James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Element 1.3 ga qaytish
1. Misol uchun, agar 1 dollarlik X ishlab chiqarish resursining marjinal unumdorligi 2 ga teng bo'lsa, 1 dollarlik Y ishlab
chiqarish resursining marjinal unumdorligi esa 1 ga teng bo'lsa, unda korxona X resursdan foydalanish hajmini 1 dollarga
ko'paytirishi (bu esa mahsulotni 2 birlikka oshiradi), Y resursdan foydalanish hajmini esa 2 dollarga kamaytirishi (bu esa
mahsulotni 2 birlikka kamaytiradi) orqali 1 dollarga kam xarajat sarf qilib, ayni miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarishi
mumkin. 
↩ 
2. Agar firma monopolist bo'lsa, ushbu izohni qo'shimcha sharhlash talab etiladi, chunki bunda narx marjinal daromaddan farq
qilishi bizga mikroiqtisodiyot fanidan ma'lum. Agar davlat tomonidan himoya qilinmasa, ushbu monopoliyaga bog'liq farqlik
uzoq muddatga qiyoslansa ancha bezarardir. Haqiqatan ham, agar korxonalar «monopoliya» hukmronligiga yetishishga
harakat qilsa va vaqtinchalik bunga erishsa, unda faol iqtisodiyotning samaradorligi oshadi. 
↩ 
Duayt Lining «Bozorlar va marjinalizm». Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi asosida
The Foundation for Economic Education
tashkiloti tomonidan taqdim etilgan.


325
Element 1.4 ga qaytish
Ixtisoslashuv va boylik
Mulohaza uchun savol: ushbu matnni o'qib, ixtisoslashuv, ixtiyoriy ayirboshlash va
hamkorlik qanday qilib boylikning ko'payishiga olib kelishini o'ylab ko'ring.
Ijtimoiy hamkorlikning nihoyatda katta qismi bozor munosabatlari natijasida yuzaga
keladi. Keling, shu hamkorlikdan kelib chiqadigan ba'zi afzalliklarni ko'rib chiqaylik. Umumiy
olib qaraganda bu afzalliklar bizga ravshan. Agar faoliyatimizni qarama-qarshi maqsadlarni
ko'zlab emas, balki o'zaro kelishuv asosida yuritsak, mehnat unumdorligimiz oshishi tabiiydir.
Biroq, iqtisodiyotni chinakam tushunish uchun hamkorlik va unumdorlik o'rtasidagi
bog'liqlikni ko'rib chiqishimiz kerak bo'ladi.
Kamdan-kam hollarda boylik osmondan yog'ilgan manna kabi keladi. Uni yaratish
uchun inson tashabbusi, zakovati va asta-sekin o'z mevasini beradigan tabiiy qobiliyatlarga
sabr-bardoshlik zarur bo'ladi. Bunisi bizga ravshan. Odamlar uchun boylikning tezda oddiy bir
holatga aylanishi esa bozor munosabatlarining ishlab chiqarish unumdorligini oshirishda
erishgan muvaffaqiyatlaridan biridir. Olim va siyosatchilar o'zlarining eng asosiy masalasi
boylik taqsimoti deb bilishadilar va siyosiy ko'rsatmalarining ishlab chiqarishga to'sqinlik
qilyapti degan har qanday xavotirni chetga surishadi. Ular qashshoqlikning sabablarini (yoki
boylikning «nomuvofiq» taqsimlanishini) tinmay muhokama qiladilar, lekin aftidan boylikning
sabalarini aniqlash jiddiy masala ekanligini unitib qo'yadilar. Kapitalizmning muvaffaqiyati
ko'plab ziyoli odamlarni taqsimot faqat lug'atdagina ishlab chiqarishdan oldin kelishini
ko'rishdan mahrum qildi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling