaringizni qaytarib olasiz va ushbu muddat davomidagi obligatsiya bahosi tebranishi sizga ta'sir qilmaydi. Shuning uchun obligatsiyaning muddati sizga mablag' kerak bo'lgan vaqt bilan mutanosib bo'lgani ma'qul. Investitsiya portfeli qancha muddat faqat aksiyalardan iborat bo'lishi va qachon ularni obligatsiyalar bilan almashtirgan ma'qul? Bu investitsiya qilingan mablag'ga qachon muhtojlik sezishingizga bog'liq. Avval qayd etib o'tganimizdek, qisqa muddatli investitsiyalar uchun obligatsiyalar yaxshi instrument hisoblanadi. Masalan, ipoteka kreditining 20 foiz boshlang'ich to'lovi uchun jamg'arayotgan yosh oila fond birjasiga emas, balki obligatsiyalarga investitsiya qilgani ma'qulroq. Nega deganda, uy sotib olish uchun odatda bor- yo'g'i bir necha yil jamg'arish yetarli bo'ladi. Bundan farqli o'laroq, yosh oila yangi tug'ilgan chaqalog'ining universitetda ta'lim olishi uchun 18 yil, pensiya uchun esa 35-45 yil jamg'arishi mumkin. Ikkala holatda ham aksiyalar deyarli butun jamg'arma davri davomida investitsiya portfelining asosiy, balki butun qismini tashkil qilishi lozim. Yangi tug'ilgan chaqaloqning ota-onasi bolaning universitetdagi ta'limi uchun 277 jamg'arishni tezroq boshlasa, ularda jamg'arish va aksiyalarning investitsiya riskini diversifikatsiyalash uchun ko'proq vaqt bo'ladi. Ushbu holatda universitet ta'limi uchun investitsiya portfelining bir qismi aksiyalardan iborat bo'lishi mantiqan to'g'ri bo'ladi. 2008– 2009-yillardagi Buyuk iqtisodiy resessiya vaqtidagi aksiyalar narxlarining tushib ketishi misolida ko'rganimizdek, hatto 18 yil muddatda ham aksiyalarda risk bor. Universitet ta'limi uchun jamg'arayotgan investorlar investitsiya portfellarida aksiyalarni kamaytirib, obligatsiyalar ulushini oshirish orqali risk darajasini pasaytirihlari mumkin. Bu, ayniqsa, mablag'ga ehtiyoj vaqti yaqinlashganda qo'l keladi. Har oy ma'lum miqdorda investitsiya qilib borish daromadingizning ko'payishida muhim rol o'ynaydi. Agar bozor tanazzulga uchrasa, aksiyalarni arzonroq sotib olasiz, bu esa tanazzulning ta'sirini kamaytiradi. Aholi daromadlari va umr davomiyligi oshishi bilan pensiya uchun jamg'arishning ahamiyati ham oshadi. Biz pensiyaga chiqqanda turmush tarzimizni keskin o'zgartirib yuborishni yoki pasaytirishni va pensiya jamg'armamiz qariligimizda yetmay qolishini istamaymiz. Pensiyaga chiqishga hali 10 yildan ko'proq vaqti bor shaxs uchun diversifikatsiyalashgan aksiyalar portfeli eng yaxshi investitsiya portfeli bo'lishi mumkin. Ehtiyotkor investor uchun investitsiya portfelining 10, 20 yoki hatto 40 foizi obligatsiyalardan yoki naqd puldan iborat bo'lishi, garchi bu jami daromadning pasayishiga olib kelsada, uning pensiya aktivlari barqarorroq bo'lishini ta'minlaydi. Pensiya jamg'armasiga ehtiyoj yaqinlashishi bilan aksiyalardan iborat investitsiya portfelida obligatsiyalarning ulushini bosqichma-bosqich oshirib borishni boshlash maqsadga muvoqfiq bo'ladi. Buni qachon boshlash qisman pensiyaga chiqish vaqtiga va qancha oylik daromad zarurligiga bog'liq. Katta investitsiya portfeliga yoki pensiya daromadi ehtiyojidan ko'proq bo'lgan shaxslar kutiladigan daromadni ko'paytirish uchun portfelning asosiy qismini uzoqroq muddatda aksiyalarda saqlashlari mumkin. Obligatsiyalarga o'tishdan asosiy maqsad aksiyalarni vaqtinchalik past narxda sotilish ehtiyojini oldini olishdan iborat. Oylik yashash xarajatlarini qoplashga investitsiya portfelingizdan mablag'ga ehtiyoj qanchalik tez sezsangiz, portfeldagi obligatsiyalar ulushini strategik ravishda bosqichma-bosqich ko'paytirish orqali riskni pasaytirish muhimdir. Ko'p mamlakatlarda pensiya jamg'armasi ma'lum darajada daromad solig'idan ozod qilingan, bu esa jamg'armalarning tezroq o'sishini ta'minlaydi. Masalan, Ukrainada nodavlat 278 pensiya fondiga ajratmalar soliq to'lovlarini hisoblashda yalpi daromaddan ish haqining 15 foizigacha bo'lgan miqdori chegirilishi mumkin va investitsiya damoradi soliqqa tortilmaydi. Natijada jamg'armalar tezroq o'sadi (122) . Past soliq stavkalari orqali davlat aholini pensiya uchun jamg'arishga rag'batlantiradi. Bolgariya kabi ayrim mamlakatlarda jamg'armalar, investitsiyadan daromadlar va xususiy pensiya fondlaridan to'lovlar barcha soliqlardan ozod qilingan (123) . Garchi ba'zi Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida hali xususiy pensiya fondlari mavjud bo'lmasada, soliq imtiyozlari orqali pensiya fondlariga ixtiyoriy ajratmalar miqdorini oshirish tendentsiyasi dunyo bo'ylab kuzatilmoqda. Agar soliq imtiyozlariga ega xususiy pensiya hisob raqamini ochishning hozircha imkoni bo'lmasa, unda jamg'arishni davom eting. Shunda bunday imkoniyat paydo bo'lishi bilan unga yiliga maksimal ruxsat berilgan miqdorgacha ajratishni boshlashingiz mumkin bo'ladi Shu paytgacha biz moliya bozoridagi risklar to'g'risida gapirdik, lekin pensiya uchun jamg'arishda yana boshda, balki ancha muhimroq bo'lgan risk mavjud. Qancha yashashimizni hech kim bilmaydi. Biz faqat o'rtacha umr davomiyligini (balki chekish va ichish kabi o'tmishdagi xatti-harakatni inobatga olib hisoblanganini) bilamiz. Polsha yoki Chexiyada 60 yoshli odamlar yana 21 yil yashashini kutish mumkin, lekin ba'zilar bir yildan so'ng vafot etishlari mumkin, boshqalar 100 yoshga kirishi mumkin. Bunday noaniqlikni qanday rejalashtirasiz? Buning bir yo'li juda uzoq umr ko'rishni mo'ljallab jamg'arishdir. Shunda, agar vaqtliroq vafot etsangiz, jamg'armangizni oilangizga yoki arzigulik xayriyaga (balki iqtosidiy ta'limga ko'maklashadiganiga!) qoldirishni tashkil qiling. Biroq riskdan qochadigan odamlar boshqa yo'lni tanlaydilar. Biror bir kishining qancha umr ko'rishini bilishning ilojisi bo'lmasa ham, demograflar har bir guruhning o'rtacha qolgan umrini juda aniqlik bilan aytib berishlari mumkin. 4.12-elementda muhokama qilingan har qanday sug'urta kabi, siz o'zingizni «juda uzoq yashashdan» sug'urta qilishingiz mumkin. Hisobchilar har bir guruh a'zosining o'rtacha umrini aytib bera olarkan, barchaning jamg'armasini to'plab, vaqtli vafot etganlar uzoq umr ko'rganlarni subsidiya qilishsachi? Bunday shartnomalar «annuitet» deb nomlanadi. Pensiya uchun jamg'arishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yganlar uchun maslaxatlarimiz quyidagicha: 1) pensiya uchun jamg'arishni erta boshlang, 2) diversifikatsiyalshgan aksiyalardan iborat investitsiya portfelini mablag'ga ehtiyoj yaqinlashganda kam daromadli, riski kam aktivlarga, jumladan, obligatsiyalarga yo'naltiring, 279 va 3) pensiya dasturi uchun ko'zda tutilgan soliq imtiyozlaridan foydalaning. Qanday qilib va nimaga investitsiya qilish uchun ehtiyot bo'lish kerak bo'lgan narsalar ko'p. Siz ushbu ogohlantirishlarni yodingizda tuting. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling