James d. Gwartney


Barbodchilik yo'li bilan ish o'rinlarini


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Barbodchilik yo'li bilan ish o'rinlarini
ko'paytirish
1840-yillarda Frantsuz siyosatchisi Bordoda yangi ish o'rinlarini yaratish maqsadida
Parij-Ispaniya temir yo'lining Bordodagi qismini portlatishni qo'llab-quvvatlovchi taklif bilan
chiqdi. Yuklar bir poezddan boshqasiga ko'chirilishi, yo'lovchilarga esa mehmonxonalar kerak
bo'lishi yangi ish o'rinlarini yaratishi mumkin edi. (Bu taklif XIX asr iqtisodchisi va ocherk
yozuvchisi Frederik Bastia tomonidan «Iqtisodiy safsatalar» kitobida [94-95 betlar] muhokama
qilinib, rad etilgan. Kitob bilan Iqtisodiy ta'lim fondining tegishli veb-saytida tanishish
mumkin).
Bu taklif mening oyiga besh tsentga odamlarni yollash to'g'risidagi taklifimdan ham
bema'niroq. Men bekordan-bekorga yetkazilgan zararni qisman bartaraf qilishdan ko'ra hech
bo'lmaganda qandaydir qiymatni yaratish uchun ishchi yollagan bo'lar edim. Afsuski,
vayronagarchilikka asoslangan iqtisodiy dasturlarning bema'niligi ularning taklif qilinishi yoki
amalga oshirilishining oldini olmaydi. Ish o'rinlari yaratilishini ro'kach qilib, siyosatchilar
odatda ma'lum qiymatga ega mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan mehnat
miqdorini oshiradigan qarorlarni qabul qiladilar.
Importni cheklashning sabablaridan biri mamlakat ichkarisida ish o'rinlarini yaratishdir
(yoki himoya qilish). To'g'ri, temir yo'li qismini portlatish mahalliy ish or'inlarini yaratgani
kabi bu ham mamlakat ichkarisida ish o'rinlarini yaratadi. Biroq, temir yo'lining buzilgani
singari importni cheklash ham qadrli mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxini oshiradi.
Mamlakat mahsulotlarni import qilishining yagona sababi import ushbu mahsulotlarni
olishning eng arzon yo'li. Import qilingan mahsulotlarni tashqi savdo orqali olish ularni
bevosita ishlab chiqarishga nisbatan kamroq ish kuchi talab qiladi. Shu jihatdan savdo
texnologik taraqqiyotga o'xshaydi: u bo'shagan ish kuchini iste'mol uchun tovar va xizmatlar
ishlab chiqarish hajmini ko'paytirishga yo'naltiradi. Importni cheklash orqali ish o'rinlarini
yaratish xuddi temir yo'llarni va zavodlarni barbod qilish orqali yoki ishchilardan zamonaviy
yer kavlaydigan asbob-uskunalar o'rniga belkuraklardan foydalanishni talab qilish orqali ish
o'rinlarini yaratishga o'xshaydi.
Shuni yoddan chiqarmangki, ish o'rinlarini yaratish iqtisodiy faoliyatning yakuniy


343
maqsadi bo'lgan boylik yaratish uchun bir vosita xolos.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling