James d. Gwartney


Ixtisoslashuvning alohida roli


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Ixtisoslashuvning alohida roli
O'n sakkizinchi asr oxirlarida iqtisodiyot alohida intizom sifatida ajralib chiqqanida
uning o'rganadigan asosiy masalasi ayon edi. Adam Smit iqtisodiyot bo'yicha kitobini
Muallif: Duayt R. Li


326
«Millatlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish» deb nomlagan va uning boylikni
izohlashga bo'lgan qiziqishini kitobning birinchi sahifasidanoq sezish mumkin.
Smit kitobni quyidagi kuzatuvdan boshlaydi: «Mehnatning unumdorlik qobiliyati
o'sishida eng katta o'zgarish . . . ko'rinishidan, mehnat taqsimoti tufaylidir». U ixtisoslashuv
yoki mehnat taqsimotining ahamiyatini nina to'g'nag'ich fabrikasi misolida har bir ishchi
diqqatini nina to'g'nag'ichni boshidan oxirigacha ishlab chiqarishga emas, balki ma'lum bir
bosqichiga jalb qilishining afzalligini namoyish qiladi. Ixtisoslashuv orqali ishchilar malaka
hosil qilishi, mehnat unumdorligini oshirish maqsadida asbob-uskunalardan foydalanishi
hamda tinmay bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o'tishi natijasida vaqt behuda yo'qolishining
oldini olishlari mumkin. Ushbu afzalliklar aniq va ravshan, ammo unumdorlikning oshishi biz
kutganimizdan ham ancha katta. Smitning hisob-kitobi bo'yicha, agar o'nta nina to'g'nag'ich
ishab chiqaruvchi turli vazifalarga ixtisoslashsa, ular kuniga deyarli qirq sakkiz mingta nina
to'g'nag'ich ishlab chiqarishlari mumkin bo'ladi. Ammo ularning har biri nina to'g'nag'ich
ishlab chiqarish jarayonining hamma vazifalarini o'zi bajarishga harakat qilsa, Smit unda
ularning har biri kuniga yigirmata yoki ular jami ikki yuzta nina to'g'nag'ich ishlab chiqara
oladi, deb ishongan.
Biroq unumdorlikni chinakam oshirish uchun ishlab chiqarish hajmini oshirishning o'zi
kifoya emas. Mutaxassis shaxsiy iste'moliga keragidan ortiqcha mahsulot ishlab chiqaradi.
Katta hajmda mahsulot ishlab chiqarish mahsulot uni qadrlaganlar qo'liga yetib borsagina
samarali hisoblanadi. Shunday qilib, ixtisoslashuvning afzallik tomoni odamlarning bir-biri
bilan hamkorlik qila olish darajasiga bog'liq. Ixtisoslashuv natijasida yaratilgan mahsulotlardan
o'ziga kerakligini olishi uchun har kim boshqalarga zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishga
ixtisoslashishi kerak. Bunday hamkorlikka, shuningdek, ixtisoslashuvdan unumdorlikka
erishish uchun ayirboshlash yagona yo'l hisoblanadi.
Adam Smit ayirboshlash va unumdorlik o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikning ahamiyatini
anglab, quyidagini qayd etadi: «[mehnat] taqsimoti darajasi doimo . . . bozor miqyosi bilan
chegaralanishi kerak». Agar ayirboshlashni faqat kichik qishloq doirasida amalga oshira
olsangiz, unda sizning unumli ixtisoslashuv darajangiz nihoyatda cheklangan. Masalan, agar
kishining muvaffaqiyatini faqat bir necha odamlargina qadriga yetsa va shunga yarasha
taqdirlasa, qancha odam, iste'dodi buyukligidan qat'i nazar, yozuvchilik, rassomchilik yoki


327
musiqa asbobi chaluvchisi kasblarini tanlashi mumkin? Shunday holatlarda, ko'p odamlar
barcha hunarlarning egasiga aylanishi mumkin, lekin hech birida usta bo'la olmaydi. Bozor
qanchalik cheklangan bo'lsa, ixtisoslashuvning unumdorlik salohiyati ham shunchalik
cheklangan bo'ladi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling