James d. Gwartney


Elementlarda keltirilgan adabiyotlar


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Elementlarda keltirilgan adabiyotlar
1. 
Rag'batning kuchi
2. 
«Bosilmagan yo'l»
3. 
Imkoniyatlar va xarajatlar
4. 
Bozorlar va marjinalizm
5. 
Ixtisoslashuv va boylik
6. 
Foyda uchun hayotlarni qurbon qilish
7. 
Men — qalam va mening shajaram
8. 
Ish o'rinlari yoki boylik yaratish
9. 
Yaqqol va yashirin natijalar
10. 
Yalpi ichki mahsulot — u nima va u qanday o'lchanadi?
11. 
Xususiy mulk va muqobil qiymatlar
12. 
Qishloq xo'jaligi yerlarining kamayishi
13. 
Yordamga iltijolarni tsenzura qilish
14. 
Bozorlar va erkinlik
15. 
Quyosh bilan adolatsiz raqobat
16. 
Siznikimas xo'jayinlik qilishga
17. 
Siyosat va tashqi savdo
18. 
Energiya ishlab chiqarish va tejash
19. 
Ijtimoiy hamkorlik va bozor
20. 
Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar o'tkazish zarurati


311
Element 1.1 ga qaytish
Rag'batning kuchi
Mulohaza uchun savol: ushbu matnni o'qib, rag'batlantirish nima va nima sababdan u
ahamiyatga egaligini o'ylab ko'ring.
Insonlarni muayyan faoliyatga chorlashning eng ishonchli yo'li bu ularni shu faoliyat
uchun taqdirlash, ya'ni rag'batlantirishdan iborat. Bu shunchalik ravshanki, uni alohida
ta'kidlab o'tishga arzimaydi, deb o'ylashingiz mumkin. Lekin uni qayd etishga arziydi.
Insonlarni foydali ishni qilishi uchun ularni taqdirlash (yoki ularga pora berish) lozim
emas, deb aytishingiz mumkin. Rag'batlantirishning zarurligini tan olsangizda, foydali
faoliyatga boshlovchi rag'batlantiruvchi omillarni qanday aniqlash oldindan ravshan emas.
Men yaqinda rag'batlantiruvchi omillardan xayrixoh maqsadlarda foydalinishga ba'zi
insonlarda uchraydigan hissiy qarshilikka duch keldim. Zimbabve va Janubiy Afrikadagi
fillarni muhofaza qiluvchi siyosatdan aholi manfaatdorligi tufayli fillar to'dasi ko'payib
borayotganlini ta'kidlab o'tgan edim. Atrof-muhit muammolariga befarq bo'lmagan
talabalardan biri agar fillarni muhofaza qilishning yagona yo'li odamlarning moddiy
manfaatdorligiga bog'liq bo'lsa, unda ularni muhofaza qilinmagani ma'qul, deb javob qaytardi.
Boshqacha qilib aytganda, agar oqibatda faqat fillarning o'zi jabr ko'radigan bo'lsa, u o'z
printsipida qolishga tayor edi. Uning printsipiga asosan, o'ylaymanki, uning bu nuqtai nazariga
xayrixoh bo'lganlar ham topiladi, yaxshi ishlar o'z manfaatini ko'zlash orqali emas, balki
hamdardlik va g'amxo'rlikka asoslanishi kerak. Men unga agar uni hayotini saqlash uchun
nozik jarrohlik amaliyoti zarur bo'lganda ushbu amaliyotni jarroxning o'rnida onasi bajarishiga
rozi bo'lsa, unda men uning ma'naviy qarashidan ta'sirlangan bo'lar edim, deb aytishdan
o'zimni tiya olmadim.
Odamlarni rag'batlarning zarurligiga ishontirish muvofiq rag'batlarni topishdan
murakkabroq emas. Albatta, biz insonlarni ma'qul bo'lgan hatti-harakatlarni qilishga
chorlovchi rag'bat tizimini istaymiz, ammo nimalar ma'qul o'zi? Ba'zi hollarda buning javobi

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling