James d. Gwartney
Ish o'rinlarini yaratish muammo emas
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muallif: Duayt Li
Ish o'rinlarini yaratish muammo emas
Butun iqtisodiy faoliyatning maqsadi cheklangan resurslardan (jumladan, inson mehnatidan) imkoni boricha unumli foydalanib, qiymat yaratishdan iborat. Ammo resurslar taqchilligini bartaraf etishga qanchalik harakat qilmaylik, uni yenga olmaymiz. Natijada, biz Muallif: Duayt Li 341 hech qachon barcha istagan narsalarga erisha olmaymiz. Mavjud ish hajmi bajarilishi mumkin bo'lgan miqdordan doimo ortiq bo'ladi. Shu sabali ish o'rinlari yaratish muammo emas. Muammo maksimal qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishga moslashgan ish o'rinlarini yaratishda. Tasdiqlanmagan hikoyaga ko'ra, bir muhandis Xitoyga safari davomida bir guruh odamlar to'g'onni kirka va belkuraklar bilan barpo etayotganiga duch keladi. Muhandis ishchilarning nazoratchisiga agar odamlarga yer qaziydigan motorli texnika berilsa, ular ishni oylab emas, balki bir-necha kunda bitirishi mumkinligini aytganda, nazoratchi texnika ko'p ish o'rinlarini yo'q qilishini aytadi. Shunda muhandis: «Maqsadingiz to'g'on qurish deb o'ylabman- a», deb kinoya bilan javob qaytaradi. «Agar sizga ko'proq ish o'rinlari kerak bo'lsa, unda ishchilarga belkurak o'rniga qoshiq berib qo'ya qoling». Jorjiya universitetidagi talabalarimga aytib berganimdek, agar ishchilar menga arzonga, masalan oyiga besh tsentga, ishlab bersa, unda men Afina talabalar shaharchasidagi hamma aholini ishga yollashga tayyorman. Agar oylik ish haqini undan ham biroz pasaytirsak, unda men butun Jorjiya shtati aholisini yollashga tayyorman. Agar men ishchilarni shu stavkada yollasam, ularga to'g'onni qoshiq bilan barpo qilishni aytib, foyda olishim mumkin edi. Albatta, talabalar taklifimning bema'niligini tushunadilar, chunki ular boshqa ishda ko'proq ish haqi olishlari mumkin. Bu misol diqqatni yaratiladigan yoki yaratilmagan qiymatga emas, balki ish o'rinlariga qaratish noto'g'ri ekanligini yaqqol ko'rsatadi. Talabalarim men taklif etgan ishdan ko'ra yuqoriroq ish haqi to'laydigan ishlarda ko'proq qiymat yaratadilar. Ochiq mehnat bozorlarida shakllanadigan ish haqi katta afzallikka ega, chunki bunda odamlar shunchaki ishga emas, balki ular eng ko'p qadrlagan ish joyiga jalb etiladi. Bozor sharoitlarida shakllangan ish haqining yana bir afzalligi shundaki, unda ish beruvchilar ishchilarni ishga yollashning muqobil qiymatini hisobga olishlariga to'g'ri keladi. Shuningdek, ular doimo ayni qiymatni kamroq ishchi yollash orqali yaratish yo'llarini qidiradilar. Iqtisodiy farovonlik ayni miqdordagi yoki sifatliroq tovar va xizmatlarni kamroq ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish orqali erishiladi. Ayrim ish o'rinlarining tugatilishi natijasida bo'shagan ish kuchi yangi va samaraliroq ishlab chiqarishga yo'naltiriladi. Farovonlikning manbaini anglamaslik tufayli zararli davlat siyosatiga xayrixohlik bilan qarash keng tarqalgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling