James d. Gwartney
Erkinlik eng katta afzallikdir
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuniy savol
Erkinlik eng katta afzallikdir
Men yuqorida amalda hech qachon erishib bo'lmaydigan «mukammallik» darajasi haqida gapirdim. Tegishli marjinal ko'rsatkichlar hech qachon to'liq tenglikka kelmaydi, chunki xom ashyo va mahsulot qiymatlariga doimo o'zgarib turuvchi son-sanoqsiz istaklar, shart- sharoitlar va texnologiyalar ta'sir ko'rsatadi. Biroq, bozor narxlari doimo o'zgarib, yangi shart- sharoitlar to'g'risida ma'lumot berib turadi va marjinal tenglikka olib keluvchi faoliyatni rag'batlantiradi. Bu xarajatlarni kamaytiradi va ishlab chiqariladigan mahsulotning qiymatini oshiradi. Bozorning ushbu moslashtiruvchi kuchlari, har bir qaror qabul qilivchi shaxs tomonidan o'zgalar qarorlarini nazaridan chetda qoldirmasligini hisobga olgan holda, iqtisodiy qarorlar qiymatini maksimallashtirishni har qanday davlat rejalashtirish muassasasidan yaxshiroq uddalaydi. Lekin bozorning eng katta afzalligi u ta'minlagan erkinlikdadir. Biror davlat muassasasi odamlarni katta-katta toifalarga ajratib, ularni o'zi ko'zlagan farovonlik tomon qanday harakat qilishga chaqirishidan ko'ra odamlar o'z shaxsiy qadriyatlarini himoya qilishlari va o'z tashvishlarini o'zlari hal qilishlari mumkin. Masalan, agar tadbirkor kam ta'minlangan oilalardan yoshlarni ishga yollashni yoki biroz vaqtini volontyorlik faoliyatiga bag'ishlashni 324 istasa, unda uning biznesi maksimal foyda olmasligi mumkin. Yoki ishchi xasta ota-onasidan uzoqqa ketib qolmaslik uchun katta maosh taklif qilgan uzoqdagi ishni tanlamasligi mumkin. Odamlar bunday qarorlarni kundalik qabul qiladilar va ular bilan bog'liq qadr-qimmatlarni hech qaysi siyosiy jarayonlar orqali almashib yoki siyosiy tashkilotlar tomonidan hisobga olib ham bo'lmaydi. Biroq, odamlar o'z qadr-qimmatlari va tashvishlarini qabul qilgan qarorlarining bozor narxlariga ta'siri orqali almashishlari mumkin. Bunda ular boshqalar ham ularning ushbu tashvishlarini o'z qarorlarida hisobga olishiga ishonch bilan qarashlari mumkin. O'zaro moslashishlar va muvofiqlashtirishlar natijasi o'laroq markaziy boshqaruvchi orqali yetishish mumkin bo'lgan miqdordan ancha mo'l boylik va imkoniyatlar yaratiladi. Yakuniy savol: Davlat yoki firmadan qaysi biri ishlab chiqarish hajmini va uning qiymatini maksimal darajaga oshirishda yaxshiroq natijaga erisha oladi? Tushuntirib bering. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling