340
Element 1.9 ga qaytish
Ish o'rinlari yoki boylik yaratish
Mulohaza uchun savol: davlat ish o'rinlari yaratish uchun harbiy bazalar va magistral yo'llar
qurishi kerakmi?
Davlat siyosati odatda yaratilgan ish o'rinlari nuqtai nazaridan baholanadi. Importni
cheklashga mamlakat ichkarisida ish o'rinlarini himoya qilish
va yaratishning usuli deb
qaraladi. Soliq imtiyozlari va soliq bo'yicha bo'shliqlar davlat qo'llab-quvvatlagan faoliyatlarda
bandlikni osirish maqsadida tez-tez qo'llanilib turadi. Prezidentlar ular lavozimga
kirishganidan keyin yaratilgan ish o'rinlarini faxr bilan qayd etadilar. Go'yoki, qanchalik yangi
ish o'rinlari
yaratilsa, prezident ma'muriyati ham shunchalik muvaffaqiyatli. Davlat xarajati
tarafdorlari davlat dasturlari doirasida yaratilajak ish o'rinlarini
qayd etishni hech kanda
qilmaydilar. Hattoki urush ham ish o'rinlari yaratishdagi roli tufayli ijobiy tomondan qaraladi.
Umuman olganda, ish o'rinlari yaratishning yomon tomoni yo'q. Ish — bu odamlar
uchun boylik yaratishining muhim vositasi. Shu sababli ish o'rinlari yaratilishiga e'tiborni
tushunsa bo'ladi. Biroq, aslida biz boylikni ko'paytirishni istashimiz, ish o'rinlari esa shunchaki
bunga yetishish vositasi ekanligini odamlar unutib qo'yadilar. Shu oddiy haqiqat unutilsa, ish
o'rinlarini yaratish asosiy maqsad degan yanglish fikrga odamlarni
osonlik bilan ishontirish
mumkin. Garchi bu fikrlar xolis tuyulsada, ulardan boylikni
yaratish maqsadida emas, balki uni
yo'q qilishga qaratilgan dasturlarni qo'llab-quvvatlashda foydalaniladi. Afsuski,
bunga juda
ko'p misollarni keltirish mumkin. Quyida ularning ba'zilarini ko'rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: