James d. Gwartney
O'zingizni himoyalash uchun
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEMENT 4.12
- «Bemorlarni himoyalash va arzon tibbiy yordam xizmati togrisidagi»
O'zingizni himoyalash uchun
sug'urtadan foydalaning Hayot risklardan iborat. Bu risklar kichkina va moliyaviy jihatdan ahamiyatsiz (masalan, restoranda yomon xizmat ko'rsatilishi) yoki katta va moliyaviy jihatdan halokatli (masalan, og'ir kasallik yoki tabiiy ofat uyingizni vayron qilishi) bo'lishi mumkin. Garchi riskni butunlay bartaraf etaolmasangiz ham, uni pasaytirish va boshqarish bo'yicha choralar ko'rishingiz mumkin. Riskni pasaytirishga qaratilgan qarorlarni qabul qiling. Masalan, avtomobilni boshqarganda SMS yozmaslik avrohalokat ehtimolini kamaytiradi. Xavfsizlik kamarini taqish esa mashina to'qnashuvida shikastlanish ehtimolini kamaytiradi. Tutun detektori va xavfsizlik tizimini o'rnatish uyingizda yong'in yoki o'g'irlik sodir bo'lishi ehtimolini kamaytiradi. Shakar iste'molini kamaytirish va kam xolesterinli mahsulotlarni iste'mol qilish kasallikka chalinish ehtimolini pasaytiradi. Bularning barchasi riskni pasaytirsa ham, lekin uni butunlay bartaraf eta olmaydi. Qanday qilib riskni boshqarish va o'zingizni yomon oqibatlardan himoya qilish mumkin? Sug'urta orqali mulk (masalan, uy yoki avtomobil) ziyoni, kasallik, daromad yo'qotish yoki boshqa tahlikali hodisalardan kelib chiqadigan moliyaviy zararlarni kamaytirish ELEMENT 4.12 289 mumkin. Sug'urta salbiy hodisalardan jabr ko'rgan a'zolarning moliyaviy zararlarini qoplash uchun bir guruh odamlarning badal to'lovlarini jamlab, risklarni taqsimlash imkoniyatini yaratadi. Odamlar odatda risk taqsimlanishini unutadilar, chunki ular sug'urta badalini sug'urta kompaniyasiga to'laydilar, lekin boshqa a'zo shaxslar bilan aloqa qilmaydilar. Sug'urta kompaniyasi riskni taqsimlash jarayonida vositachi vazifasini bajaradi. Kompaniya guruhga a'zo har bir shaxsdan (sug'urta polisi egalari) badal to'lovlarini yig'ib, sug'urtada ko'rsatilgan zarar sodir bo'lganda uni qoplaydi. Risk taqsimlanishini quyidagi misolda ko'rishimiz mumkin. Siz to'rtta sherik bilan tushlik qilishga restoranga borasiz va jami xarajat 100 yevroga tushadi deb taxmin qilasiz. Beshalangiz ofitsiant qizga tushlikdan keyin chekni tasodifan bittangizga berishni aytib, chekni olgan shaxs butun summani to'lashishini kelishib olasiz. Siz va sheriklaringiz quyidagi ikkita variantdan birini tanlashingiz mumkin: (1) 100 yevro chekni to'lash sizga tushmaydi deb tavakkal qilasiz yoki (2) sug'urtachiga 20 yevro badal to'laysiz va u, o'z o'rnida, chek sizga tushgan holda 100 yevroni to'lab beradi. Ko'p odamlar ikkinchi variantni tanlaydi, chunki uning riski pastroq. Garchi sizga 20 yevro to'lashga to'g'ri kelsada, siz o'zingizni butun 100 yevrolik chek to'lashning 20 foiz ehtimolidan himoya qilasiz. Albatta, riskni taqsimlash bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi sug'urtachilarning xarajatlari ham bor. Ular riskni baholashi, kelishuvni rasmiylashtirishi, badallarni yig'ishi, da'volarni ko'rib chiqishi va tasdiqlashi hamda to'lovlarni amalga oshirishi lozim bo'ladi. Risk xarajatlaridan tashqari ushbu faoliyatlarni amalga oshirish bilan bog'liq xarajatlarni ham qoplash kerak bo'ladi. Shuning uchun sug'urta badallari kutilgan zarar xarajatlaridan biroz kattaroq bo'lishi kerak. Misol uchun, agar sug'urta kompaniyasi tushlikka borgan guruh a'zolarini 100 yevro chekni to'lashga bo'lgan 20 foiz ehtimoldan himoya qilishni taklif qilmoqchi bo'lsa, unda xizmatini taklif qilishga istagi bo'lishi uchun har bir a'zosidan 20 yevrodan sal ko'proq, aytaylik 22 yevrodan badal talab qilishi lozim. Sug'urta baxtsiz hodisalarning yukini barcha sug'urta a'zolari o'rtasida taqsimlashi orqali riskni pasaytiradi. Tushlik misolida 100 yevrolik chekning kelishi aniq. Noaniqlik chek guruhning qaysi a'zosiga topshirilishini oldindan bilmaslikdan tug'iladi. Guruhning kattaligi potensial zarar miqdorini oshiradi, lekin u guruhning alohida bir a'zosiga chekning topshirilish ehtimolini ham kamaytiradi. 290 Ko'pchilik odamlar katta summani tavakkal qilishga moyil emas. Bu degani biz turli hodisalarning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida qo'shimcha haq to'lashga tayyormiz. Sug'urta sotib olish risk ta'sirini kamaytirish yo'llaridan biri hisoblanadi. Buni osonroq tushunish uchun o'zingizdan quyidagini so'rang: agar xolis tangani (129) aylantirib otilganda u boshi bilan tushsa, sizga 1000 yevro to'laydigan, lekin orqasi bilan tushsa, siz 1000 yevro to'laydigan garovni qabul qilasizmi? Bunday garov pul jihatdan «adolatli» bo'lsa ham, ko'pchiligimiz bunday garovni qabul qilmaymiz. Nima sababdan? Siz yutqazganda boy berishingiz (xarid qilish emas) mumkin bo'lgan narsalar qiymatini yutganda sotib oladigan narsalar qiymatidan balandroq baholaysiz. Bu aniq, chunki garovsiz siz ikkinchisidan ko'ra birinchisini tanlaysiz. Biroq, sug'urta har doim ham iqtisodiy jihatdan samarali emas. Riskni sug'urtalashdan oldin obdon o'ylab ko'ring. Jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin bo'lgan hodisalarga qarshi albatta sug'urta sotib olishingiz lozim. Bunga o'gir kasallik tufayli uzoq muddat davomida mehnat qobiliyatini yo'qotish, avtohalokat yoki suv toshqinidan uyingizga shikast yetishi misol bo'ladi. Maishiy texnika yoki televizor buzilishi kabi kichik va ahamiyatsiz salbiy oqibatlarni sug'urta qilish iqtisodiy nuqtai nazardan samarali emas. Potensial zararga nisbatan riskni taqsimlash bo'yicha xizmat ancha qimmatga tushadi. Shuning uchun bu risklarni qabul qilib, ularni rejalashtirish va yetkazilgan zararni qoplashda «qora kun» uchun mo'ljallangan jamg'armadan (4-bob, 6-elementga qarang) foydalanish tejamliroq hisoblanadi. Aksincha, avtomobil, uy-joy va tibbiy sug'urtalar iqtisodiy jihatdan samarali sug'urtalardir. Ushbu holatlarda riskni odamlar guruhi o'rtasida taqsimlash xarajati odatda salbiy oqibatning potensial zarar miqdoridan kamroq bo'ladi. Quyida shu mavzuni ko'rib chiqaylik. Ko'p mamlakatlarda avtomobilni sug'urta qilish avtomobil egalari uchun majburiydir. Sug'urta polisingiz minimal talablarga javob berishini sug'urta kompaniyangizdan aniqlab oling. Sug'urta badal miqdori bir necha omillarga bog'liq. Bularga haydovchilik tarixi, haydovchining xarakteristikasi, avtomobil turi, sug'urta qamrovi chegarasi va sug'urtachi franshizasi kabilar kiradi. Sug'urtachi franshizasi — bu sug'urta holati yuzaga kelganda zararning mijoz tomonidan qoplaydigan qismi. Misol uchun, 500 yevroga teng sug'urtachi franshizasida mijoz sug'urta kompaniyasi zararni qoplashidan oldin 500 yevro to'lashi lozim. 291 Odatda franshiza miqdori qancha yuqori bo'lsa sug'urta badali shuncha past bo'ladi. Sug'urta qamrovi chegarasi - bu sug'urta holatida sug'urta kompaniyasi qoplaydigan maksimal miqdor. Avtosug'urta bir necha asosiy zarar turlarini qoplaydi. Avtohalokat sug'urtasi avtomobilga yo'l transport hodisasidan yetkazilgan zararni qoplaydi. Keng qamrovli sug'urta avtohalokatdan mustasno hodisalar, jumladan, avtomobilni o'g'irlash, vandalizm va tabiiy ofatlardan (daraxt shoxiningdan mashinaga shikast yetishi) yetkazilgan zararlarni qoplaydi. Avtomobil bo'yicha javobgarlik sug'urtasi (gohida uchinchi tomon javobgarligi deb ham ataladi) ikki xil shaklda keladi. Birinchisi avtomobilingiz tufayli odamlarga yoki ularning avtomobiliga yetkazilgan shikastni qoplaydi. Ikkinchisi sizning yoki yo'lovchilaringizning sog'lig'i yoki hayotiga yetkazilgan zararni qoplaydi. Misol uchun, 500 ming yevroga teng javobgarlik sug'urtasi sug'urta hodisasi yuz berganda haqiqiy zarar miqdori kattaroq bo'lsa ham, zararning faqat 500 ming yevrogacha bo'lgan qismini qoplaydi. Sug'urta polisini sotib olganda sug'urta summasining chegarasi va franshiza darajasiga e'tibor bering. Favqulodda vaziyat uchun yoki boshqa maqsadlar uchun mo'ljallangan jamg'armangizda franshiza xarajatlarini to'lashga mablag' yetarlimi? 4-bobning 11-elementida muhokama qilganimizdek, uy-joy ko'pchilik uchun eng katta investitsiyadir. Shuning uchun eng katta aktivingizni zararga qarshi sug'urtalash yaxshi fikrdir. Gohida mamlakatdagi qonun-qoidalar va (yoki) ipoteka krediti bergan moliyaviy muassasa ma'lum darajadagi sug'urtani talab qilishi mumkin. Sug'urta polisingiz majburiy minimal talablarga javob berishingiz uchun sug'urta kompaniyangiz bilan maslahatlashing. Xuddi avtosug'urta kabi uy-joy sug'urtasi ham franshiza va qamrov chegarasiga ega. Avtosug'urta kabi, franshiza summasi yuqori bo'lsa, odatda sug'urta badali pastroq bo'ladi. Qancha risk ola olishingizni yaxshilab o'ylab ko'ring. Tibbiy sug'urta mamlakatlar o'rtasida bir-biridan katta farq qiladi. Moliyalashtirish va to'lov uslublari hamda sug'urta rejalarining xilma-xilligi bu sug'urta turini murakkablashtiradi. Ba'zilar davlat tomonidan sug'urtalangan bo'lib, ular uchun qo'shimcha xususiy sug'urta sotib olish imkoniyati kam yoki bo'lmasligi ham mumkin. Boshqalar ish beruvchi orqali sug'urtalanishi yoki sug'urtani bevosita sug'urta kompaniyasidan sotib olishlari mumkin. Ba'zilar sug'urta badalini to'laligicha o'zlari to'laydilar, boshqalar uchun uchinchi tomon (masalan, davlat yoki ish beruvchi) to'lashi mumkin. Badalni kim to'lashi va qanaqa zarar 292 qoplanishiga qarab sug'urta rejalari farq qiladi. 2010-yilda Qo'shma Shtatlarida Kongress tomonidan «Bemorlarni himoyalash va arzon tibbiy yordam xizmati to'g'risidagi» (?) qonunning qabul qilinishi natijasida sug'urta qamrovi yanada kengaydi hamda soliqlar, jarimalar va subsidiyalar tizimi joriy etildi. Bu esa sug'urtani yanada murakkablashtirib yubordi. Boshqa mamlakatlarda butun sog'liqni saqlash tizimi davlat tomonidan nazorat qilinadi. Tibbiy sug'urtaning murakkabligi va turli mamlakatlar tibbiy sug'urtalarini taqqoslash ushbu kitobning mavzusi doirasidan chetga chiqadi. Biroq, bir necha printsiplarni tushuntirib o'tishni maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Tibbiy sug'urta to'lovlari to'rt xil shaklga ega. Birinchisi - sug'urta rejasini olish uchun badal (soliq) to'lash. Ikkinchisi - sug'urta franshizasi. Uchinchisi - tibbiy xizmat, masalan shifokorga tashrif buyurish yoki dori uchun retseptga qo'shimcha to'lov. To'rtinchisi - qo'shma sug'urta rejasi; unda tibbiy xarajatlarning ma'lum foizini mijoz to'laydi. Masalan, rejaga ko'ra mijoz kasalxona yoki tibbiy muolaja xarajatlarining 20 foizigacha qismini to'lashi mumkin. Ayrim mamlakatlarda qo'shimcha yoki qo'shma sug'urta to'lovlarini qoplash uchun qo'shimcha xususiy sug'urta sotib olish mumkin. Ba'zi holatlarda sug'urta himoyasining mavjudligi riskni oshiradi. Bu holat insofsizlik xavfi deb ataladi. Quyidagi holatlarni faraz qiling. Reychel yigirma yillik avtomobilini sotib, o'rniga eng oxirgi texnologik taraqqiyot namunalari va xavfsizlik asboblari bilan jihozlangan avtomobil modelini sotib oladi. Yangi avtomobilda o'zini xavfsizroq his qilgan Reychel endi unchalik ehtiyot bo'lib haydamasligi mumkin, chunki xavfsizlik asboblari tufayli avtohalokatda jarohat olishning ehtimoli kamroq. Jeykobning onasi u skeytbordda uchganda shlem, tizzaband, tirsakband va uzun shim kiyishini talab qiladi. Xavfsizlik va himoya hissidan ruhlanib hamda jarohat olish ehtimoli kamayganini tushunib, Jeykob skeytbordda xavfli sakrash va manyovrlarni bajarishga harakat qilishi mumkin. Ivanka bir necha yillardan beri chang‘ida uchmagan edi va qanchalik yodida ekani haqida ikkilanmoqda. Suyaklar sinishi kabi jarohatlarni ham qoplaydigan to‘liq tibbiy sug‘urta bilan u eng baland va xavfli qiyalikda uchishga jurʼat etishi mumkin. Tibbiy sug‘urtasiz u faqatgina xavfsiz tepalikda uchishni tanlashi mumkin. Ikkala vaziyatda ham u o‘zini qanchalik xavfsiz his qilishidan kelib chiqib, qaltislik darajasi ham oshadi. Bu yerda ko'rib chiqilmagan boshqa sug'urta turlariga hayot sug'urtasi, nogironlik 293 sug'urtasi va uzoq muddatli tibbiy sug'urta kiradi. Bularga (yoki har qanday boshqa sug'urtaga) bo'lgan zaruriyat ma'lum mamlakatning ijtimoiy siyosatiga juda bog'liq. Umumiy tushunchalar yozilgan kitobda har bir holat uchun to'g'ri keladigan maslahat berishning ilojisi yo'q. Biz faqatgina shunchaki «hammasi yaxshi bo'ladi» deb faraz qilmasdan, o'z vaziyatingizni yaxshilab tahlil qilib chiqish aqlli fikr deb ayta olamiz. Qancha risk qila olishingizni o'ylaganingizdan keyin, bartaraf bo'lmaydigan, lekin sug'urta orqali pasaytirish mumkin bo'lgan risklarni tahlil qiling. Katta potensial oqibatlarga ega risklarga qarshi sug'urta qilish mantiqan to'g'ri qaror bo'ladi. Ammo agar potensial zarar kichik bo'lsa, unda uni oylik byudjetingizga qo'shish yoki favqulodda vaziyat uchun mo'ljallangan jamg'armangiz hisobidan qoplashi maqsadga muvofiqdir. Sug'urta strategiyasining eng asosiy maqsadi halokatli moliyaviy zararning oldini olishdan iborat. Sug'urtadan ko'pincha o'rta yoki yuqori daromadli mamlakatlar va oilalar foydalansa ham, agar to'g'ri sug'urta turini tanlay olsalar, aslida undan odatda kambag'allar ko'p foyda ko'radilar. Shunday sug'urta turlari hozir yaratilib kelmoqda. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling