James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Muallif: Duayt Li


312
aniq. Lekin har doim ham emas.
Har safar biror saxovatli ish qiliar ekansiz, yana boshqa bir saxovatli ish qilish
imkoniyatingiz kamayadi. Bu resurslar tanqisligining muqarrar ta'siri bo'lib, u muqobil qiymat
tushunchasida o'z aksini topgan. Har qanday holatda ham muqobil tanlov mavjud bo'lib, biz
eng to'g'ri yo'lni tanlashimiz uchun odatda juda ko'p manbalardan ma'lumot izlashimiz zarur.
Demak, rag'batning ikkita muhim vazifasi bor: (1) eng maqbul harakatlar to'g'risida ma'lumot
yetkazib berish va (2) ularning ijrosini ta'minlash uchun odamlarni undash.
Rag'bat va Mahbuslarga Munosabat
Ba'zi hollarda faoliyatning ma'qul yo'nalishi aniq, bu esa odamlarni ushbu faoliyatga
chorlovchi rag'batning kuchiga diqqatimizni qaratishimizga imkon beradi. Britaniya
hukumatining 1860-yillarda Avstraliyaga mahbuslarni tashish bo'yicha kema kapitanlari bilan
shartnoma tuzish amaliyoti bunga yaxshi misol bo'ladi. Avstraliyaga jo'natilgan mahbuslarning
omon qolish darajasi atigi 40 foizni tashkil etib, bu hammaga ma'lum bo'lganidek, juda ham
past ko'rsatkich hisoblangan. Insonparvarlik guruhlari, cherkov va davlat muassasalari ahloqiy
nuqtai nazardan kelib chiqib, kapitanlarni mahbuslarning omon qolish darajasini oshirish
uchun ular bilan yaxshi munosabatda bo'lishga chaqirdi. Ushbu chaqiruvga qaramasdan,
yashash ehtimoli 40 foizligicha qoldi.
Nihoyatda, Edvin Chedvik ismli iqtisodchi rag'batlantirish tizimiga o'zgartirish kiritish
bo'yicha taklif bilan chiqdi. Chedvik Angliyada kemaga chiqqan har bir mahbus uchun
kapitanlarga haq to'lash o'rniga, ularga haqni kemadan Avstraliyaga qadam qo'ygan har bir
mahbus uchun to'lashni taklif qiladi. Bu darrov keskin o'zgarishga olib keldi. Mahbuslarning
omon qolish darajasi 98 foizgacha oshdi, chunki kapitanlarni mahbuslar sog'lig'ini himoya
qilishga rag'batlantirish ortidan har bitta kemaga joylashtirilgan mahbuslar soni kamaytirildi,
ular safar davomida yaxshiroq ovqat bilan ta'minlandi va gigienaga e'tibor qaratildi
(1)
.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling