James d. Gwartney


Foyda orqali muloqot qilish


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Foyda orqali muloqot qilish
Lekin xavfsizlik darajasining qanchasi yetarli hisoblanadi? Javob har bir shaxsga
bog'liq. Masalan, ba'zi odamlar uchun mototsikl haydash shunchalik yoqadiki, halokatdan
omon qolish ehtimoli avtomobilga nisbatan 17 barobar kam bo'lishiga qaramasdan, ular
mototsikldan foydalanishda davom etaveradilar. Odatda odamlar daromadlari oshganda yoki
ularga ko'p odamlar qaram bo'lganda ko'proq xavfsizlikni talab qiladilar. Men universitetda
o'qigan davrimda bitta eshigi yaxshi yopilmaydigan eski «Volkswagen Bug» haydardim. Men
xavfsizlikdan ko'ra ko'proq ta'limni tanladim. Endi oilali bo'lganim va daromadim
ko'payganligi bois, xavfsizlikni kuchaytirish uchun pul to'lashga tayyorman va shuning uchun
ham Sherman tanki bo'lmasada, unga yaqinroq bo'lgan «Suburban» mashinasini haydayman.
Odamlar xavfsizlikka bo'lgan talablarini avtomobil ishlab chiqaruvchilarga qanday
bildiradilar? Turli mashinalar uchun ular to'lashga tayyor narxlar va shu narxlar natijasida
olingan foydalar orqali. Sherman tanki kabi xavfsizlikka ega mashina ishlab chiqarish foyda
olib kelmaydi, chunki uni hech kim sotib olmas edi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalar
iste'molchilar xush ko'rgan avtomobil dizaynlarini amalda tatbiq etish orqali ko'proq foyda
oladilar. Demak, agar mashina ishlab chiqaruvchilar ko'proq foyda olish maqsadida xavfsizlik
darajasini pasaytirsa, demak ular istaklarimizga mos harakat qilgan bo'ladilar.
Bu xatolar bo'lmaydi degani emas. Narx va foyda iste'molchilarning avtomobilga
bo'lgan istaklarining har bir jihati to'g'risida ma'lumotni jarroxlik aniqligi bilan bera olmaydi.
Biroq, avtomobil xavfsizligini ta'minlashda foydaning roli shundaki, agar avtomobil ishlab
chiqaruvchi iste'molchilar istagini bajarmasa, buni bajarishga tayyor boshqa avtomobil ishlab
chiqaruvchilar uchun foyda olish imkoniyati oshadi. Ushbu bozor jarayoni a'lo darajada
ishlamasada, u har qanday boshqa jarayondan yaxshiroq ishlaydi.
Afsuski, mahsulot xavfsizligi yetarli darajada ta'minlangan taqdirda ham, baxtsiz
hodisalar tufayli odamlarning jarohat olishi yoki halok bo'lishi to'xtamaydi. Bu baxtsiz
hodisalar inson hayotiga zomin bo'lishini va moliyaviy xarajatlarga olib kelishini anglash qiyin


332
emas. Shuningdek, agar mahsulotning xavfsizlik darajasiga yaxshi e'tibor berilganda edi,
yetkazilgan zarar darajasini kamaytirish mumkinligini tushunish ham qiyin emas. Lekin
millionlab odamlar qo'shimcha xavfsizlikdan voz kechib, tejalgan mablag'ni ta'lim, dori-
darmon, kiyim-kechak yoki uy-joyga sarflash imkoniyatiga ega bo'lishlarini ko'rish sirtdan
ayon emas. Ta'lim darajasining oshishi, dori-darmon, kiyim-kechak va uy-joy sifatlarining
yaxshilanishi umr ko'rish davomiyligining oshishi bilan bog'liq. Baxtsiz hodisa tufalyli kimlar
hayotdan ko'z yumganini aniqlash qiyin emas, lekin bozor narxlari va foyda orqali
boshqarilgan iqtisodiy tizim natijasida erishilgan farovonlik tufalyli kimlar bevaqt o'limdan
saqlab qolinganini biz hech qachon bilmaymiz. Biroq, ikkinchi guruhga kiruvchi odamlar soni
birinchi guruhga kiruvchilar sonidan ancha kattaligi shubhasiz.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling