James d. Gwartney
Yalpi ichki mahsulot (YIM)
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Yalpi ichki mahsulot (YIM)
Yalpi ichki mahsulot (YIM) — bu muayyan davr mobaynida (yil yoki chorak) mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir. YIM ishlab chiqarish o'lchovi bo'lib, u iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning hajmini o'lchashda qo'llaniladi. YIMning ta'rifidan u nimalarni o'lchashi to'g'risida ko'p ma'lumot olishimiz mumkin. U ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning «bozor qiymatini» o'lchaydi. Turli buyumlarning bozoq qiymati ular YIMga qancha hissa qo'shishini belgilaydi. Masalan, agar yangi avtomobil 20000 dollarga va yangi televizor 1000 dollarga sotilsa, unda avtomobilning YIMga qo'shgan hissasi televizorga nisbatan 20 marta ko'p bo'ladi. Tovar va xizmatlar faqat yakuniy iste'molchi tomonidan sotib olingandagina hisobga olinadi. Ko'p tovarlar ishlab chiqarishning bir-necha oraliq bosqichlaridan o'tadi. Ishlab chiqarishning oraliq bosqichida xarid qilingan xom-ashyo va tovarlar hisobga olinmaydi, chunki ularning qiymati tovar yoki xizmatning yakuniy iste'molchisi sotib olgan narxlarida aks etadi. Shu sabali YIMda ikki marta hisoblashning oldini olish uchun xom-ashyo va oraliq tovarlarning qiymati hisobga olinmay, faqat yakuniy tovarlarning qiymati hisobga olinadi. YIM mamlakat ichidagi ishlab chiqarish hajmini, ya'ni mamlakatning geografik chegarasi doirasida ham fuqarolar, ham chet elliklar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorini o'lchaydi. Bunda mamlakatning geografik chegarasi tashqarisida mamlakat fuqarolari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobga olinmaydi. Masalan, Amerikalik biznes maslahatchisining Meksikadagi mehnat daromadi AQSH YIMga emas, balki Meksika YIMga qo'shib hisoblanadi. Xuddi shu kabi, AQSHda ishlayotgan yapon kimyo muhandisining daromadi Yaponiyaning YIMda emas, balki Qo'shma Shtatlarining YIMda hisobga olinadi. Faqat joriy davrda yaratilgan tovar va xizmatlar joriy yilgi YIMda hisobga olinadi. Bunda eski buyumlarning oldi-sotdisi hisobga olinmaydi, chunki ular joriy davrdagi ishlab Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling