James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yordamga iltijolarni tsenzura qilish Mulohaza uchun savol
Element 2.2 ga qaytish
1. Gregg Easterbrook, A Moment on the Earth(New York: Viking, 1995), 10-13 sahifalar. ↩ Duayt Lining «Qishloq xo'jaligi yerlarining kamayishi». Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi asosida The Foundation for Economic Education tashkiloti tomonidan taqdim etilgan. 365 Element 2.3 ga qaytish Yordamga iltijolarni tsenzura qilish Mulohaza uchun savol: Davlatning iqtisodiyotdagi roli bo'yicha qarashlar nega bir-biridan bunchalik keskin farq qiladi? Agar odamlardan davlat tsenzurasini qo'llab-quvvatlaysizmi deb so'rasangiz, bunga ulardan deyarli bir ovozdan «yo'q» degan javobni olasiz! Lekin shu odamlarning o'zidan narx nazoratini qo'llab-quvvatlaysizmi deb so'rasangiz, bunga aralash javob olasiz. Davlat tabiiy ofatlardan keyin narxlarning ko'tarilib ketishining oldini olish uchun narx nazorati kerakmi deb ulardan so'rasangiz, deyarli bir ovozdan «ha» degan javobni olasiz! Afsuski, bu javoblar bozorlar qanday qilib bir-birimiz bilan muloqot qilishga imkon berishini tushunmaslikdan kelib chiqadi. Bozor narxlari muloqot vositasi ekanligi e'tirof etilsa, davlat tomonidan narxlarni nazorat qilish tsenzuraning zararli turi ekanligini tushunishimiz uchun yana bitta asosga ega bo'lamiz. Eng katta zarar esa tabiiy ofatlar ro'y bergan vaqtga to'g'ri keladi, chunki jabrlanganlar yordam kerakligini xabar qilishga muhtoj bo'ladi. Bozor ayirboshlovi yaratgan aloqa va uning natijasida yuzaga kelgan narxlar ajablanarli darajadagi ijtimoiy hamkorlikka olib keladi. Muloqot va hamkorlikning afzalliklariga tabiiy ofatlardan bo'lak yaxshiroq misol yo'q. Jabr ko'rganlar nafaqat falokat zonasidan tashqaridagi odamlar yordamiga muhtoj, balki tezroq va to'liq tiklanishlari uchun ularga o'zaro hamkorlik ham kerakdir. Afsuski, tabiiy ofatlar ro'y berganda davlat hamkorlik uchun zarur narx signallarini ko'pincha taqiqlaydi, lekin taqiqlaganda ham, u buni jamoat ko'magi orqali amalga oshiradi. Tabiiy ofatdan keyin ish kuchi, qurilish materiallari, elektr generatorlar va normal hayotni qayta tiklash uchun zarur bir qator boshqa mahsulotlarning narxi tez o'sadi. Narxlarning keskin ko'tarilishini odatda noinsof mahsulot yetkazib beruvchilarning jabr ko'rganlar hisobidan foydalanishi bilan izohlanadi. Balki mahsulot yetkazib beruvchilar foyda ko'rayotgandir, lekin jabr ko'rganlar hisobidan emas. Uy-joylariga ziyon yetgan va hayot tarzi Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling