James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Muallif: Frederik Bastia
345 tirikchilik qilishi kerak. Agar hech kim deraza sindirmasa, oyna soluvchilarning ahvoli nima kechadi?» Bunday hamdardlik butun bir nazariyani o'z ichiga oladi. Mazkur nazariyani ushbu oddiy misol orqali tushuntirish qulay, chunki u iqtisodiy institutlarning, afsuski, asosiy qismini tartibga solib turuvchi nazariya bilan aynan bir xil. Faraz qilaylik, derazani tuzatish olti frankka tushadi. Agar shu tasodif tufayli ushbu sanoat olti frank miqdorida moliyaviy taqdirlanadi desangiz, gapingizga qo'shilaman. Bunga hech qanday e'tirozim yo'q; mulohazangiz to'g'ri. Oynachi kelib, vazifasini bajaradi va olti frankini oladi. O'zini qutlab, ko'nglida beparvo bola haqqiga duo qiladi. Bu vaziyatning yaqqol tomoni. Biroq, agar siz ham deraza oynasini sindirish bu yaxshi, chunki u pulning aylanishiga va sanoatning rivojlanishiga ko'maklashadi degan tez-tez uchrab turadigan fikrga qo'shilsangiz, unda men: «Bu hech bo'lmagan gap! Sizning nazariyangiz vaziyatning faqat yaqqol tomoni bilan cheklangan», deb qichqirishga majbur bo'lar edim. U vaziyatning yashirin, ko'zga ko'rinmagan tomonini hisobga olmaydi. Fuqaromiz olti frankni bir narsaga sarflagandan keyin u bu mablag'ni boshqa maqsadlarga sarflay olmasligi ko'zga tashlanmaydi. Agar u deraza oynasini almashtirmaganda, balki yangi poyabzal olishi yoki kutubxonasiga yana bitta kitob qo'shishi mumkinligi bizga ko'rinmaydi. Qisqasi, u olti frankni boshqa maqsadga ishlatishi mumkin edi, lekin endi buning iloji yo'q. Keling, endi butun sanoat miqyosida ko'rib chiqaylik. Deraza sinishi natijasida oyna ishlab chiqarish sanoati olti frank miqdorida moliyaviy qo'llab-quvvatlanadi; bu vaziyatning yaqqol tomoni. Agar deraza sinmaganda edi, poyabzal (yoki boshqa) sanoati olti frank miqdorida moliyaviy qo'llab-quvvatlangan bo'lar edi; bu esa yashirin tomoni. Agar biz yashirin tomonini salbiy omil sifatida, yaqqol tomonini esa ijobiy omil sifatida e'tiborga olsak, unda derazalarning sinishi yoki sinmasligining sanoatga yoki mamlakatdagi bandlik darajasiga foydasi yo'qligini tushunushimiz mumkin. Jeyms Gudfellouga qaytaylik. Birinchi holatda, ya'ni deraza singanda u uni ta'mirlashga olti frank sarflaydi, lekin natijada baribir bir dona derazadan zavq oladi. 346 Ikkinchi holatda, ya'ni tasodif sodir bo'lmaganda, u olti frankni yangi poyabzal sotib olishga sarflashi, shunda u ham yangi poyabzaldan, ham butun derazadan zavq olishi mumkin edi. Agar Jeyms Gudfellou jamiyatning bir qismi bo'lsa, unda jamiyat, mehnat va zavqlanishlarni hisobga olganda, singan deraza qiymatini yo'qotadi degan xulosaga kelishimiz mumkin. Buni umumlashtirsak, quyidagi kutilmagan xulosaga kelamiz: «Jamiyat behuda vayron qilingan buyumlarning qiymatini yo'qotadi», «sindirish, vayron qilish, behuda sarflash mamlakatda bandlikka ko'maklashadi degani emas» yoki, agar qisqacha aytsak, «vayron qilish foyda keltirmaydi». O'quvchi men taqdim etgan hikoyada ikki emas, balki uch kish ishtirok etganligiga e'tibor berishi lozim. Birinchisi bu Jeyms Gudfellou bo'lib, u tasodif oqibatida ikkita buyum o'rniga bitta buyumdan zavqlanish bilan cheklanib qolgan iste'molchini ifodalaydi. Ikkinchisi bu oynachi bo'lib, u tasodif tufayli moliyaviy qo'llab-quvvatlangan sanoat ishlab chiqaruvchisini ifodalaydi. Uchunchisi bu poyabzal yasovchi (yoki boshqa biror mahsulot ishlab chiqaruvchi) bo'lib, u hodisa natijasida zarar ko'rgan sanoatni ifodalaydi. Aynan mana shu uchunchi odam doimo soyada qoladi va aynan u yashirin tomonni ifoda etib, muammoning asosiy negizini tashkil etadi. Aynan u foydani vayron qilishni ko'rish qanchalik bema'ni ekanligini tushunishimizga yordam beradi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling