James d. Gwartney
U nima va u qanday o'lchanadi?
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
U nima va u qanday o'lchanadi?
354 chiqarishni aks ettirmaydi. Ularning qiymati ular ishlab chiqarilgan davrda hisobga olingan. Masalan, 2007-yilgi avtomobilning 2010-yilda sotilgan qiymati 2010-yilgi YIMga qo'shilmaydi, chunki u 2010-yilda ishlab chiqarilmagan. U ishlab chiqarilganda 2007-yil YIMga allaqachon qo'shilgan va uning qayta sotish qiymatini YIMga qo'shish ikki marta hisobga olishga olib keladi. Aksincha, eski buyumlar, real va moliyaviy aktivlar hamda boshqa tovarlarning savdosini amalga oshirishga ko'maklashuvchi shaxslarning xizmatlari joriy ishlab chiqarishni aks ettiradi. Demak, savdo komission to'lovlari va yil davomida ko'rsatilgan savdo xizmatlari uchun boshqa to'lovlar xizmat ko'rsatilgan davrda hisobga olinadi. Moliyaviy tranzaktsiyalar va transfert to'lovlari esa hisobga olinmaydi, chunki ular ishlab chiqarishni o'z ichiga olmaydi. Aksiyalar hamda obligatsiyalar, pay fondlari va depozit sertifikatlari kabi moliyaviy instrumentlarning oldi-sotdisi mulk egalik huquqini bir shaxsdan yoki tashkilotdan boshqasiga o'tkazishni anglatadi. Shuningdek, ijtimoiy himoya bo'yicha nafaqalar, nogironlik uchun nafaqalar, sovg'alar va boshqa transfert to'lovlari daromad va mulk huquqini bir tomondan ikkinchi tomonga o'tkazadi, xolos. Ushbu transfertlar joriy ishlab chiqarish bilan bog'liq emas va shu sababli ular YIMga qo'shib hisoblanmaydi. YIM bu bozor faoliyati bilan bog'liq ishlab chiqarish ko'rsatkichidir. Unda bozorga oid bo'lmagan ishlab chiqarish faoliyati hisobga olinmaydi. Masalan, uy xo'jaligining ovqat tayyorlash yoki bola parvarishi kabi xizmatlari bozor faoliyati bilan bog'liq emas va shuning uchun ular YIMga qo'shilmaydi. Undan tashqari, YIMga qora bozor faoliyatlari: narkotik moddalar savdosi, fohishalik va soliqdan qochish uchun daromadlarni yashirish kabi qayd etilmagan operatsiyalar kirmaydi. YIM ham xususiy, ham davlat sektorida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning qiymatini o'lchaydi. Bunda korxona kimga, xususan fuqaro yoki chet ellikka, tegishliligidan qat'i nazar, biznes sektorning ichki ishlab chiqarishi hisobga olinadi. Yuqorida muhokama qilinganidek, davlat transfertlari hisobga olinmaydi. Ammo tovar va xizmatlarning mahalliy, shtat va federal hukumatlari tomonidan xaridi yoki ta'minoti YIMga kiradi, chunki bu joriy ishlab chiqarishni aks ettiradi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling