James d. Gwartney
Davlat sektorida ish o'rinlarini yaratish
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuniy savol
- Yaqqol va yashirin natijalar
- Singan deraza
Davlat sektorida ish o'rinlarini yaratish
Odamlar odatda ish o'rinlarini vosita emas balki pirovard maqsad deb qabul qilishlari sababli ularni davlat dasturlari yangi ish o'rinlari yaratishiga ishontirib, dasturlarni qo'llab- quvvatlashga da'vat qilish oson. Odamlar shu asosda harbiy bazalar va magistral yo'llar qurishni hamda korxonalar ekologiya me'yorlariga rioya qilishini qo'llab-quvvatlashlarini biz avval ham eshitganmiz. Xarajatlarni asoslash uchun davlat tashkilotlari odatda foyda va xarajatlarni tahlil qiladilar. Ushbu tahlilda yaratilgan ish o'rinlari foydali faoliyat hisoblanadi. Bu xuddi avtomobil xarid qilishga yetarli mablag' ishlab topish uchun ishlangan soatlar miqdorini avtomobildan keladigan foyda deb qarashga o'xshaydi. Davlat loyihalari orqali yaratilgan ish o'rinlari loyihaning xarajati, ya'ni uning muqobil qiymatini aks ettiradi. Davlat faoliyatida band ishchilar boshqa ish bilan shug'ullanib, qiymat yaratishlari mumkin edi. Masala davlat loyihasi ish o'rinlari yaratishida emas, balki ushbu ishchilar boshqa joylarga nisbatan ko'proq boylik yarata olish yoki olmasliklarida. Davlat loyihalari tarafdorlari bu savolga javob berishdan qochadilar. Agar shunday bo'lmaganda edi, kam unumli davlat ishlarining soni kamayib, xususiy sektordagi yuqori unumdorlikka ega ishlar soni ko'paygan bo'lar edi. Yakuniy savol: agar yuqori turmush standartiga erishmoqchi bo'lsak, ish o'rinlarini yaratish muhimroqmi yoki boylik yaratish? Farqi nimada? Element 1.9 ga qaytish Duayt Lining «Ish o'rinlari yoki boylik yaratish». Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi asosida The Foundation for Economic Education tashkiloti tomonidan taqdim etilgan. 344 Element 1.12 ga qaytish Yaqqol va yashirin natijalar Quyidagi maqola Frederik Bastianing «Yaqqol va yashirin natijalar» (1) maqolasining qisqartirilgan versiyasi. Bastia iqtisodchi hamda XIX asr o'rtalarida Frantsiya parlamenti a'zosi bo'lgan. Qizig'i shundaki, u ko'targan muammolar 150 yildan keyin ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan. Iqtisodiy sohada faoliyat, odat, institut va qonun bir emas, balki bir qator natijalarni keltirib chiqaradi. Natijalarning faqat birinchisigina bevosita bo'lib, u sabab bilan bir vaqtda paydo bo'ladi; u yaqqoldir. Boshqa natijalar keyinroq yuzaga chiqadi; ular yashirin, ya'ni ko'rinmaydi; agar ularni oldindan ko'ra bilsak, omadimiz kelgan bo'ladi. Yaxshi va yomon iqtisodchi o'rtasida faqat bitta farq bor: yomon iqtisodchi yaqqol natijalar bilan cheklanadi; yaxshi iqtisodchi yaqqol hamda oldindan ko'ra olish zarur bo'lgan yashirin natijalarni ham hisobga oladi. Bu farq esa juda katta, chunki ko'p hollarda bevosita natija ijobiy bo'lib, keyingi natijalar falokatli yakunlanadi va aksincha. Bundan kelib chiqadiki, yomon iqtisodchi keyinchalik katta halokat bilan tugaydigan, lekin hozirda kichik bo'lgan manfaatning ketidan quvadi. Yaxshi iqtisodchi esa, hozirda kichik salbiy oqibatlar hisobiga kelajakda buyuk manfaatni ko'zlab ish tutadi. Singan deraza Siz gapga kirmas o'g'li deraza oynasini sindirib qo'yganda xushfe'l fuqaro Jeyms Gudfellou qanchalik g'azabga kelganini hech ko'rganmisiz? Agar bunga duch kelgan bo'lsangiz, unda tomoshabinlar, ularning soni o'ttizta bo'lgan taqdirda ham, xuddi oldindan kelishib olgandek bechora do'konchini quyidagi so'zlar bilan yupatganiga guvoh bo'lgandirsiz: «Falokatning sharofati bor. Bunday tasodiflar ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlaydi. Hamma Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling