James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Hech kim bilmaydi
Bu dunyoda hech kim meni qanday yasashni bilmaydi degan da'vomga hali ham gumon qiluvchilar bormi? Haqiqatdan ham, millionlab odamlar mening yaratilishimga hissa qo'shganlar, lekin ularning hech qaysi bu to'g'risida tasavvurga ega emaslar. Olis Braziliyada kofe donlari teruvchilar va dunyodagi boshqa oziq-ovqat yetishtiruvchilar orasida qarindoshlarimni izlasam, meni haddan tashqari chegaradan chiqib ketyapti deb aytishingiz mumkin. Ammo men o'z da'voimda qolaman. Shu millionlab odamlarning har biri, jumladan qalam zavodi prezidenti, meni yasashga ko'p emas, balki zarracha hissa qo'shganlar xolos. Texnologiya jihatdan qaraganda, Seylondagi grafit konchisi bilan Oregondagi daraxt kesuvchi o'rtasidagi farq foydalanilgan nou-xauning turidadir. Zavoddagi kimyogarsiz yoki neft konining ishchisisiz (parafin — neftdan olinadigan qo'shimcha mahsulot) meni yasashning iloji bo'lmaganidek, konchisiz va daraxt kesuvchisiz ham buning imkoni yo'q. Hayratlanarli haqiqat: na neft koni ishchisi, na kimyogar, na grafit yoki loy qazib oluvchi, na kema, poezd yoki yuk mashinasini boshqaruvchi yoki ularni ishlab chiqaruvchi, na metall halqamga qirralar bosadigan uskuna operatori, na kompaniya prezidenti o'z vazifalarini men ularga kerakligim uchun bajarmaydi. Ularning har biriga, ehtimol, birinchi sinf o'quvchisi uchunchalik ham kerak emasman. Haqiqatan ham, ularning orasida qalamni hech qachon ko'rmaganlar yoki undan qanday foydalanishni bilmaganlar ham bor. Ularning mehnat 337 qilishiga mendan boshqa sabab bor. Balki u quyidagidan iboratdir: ushbu millionlab odamlarning har biri o'z qobiliyatlarini ularga kerakli yoki ular xohlagan tovar va xizmatlarga ayirboshlay olishlarini biladilar. Men shu kerakli mahsulotlar orasida bo'lishim ham, bo'lmasligim ham mumkin. Hukmronsiz Yanada hayratlanarli haqiqat: mening yaratilishimga sabachi bo'lgan son-sanoqsiz faoliyatlarni tepadan turib talab qiluvchi yoki unga majburlovchi biror hukmron yo'q. Bunaqa shaxsning izi ham yo'q. Uning o'rnida biz «ko'rinmas qo'l»ning faoliyat natijasini ko'ramiz. Oldinroq ana shu jumboqni qayd etib o'tgandim. «Faqat xudo daraxt yarata oladi» deyishadi. Nima uchun bu gapga qo'shilamiz? O'zimiz bunga qodir emasligimizni anglaganimiz uchunmi? Daraxtni tasvirlab bera olamizmi o'zi? Yo'q, uni faqat yuzaki tushuntira olamiz. Masalan, daraxt ma'lum bir molekulyar tuzilishdan iboratligini tushuntirishimiz mumkin. Lekin daraxtning umri davomida bo'ladigan doimiy molekulyar o'zgarishlarni boshqarish u yoqda tursin, hech bo'lmaganda ularni izohlab bera oladigan odam topiladimi? Bunday qobiliyatning mavjudligi aqlga sig'maydi! Men, Qalam, mo'jizalarning — daraxt, rux, mis, grafit va hokazolarning — murakkab aralashmasi hosilasiman. Biroq, Tabiatda ko'rinadigan mo'jizalar ustiga yanada g'ayrioddiy mo'jiza qo'shiladi: bu odamzodning ijodkorlik quvvati, millionlab nou-xaularning biror boshqaruvchisiz, inson ehtiyoji va istagiga javoban birlashishidir! Daraxtni faqat xudo yarata olgani sababli, meni ham faqat xudo yarata oladi degan fikrni ma'qullayman. Inson molekulalarni birlashtirib, daraxt yarata olmaganidek, u meni yaratishi uchun ham millionlab qobiliyatlarni boshqara olmaydi. Yuqorida «Agar men mo'jizaning ramzi ekanligimni anglasangiz, insoniyat umidsizlik bilan qo'ldan boy berayotgan erkinlikni saqlab qolishga o'z hissangizni qo'shgan bo'lasiz» deganimda, men aynan shuni nazarda tutgan edim. Nega deganda, agar bu nou-xaular inson ehtiyoji va talabiga javoban, hech qanaqa davlat yoki majburlovchi organ ishtirokisiz, o'z- o'zidan avtomatik tarzda ijodiy va unumli faoliyatga kirishishini anglasangiz, unda sizda erkinlikning asosiy ingredienti, inson erkinligiga ishonch bor. Ushbu ishonchiz ozodlikka 338 erishib bo'lmaydi. Davlat biror ijodiy faoliyat, masalan pochta xizmati ustidan monopoliya o'rnatsa, pochta xizmati erkin irodali shaxslar tomonidan samarali tashkil qilinishiga ko'p odamlar boshqa inshonmay qo'yadilar. Bunga sabab, har bir shaxs pochta xizmatining barcha ikir- chikirlarini bilmasligini tan olishida. U boshqalarning ham bunga qurbi yetmasligini tushunadi. Bu taxminlar asosli. Hech qaysi shaxs qalam ishlab chiqarish texnologiyasini bilmagani kabi, hech qaysi shaxs butun bir mamlakatning pochta xizmatini tashkil qilish uchun yetarli bilim va qobiliyatga ega emas. Agar inson erkinligiga ishonch bo'lmasa, millionlab mayda nou-xaular shakllanib, ehtiyojlarimizni qoniqtirish uchun hamkorlikka kirishishini anglamasak, unda pochta xizmatini davlat boshqaruvisiz tashkil qilib bo'lmaydi degan noto'g'ri xulosaga kelishimiz aniq. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling