James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Muallif: Duayt R. Li
330 tizimi baxtsiz hodisa tufayli jarohat olganlarni «xavfli» mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar ustidan sudga da'vo bilan murojaat qilishga bu qadar undashi hech qachon avval bu darajada kuzatilmagan. Bu kabi da'volarning ko'payishiga da'vogarlar va ularning advokatlariga to'lov miqdorining kattaligi sabab bo'lib, gohida bu to'lov miqdori nihoyatda katta bo'lishi ham mumkin. Masalan, 1999-yilda General Motors korxonasi olti nafar kishiga ularning 1979-yilda ishlab chiqarilgan Malibu avtomobiliga soatiga tezligi 50-70 mil bo'lgan va mast kishi tomonidan boshqarilgan mashina kelib to'qnashuvi natijasida yonib ketishi tufayli, ular kuyishdan olgan jarohatlari uchun ular foydasiga 4,9 milliard dollar to'lashi to'g'risida ajrim chiqarilgan edi (1) . Korporatsiyalar ko'proq foyda olish uchun inson hayotini xavf ostiga qo'yadi degan ayblovlarning yangrashi, sud hay'at a'zolari qarorlariga va aholi fikriga ta'sir ko'rsatib, katta to'lov to'lash to'g'risida hukm chiqarilishiga sabab bo'lishi mumkin. Bu ayblov adolatlimi? Shubhasiz. Biroq, bu korporatsiyalarni tanqid qilish degani emas, balki bu bozor iqtisodiyoti to'g'ri faoliyat yuritayotganini aks ettiradi. Korporatsiyalar ko'proq foyda olish uchun tez-tez mijozlari hayotidan kechib turishidan biz hammamiz manfaatdor bo'lamiz. To'g'ri, omadimiz chopgan, chunki korporatsiyalarni ularning foydasini oshirish uchun xavfliroq mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo'l qo'yadigan iqtisodiyotda yashaymiz. Foyda uchun hayotdan kechishning ma'qulligi sut, pechenye yoki yotishdan oldin kitob o'qish kabi quvonchli hodisa bo'lmasada, u hayotimizning achchiq haqiqati. Haqiqat esa taqchillik bilan bog'liq. Kerakli mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyati cheklangan. Agar biz biror narsani ko'proq istasak, boshqa narsalarni kamroq bo'lishiga kifoyalanishimizga to'g'ri keladi. Foyda uchun xavfsizlik choralariga e'tiborning susayishidan norozi bo'lganlar, ushbu haqiqatni e'tibordan chetda qoldiradilar. Masalan, agar mashinalar «Sherman» tanklari kabi ishlab chiqarilganda edi, yo'l harakati bilan bog'liq halokatlar soni qisqargan bo'lar edi. Lekin bu qo'shimcha xavfsilik benzin iste'molining oshishiga, qulaysizlikka, tezlikning pasayishiga va to'xtash joyining qulaysizligiga olib kelgan bo'lar edi. Tankomobil uchun haddan tashqari katta narx to'lab, natijada ko'plab boshqa narsalarni xarid qila olmasligimizni aytmasa ham bo'ladi. Avtomobil xavfsizligi tankomobil darajasiga yetmasidan ancha avvalroq, qo'shimcha umr davomiyligining marjinal qiymati voz kechishga to'g'ri kelgan boshqa narsaning marjinal qiymatidan ancha kichik bo'lgan bo'lar edi. Yo'l 331 harakati bilan bog'liq o'lim darajasini avtomobillarni imkon qadar xavfsiz qilib ishlab chiqarish orqali iloji boricha kamaytirish mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling