James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foyda uchun hayotlarni qurbon qilish Mulohaza uchun savol
Element 1.4 ga qaytish
Duayt Lining «Ixtisoslashuv va boylik». Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi asosida The Foundation for Economic Education tashkiloti tomonidan taqdim etilgan. 329 Element 1.6 ga qaytish Foyda uchun hayotlarni qurbon qilish Mulohaza uchun savol: Avtomobil ishlab chiqaruvchilar foyda uchun inson hayotidan kechadilarmi? Nima sababdan inson hayotining qiymati va foyda o'rtasida tafovut bo'lishi mumkin? Odamlar hayotning bebaholigi to'g'risida tez-tez gapirsalarda, ular har kuni hayotlariga o'z faoliyatlari orqali baho beradilar. Odamlar xushchaqchaqlik qilish uchun yoki qulaylik va mablag' tejash maqsadida doimo ehtiyot choralalariga rioya qilmasliklari tufayli hayotlarini xavf ostiga qo'yadilar. Odamlar o'zlari qardlagan narsalarga erishish uchun o'z ixtiyorlari bilan tavakkalchilikka qo'l urib, o'z hayotlariga baho beradilar. Ular hayotlarining marjinal qiymati hattoki keragidan ortiqcha ovqatlanish, jismoniy mashq qilmaslik, haydashda tezlikni oshirish kabi harakatlar natijasida olgan zavq darajasidan ham pastroq ekanligini o'z hatti-harakatlari orqali namoyish etadilar. Afsuski, odamlar tavakkal qilganda, gohida achinarli hodisalarga duch keladilar. O'zlarini xavf ostida q'oyganlari tufayli jiddiy jarohat olganlarga achinish tabiiy holdir. Ammo hamdardligimiz tufayli voyaga yetgan odamlarning tavakkal ishga qo'l urishlariga aralashishimiz ularga yaxshilik qilyapmiz degani emas, chunki ular afzal ko'rgan va o'z vaziyatlaridan kelib chiqib amalga oshirgan faoliyatlari ular uchun mantiqan to'g'ri bo'lishi mumkin. Shunday bo'lsada, (1) hayotning marjinal qiymati bebaho emasligini tan olmaydigan hamda (2) narx va foyda odamlarga o'z xohish va istaklari to'g'risida korxonalarni xabardor qilishlarining samarali uslublari ekanligini tushunmaydigan xolis niyatli odamlar bu boradagi siyosatlarga befarqligini yoki qo'llab-quvvatlashini biz har kuni kuzatishimiz mumkin. Korporatsiyalar foyda uchun inson hayotiga xavfli mahsulotlar ishlab chiqarishini eshitib, bu toifadagi odamlar ahloqiy nuqtai nazardan bunga norozi ekanliklarini darrov bildiradilar. Odamlar har kuni yetarli darajada xavfsiz bo'lmagan mahsulotlardan foydalanganliklari bilan bog'liq baxtsiz hodisalar tufayli jarohat oladilar yoki halok bo'ladilar. Amaldagi huquq Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling