James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Element 1.12 ga qaytish
Mulohaza uchun savollar
1. Sport stadionlari qurishda davlat mablag'laridan foydalanish tarafdorlari bu xarajatlar bandlikni oshiradi, deb da'vo qiladilar. Ushbu nuqtai nazarga baho bering? 2. Amerika federal hukumati qishloq xo'jaligi uchun milliardlab subsidiya ajratadi. Ushbu subsidiyalar bandlikni va ishlab chiqarish hajmini oshiradimi? Tushuntirib bering. Element 1.12 ga qaytish 1. Ushbu risola 1850-yilning iuylida nashr etilgan bo'lib, Bastianing so'nggi ijodidir. Risolani ommaga taqdim etish bir yildan ko'proq vaqt oldin va'da berilgan edi. Muallif Shuazel ko'chasidan Aljen ko'chasiga ko'chib o'tish vaqtida qo'lyozmani yo'qotib qo'yganligi tufayli uning nashri bir yilga kechiktirilgan edi. Uzoq va natijasiz qidiruvlardan so'ng, u o'z ishini butunlay qayta yozishga qaror qiladi va unda yaqinda Milliy Kengashda so'zlagan nutqlarini asos qilib oladi. Bu vazifani bajarganidan keyin u 352 o'ziga ortiqcha jiddiylik uchun tanbeh beradi, ikkinchi qo'lyozmani yoqib yuborib, uni yana qaytadan yozadi. Biz ayni shunisini qayta nashr qildik. — Muharrir izohi. ↩ 2. Alfons Mari Lui de Lamartin (1790-1869) Frantsiya romantizmining buyuk shoirlaridan biri va keyinchalik atoqli davlat arbobi bo'lgan. 1834-yilda birinchi marta deputat bo'lib saylanganidan so'ng, u 1848-yildagi Inqilob davrida Respublika tashkil etilishining bosh tashkilotchisi sifatida katta shuhrat qozongan. U notiqligi bilan Parijni vayron qilmoqchi bo'lgan olomonni tinchlantirgan va muvaqqat hukumatning rahbariga aylangan. U amaliy siyosatchidan ko'ra ko'proq idealist va notiq bo'lgan, lekin u tez orada o'z ta'sirini yo'qotib, 1851-yilda shaxsiy hayotga qaytdi. — Tarjimon izohi. ↩ 3. «Iqtisodiy uyg'unliklar» kitobining 3-bobiga murojaat qiling. —Muharrir izohi. ↩ 4. Bu yerda 1851-yilda Londonning Gayd parkida o'tkazilgan, san'at va sanoat rivojlanishiga ko'maklashuvchi London San'at Jamiyati homiylik qilgan Buyuk ko'rgazma to'g'risida gap ketyapti. U qator xalqaro ko'rgazmalar yoki «jahon yarmarkalari»dan birinchisi bo'lib, ko'rgazmalar namoyish qilingan ajoyib me'moriy imorat, Billur Saroyi bilan mashhurdir. Ko'rgazmada qirolicha Viktoriyaning turmush o'rtog'i, shahzoda Albert raislik qilgan. — Tarjimon izohi. ↩ 5. Y'ani, shahar hokimiyatidan chap qirg'oqdagi teatr ta'minotchilarigacha. — Tarjimon izohi. ↩ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling